5-bob. Yakuniy qoida 33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Musobaqa ishtirokchilarining natijalarini aniqlash MEZONLARI 6 — 8 yoshdagilar 1. Bilimlar. Yuvinish, artinish, cho‘milishning gigiyenik ahamiyati. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, o‘yinlar, sayrlar uchun kiyimlarni tanlash.
2. Ko‘nikmalar. Ertalabki gimnastika mashqlarini (3-4 ta) bilish. Jamoada o‘zini tuta bilish, musiqa jo‘rligida raqsga tushish, nostandart anjomlar va jihozlardan foydalana olish.