Dastlabki harakat malakalarini tarkib toptirishning ko‘rsatilgan xususiyatlarini hisobga olib, o‘rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar qo‘yiladi
Dastlabki harakat malakalarini tarkib toptirishning ko‘rsatilgan xususiyatlarini hisobga olib, o‘rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Harakat akti haqida bu aktning maqsadini tushunishga asoslangan bir butun tasavvur paydo qilish.
2. SHug‘ullanuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarini yangi harakatlarni o‘zlashtirish uchun kerak bo‘lgan elementlar bilan to‘ldirish.
3. Harakatlarni to‘la bajarishga erishish.
4. Keraksiz harakatlarni, mushaklarning keraksiz darajada kuchlanishini yo‘q qilish.
Mukammal o‘rgatish bosqichi(chuqurlashtirib o`rgatish)
Bu o‘rgatish bosqichi oldida turgan maqsad ilgari hosil qilingan qo‘pol malakani aniq, butun qismlarigacha qayta ishlab chiqilgan malaka darajasiga yetkazishdan iboratdir.
Mukammal o‘rgatish jarayonida harakatni shu darajada aniqlash kerakki, natijada ko‘nikma borib-borib mukammal harakatni bilib olish malakasiga aylansin. Dastlabki o‘rgatish ko‘proq harakat texnikasi asosini o‘rgatishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda bu asos mukammal o‘rgatiladi va uning detallari aniqlashtiriladi.
Mukammal kuch bosqichi murakkab harakat akti alohida amallarining vaqtga oid, fazoviy va kuch xususiyatlarini aniqlash bilan tavsiflanadi. Alohida harakat reflekslarini va umuman ularning tizimini aniqlash bu jarayonning fiziologik mexanizmi hisoblanadi. O‘tkazilgan juda ko‘p tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, harakat ko‘nikmalarining hosil bo‘lishi to‘lqinga o‘xshab sodir bo‘ladi: ko‘nikmaning yaxshilanishi harakatni bajarishda yomonlashishi bilan almashinadi. Harakat ko‘nikmasini takomillashtirish natijasida harakatning dinamik stereotipi vujudga keladi va bu stereotip harakat bir xilda, bir shaklda ko‘p marta takrorlanishi asosida mustahkamlanadi. Miya po‘stlog‘ida yuzaga kelgan tizimli faoliyat harakat aktining bemalol bajarilishini ta’minlaydi.