Tokning turi va chastotasi. Ishlab chiqarish chastotasidagi (50 Gts) o’zgaruvchan tok kishining asab sistemasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi va mushaklarni qisqartiradi. Shuning uchun kishi tokli qismlarga tegib ketsa (tok kuchi 0,02 A) mustaqil ulardan ajralib chiqolmaydi. Chastotaning ortishi bilan tokning havfli ta’siri kamayib boradi. Lekin bu pasayish 1000 Gts gacha davom etadi. Chastotasi 50 Gts va 500 Gts bo’lgan tok bir xil havflidir.
Tokning yo’li. Bunda elektr tokining kishi tanasidan o’tish yo’li tushuniladi. Bu jarohatlanihsda muhim rol o’ynaydi. Organizmda tokning o’tish yo’li quyidagicha bo’lishi mumkin.
Qo’ldan-qo’lga
Qo’ldan- oyoqqa
Tok tanadan eng qisqa yo’l bilan o’tadi degan fikr noto’g’ridir. Har xil a’zolarning tokka qarshiligi har xildir. Bunda eng muhimi umumiy tokning necha foizi yurakdan o’tishidadir. Masalan:
Qo’ldan-qo’lga o’tganda yurakdan 3,3%
CHap qo’ldan oyoqqa o’tganda yurakdan 3,7 %
O’ng qo’ldan oyoqqa o’tganda yurakdan 6,7 %
Oyoqdan-oyoqqa o’tganda yurakdan 0,4 % tok o’tadi.
Tokning ta’sir qilish vaqti.
Bu faktor ham tok orqali jarohatlanishdagi muhim faktorlardan hisoblanadi. Tok urish vaqti qancha katta bo’lsa uning havfli ta’siri ham shuncha katta bo’ladi. Amliyotda kishi tanasiga tokning ta’siri 0,001 dan 2 sek. bo’lgan vaqtda ko’proq jarohat bo’lishi kuzatilgan.
Tok bilan jarohatlangan kishilarga dastlabki bir minut ichida yordam berganlarning 90 % gacha saqlab qolishgan.
Tokning ta’sir vaqti uzaygan sari organizmning qarshiligi keskin kamayadi. Masalan: 30 sek dan keyin qarshilik 25 % ga, 90 sek dan keyin yesa 70 % ga kamayadi.
Bu, tok ta’siriga tushib qolgan kishiga zudlik bilan yordam berish kerakligidan darak beradi.
Yurak fibrillyatsiyasi. Odatda yurak bir minut davomida 60-80 marta qisqarib-kengayib turadi, ya’ni taqriban har-bir zarba bir sekundga to’g’ri keladi. SHu vaqt ichida yurak mushaklari ham taranglashgan va bo’shashgan holatda bo’ladi. Bu vaqtni tsikl deb ataladi.
Bir tsikl davomida yurak 0,1 s davomida bo’shashgan holatda bo’ladi. Bu esa faza deb ataladi. Agar tokning urish vaqti fazaga to’g’ri kelib qolsa yurak fibrillyatsiyasi deb atalgan hodisa ro’y beradi, ya’ni yurak urishdan to’xtab qoladi. Bu esa juda havfli. Bunday hollarda vrachlar deffibrillyator degan asbob bilan katta tok yordamida yurakni yana ishlatib yuboradilar.