1-mavzu: Harakatlarga o`rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari



Yüklə 21,76 Kb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#180489
1   2   3   4   5   6   7
Harakatlarga orgatish

Mukammal o‘rgatish bosqichining muddati har xil bo‘lishi mumkin. Bu harakatli mashq tuzilishining qanchalik murakkabligiga, o‘rganuvchining umumiy va maxsus jihatdan qanchalik tayyorligiga, hatto ta’sirlanishlarning qanchalik barqarorligiga, asab faoliyatining ishiga bog‘liqdir. Bu bosqichning cho‘zilib ketishiga tug‘ma avtomatlashganlik va himoyalanish ta’sirini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘nikma va qiyinchiliklardan salbiy ta’sirlanish hodisalari ham sabab bo‘lishi mumkin.

  • Mukammal o‘rgatish bosqichining muddati har xil bo‘lishi mumkin. Bu harakatli mashq tuzilishining qanchalik murakkabligiga, o‘rganuvchining umumiy va maxsus jihatdan qanchalik tayyorligiga, hatto ta’sirlanishlarning qanchalik barqarorligiga, asab faoliyatining ishiga bog‘liqdir. Bu bosqichning cho‘zilib ketishiga tug‘ma avtomatlashganlik va himoyalanish ta’sirini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘nikma va qiyinchiliklardan salbiy ta’sirlanish hodisalari ham sabab bo‘lishi mumkin.

Mukammal o‘rgatish bosqichining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • 1) o‘rgatilayotgan harakatlarning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish;
  • 2) o‘rgatilayotgan harakat texnikasi qismlarini aniq bilib olishga erishish;
  • 3) harakat amallarini to‘laligicha aniq, erkin va bir-biridan uzmay bajarishga erishish.
  • Bu bosqichda harakat amali texnikasining asosiy variantini o‘zlashtirish davom ettiriladi. Agar zarur shart-sharoit mavjud bo‘lsa, o‘rgatilayotgan harakatni murakkab variantini bajarishga urinish juda foydali bo‘ladi.

Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi

  • O‘rgatishning bu bosqichi vazifasi olingan ko‘nikmani malakaga aylantirish, shuningdek, o‘rgatilgan harakatni har xil sharoitlarda qo‘llashning qo‘shimcha ko‘nikma va malakasini hosil qilishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya jarayonining umumiy yo‘nalishiga qarab bu bosqichga ajratilgan vaqt har xildir. Ixtisoslashtirilgan tayyorgarlikning sport mashg‘uloti va boshqa shakllari bir necha yil davom etishi mumkin.
  • Mazkur bosqichda o‘rgatish jarayoni harakat malakasini rivojlantirishning ikki stadiyasini o‘z ichiga oladi: a) harakatning asosiy variantida ko‘nikmani mustahkamlash; b) bu harakatning qo‘shimcha variantlarida ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
  • Birinchi stadiyada o‘rgatiladigan harakat texnikasining asosiy variantiga mos keluvchi dinamik stereotip mustahkamlanadi, ikkinchisida bu asosiy stereotipga qo‘shimcha ravishda harakat texnikasining har xil variantlariga mos keluvchi, to‘ldiruvchi harakat reaksiyasi ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi.

Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin