3) o‘zlashtirilgan harakatni har xil tashqi sharoitlarda va boshqa harakatlar bilan qo‘shilgan holda maqsadga muvofiq ravishda qo‘llashni ta’minlash;
4) harakatli mashqlarni maksimal darajada jismoniy kuch sarf etgan holda mukammal egallashni ta’minlashdan iboratdir.
Harakatlarni takomillashtirish bosqichi
Asosiy vazifa - turli sharoitlarda harakat faoliyatini mu’tadil amalga oshirish.
Harakat faoliyatini ko‘p marta to‘laligicha takrorlash bu bosqichdagi ta’lim metodikasining xususiyati hisoblanadi. qayta-qayta mashq qilish - yetakchi metoddir. U quyidagi shakllarda qo‘llaniladi:
- harakatni dam olishning to‘la yoki qisqa oralig‘ida ko‘p marta takrorlash;
Bundan tashqari, turli sharoitlarda ko‘nikmani shakllantirish, harakatlarni samarali bajarish maqsadida quyidagi metodlardan foydalaniladi;
- turli mashq bajariladigan joylar, turli snaryadlar, rang-barang ob-havo sharoitlari kabi tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlarni bajarish;
- harakatni o‘rganguncha va o‘rgangandan keyin boshqa harakatlar bilan muvofiq ravishda biriktirish;
- harakatlarni bor kuch bilan, shuningdek chamalab ko‘rish va musobaqa sharoitlarida bajarish;
- harakatlarni qo‘shimcha siltovlar va aksincha kabi sharoitlarda bajarish.
Harakatni takomillashtirish bosqichi sportchi o‘zi tanlagan sport turi bilan shug‘ullangan barcha davrda davom etaveradi.
Mazkur bosqichda o‘rgatish usuliyati ularni bajarishning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalari va sharoitlariga muvofiq ravishda quriladi.
Harkat malakasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar – u juda oddiymi yoki murakkabmi – harakat elementlari kompleksi shartli reflekslardan iborat bo‘ladi. Odamlarning mehnat yoki sport faoliyatida harakat elementlarining ma’lum tartib bilan bir necha marta takrorlashi harakat reflekslarining ma’lum shakldagi zanjirini yuzaga keltiradi, bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deb yuritiladi. Harakatning dinamik stereotipi yuzaga kelishi uchun harakat bir xilda, bir shaklda ko‘p marta takrorlanishi kerak.
Ekstropolyasiya organizmning harakat funksiyasi boshqarilayotganda yuzaga kelgan vazifalarni asab tizimida orttirilgan tajribalar asosida hal etish qobiliyatidir.
Harakatni o‘rganayotib, odatdagidek, o‘quvchilar mashqlarni ko‘proq mukammal egallashga intiladilar. Mukammal egallash qo‘yilgan maqsadga eng kam kuch sarflash bilan erishishdir.