Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish va undan himoyalanish haqida tushunchalar.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish. Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish uchun profilaktik tadbirlar muhim rol o’ynaydi. Bular quyidagilardir.
Tok yuruvchi qismlarni ishonchli ixotalash.
Tok yuruvchi qismlarni to’sish.
Himoyalash maqsadida yerga ulash.
Himoyalash maqsadida nol simiga ulash.
Himoyalash maqsadida uzib qo’yish.
Himoyalovchi yerga ulash- mashinaning tok yurmaydigan, lekin tasodifan kuchlanish ostida bo’lib qolishi mumkin bo’lgan qismlarini yerga o’tkazgich orqali ulab qo’yishga tushuniladi. Bunda tok ostida bo’lib qolgan mashina qismlaridan tok qarshiligi kam bo’lgan yerga o’tib ketadi.
Himoyalash uchun nol simiga ulash. Bunda avvaldan yerga ulab qo’yilgan nol simiga mashinalarning tok yurmaydigan qismlari o’tkazgich orqali ulanadi.
Sabablari: ma’lumki tuproq har turlidir, qumloq, sof tuproq, nam tuproq, quruq, toshloq, granitli va h.k. Albatta ularning qarshiligi har xil. SHuning uchun qarshiligi katta bo’lgan yerlarda bir yerdan ( masalan transformatorda) nol simni yerga ulab boshqa barcha mashinalarni shu nol simiga ulash qulayroqdir.
Himoyalash uchun uzib qo’yish. Elektr uskunalarida kishini tok urish havfi paydo bo’lganda avtomatik ravishda o’chirib qo’yish sistemasidir.
Himoya vositalari va asboblari. Elektr uskunalarini boshqaruvchi ishchini elektr toki urishidan himoya qilish uchun quyidagi vositalar va asboblar qo’llanadi.
Ihotalovchi - kishini tok o’tayotgan qismlardan to’sadi, ixotalaydi. Masalan: dielektrik qo’lqoplar, kalishlar, botiklar, rezina gilamlar, poyondozlar, tagliklar, shtanga va qisqichlar dastagi tok o’tkazmaydigan qilib ishlangan asboblar.
Kuchlanish ko’rsatkichlar.
Ko’chma va vaqtinchalik yerga ulovchilar, to’sqichlar va ogohlantiruvchi plakatlar.
Himoyalovchi vositalar: ko’zoynaklar, gazniqoblar, raspiratorlar va h.k.
Balandda ishlash mo’ljallangan moslamalar, stremyaka narvonlar, monterlar tirnoqlari (oyoqqa bog’lab stolbaga chiqadigan asbob), monter kamarlari va h.k.