1-mavzu: Harakatlarga o`rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari


O‘rgatish jarayonining tuzilishi va undagi bosqichlar xususiyati



Yüklə 21,76 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#180489
1   2   3   4   5   6   7
Harakatlarga orgatish

O‘rgatish jarayonining tuzilishi va undagi bosqichlar xususiyati

  • O‘rgatish jarayonining umumiy yo‘nalishi mashq texnikasi negizini va uning variantlarini (mashq negizi puxta egallangandan keyin) mustahkam o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘rgatish jismoniy sifatlarning, avvalo, chaqqonlikning rivojlanib borishi bilan bir vaqtda davom etadi.
  • Harakatli mashqlarga o‘rgatishning uzoq davom etishi va qiyinligi ko‘p jihatdan mashq tuzilishining qay darajada murakkabligiga bog‘liqdir. Mashq tuzilishining murakkabligi, o‘z navbatida, uni tashkil etuvchi harakatlarning miqdoriga, ularning masofa hamda vaqt jihatidan aniq bajarilishiga, mushaklarning zo‘r berib aniq harakat qilishiga, shuningdek, ularning o‘zaro aloqada bo‘lishiga va harakat aktining umumiy ritmiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Ayrim harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iboratdir:

  • 1. Dastlabki o‘rgatish. Bu o‘rgatish jarayonida harakatning asosiy variantini umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi.
  • 2. CHuqurroq o‘rganish. Bunda harakatni zarur darajada aniq bajarish malakasi hosil bo‘ladi.
  • 3. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish. Bu harakat ko‘nikmasining paydo bo‘lishi, shuningdek, undan har xil sharoitlarda foydalana olish bilan bog‘liqdir.

Dastlabki o‘rgatish bosqichi

  • O‘rgatishning bu bosqichida maqsad harakat faoliyatini uning asosiy variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O‘rganuvchilar yangi harakat texnikasining negizini o‘zlashtirib olishi kerak. Ayrim hollarda, bunday malakalar umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida hosil qilinganda, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi va texnika batafsil takomillashtirilmagan holda ko‘nikmaga aylanishi mumkin. Boshqa hollarda bu malakalar harakatlarni bajarishning ustasi bo‘lish yo‘lida dastlabki bosqich hisoblanadi, bu sportchilar uchun, ayniqsa, xosdir.
  • Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihatidan shu bilan xarakterliki, bu bosqich davomida miya po‘stlog‘idagi dinamik stereotipning asosi yaratiladi. Bunda yaroqli tug‘ma va orttirilgan reflekslarni tanlash, shuningdek, o‘rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida bo‘lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo‘ladi. Natijada bosqich oxirida o‘rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat reflekslari tizimi tarkib topadi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari:
  • a) harakatlarning fazo va vaqt jihatidan etarli darajada aniq bo‘lmasligi, mushak harakatlarining aniq emasligi;
  • b) harakat akti ritmining barqaror emasligi;
  • v) keraksiz qo‘shimcha harakatlarning mavjudligi;
  • g) murakkab harakat fazalari o‘rtasida yaqinlikning yo‘qligidir.

Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin