1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Yerga ulab muhofazalanish tadbirlari. Inson tanasiga elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə53/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

2.Yerga ulab muhofazalanish tadbirlari. Inson tanasiga elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi.
Odamlarni va hayvonlarni elektr tokidan ishonchli himoyalashning ko‘proq tarkagan usuli yerga ulash himoyasidir. Ya’ni uskunalarning kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan tok uzatmaydigan metall qismini yoki elektr utkazgichlarni erga ulash hisoblanadi. Yerga ulashning prinsipial sxemasini quyidagi rasmda keltiramiz.
S fazada korpusga tutashuv sodir bo‘lganda, elektr toki yerga ulagich orqali yerga o‘tadi, chunki odamning qarshiligi erga ulagichning R3 qarshiligidan yetarlicha darajada ortiqdir. Yerga ulagichning qarshiligi esa 10 Om dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yerga ulashning bosh vazifasi, korpusdagi potentsialni xavfsiz miqdorigacha kamaytirishdir.
Elektr qurilmalarini yerga ulashni, o‘zgaruvchan tokda nominal kuchlanish 380 V bo‘lganda va undan yuqori 440 V da va doimiy tokning barcha hollarda, o‘zgaruvchan tokda nominal kuchlanish 42…380 V gacha va doimiy tokda nominal kuchlanish 110…440 V gacha bo‘lgan yuqori xavfli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlarida bajarish kerak bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tokda 42 V va undan kichik kuchlanishda va o‘zgarmas tokda 110 V kuchlanishdan kam hamma hollarda, ishlaydigan elektr qurilmalari erga ulanmaydi. Bunday portlash xavfi bor qurilmalar va ikki o‘ramli payvandlovchi tansformatorlar mustasno. Yerga ulovchi qurilma ikki qism: yerga ulagich va biriktiruvchi polosalardan tashkil topadi.


Yerga ulash himoyasi:


a-printsipial sxemasi, b-yerga ulash qurilmasi: 1- yerga ulagich; 2-biriktiruvchi polosa.
Yerga ulagichlar ikki xil sun’iy - faqat yerga ulash uchun mo‘ljallangan va tabiiy – yerda boshqa maqsadda turgan metall buyum holatlarda bo‘ladi. Sun’iy yerga ulagichlar sifatida po‘lat quvurlar va 2…3 m uzunlikdagi va devori qalinligi 3,5 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat burchaklardan foydalaniladi. Tik yerga ulagichlar, konturga 4 12 mm yoki aylana holdagi diametri 6 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat polosalar, payvandlash bilan biriktiriladi. Tabiiy yerga ulagichlar sifatida yerga yotqizilgan suv uzatish quvurlari: artezan kuduqlarining quvurlaridan, binolarning yerga tutashgan metall konstruksiyalaridan, armaturalardan va boshqalardan foydalanish mumkin.
Yerga ulagichlarning qarshiligi hisoblash bilan yoki bevosita o‘lchash bilan aniqlanadi.
Ya’ni bir o‘zakli yerga ulagich tok oqimining qarshiligi
,
bu yerda r-tuproqning solishtirma qarshiligi Om m; l, d- yerga ulagichning uzunligi va diametri (m); h- quvur yotqizilgan chuqurlik (m);
Yerga ulagichlarning kerakli soni:
,
bu yerda Ks-mavsumiylik koeffitsienti; Rn -y erga ulashning normativ qarshiligi; e-yerga ulagichlardan foydalanish koeffitsienti.
-Davlat standartiga asosan neytralli izolyasiyalangan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qo‘zg‘almas setlarda yerga ulash qurilmasining qarshiligi 10 Om dan oshmasligi kerak. Yerning solishtirma qarshiligi 500 Om m da ga bog‘liq bo‘lgan oshiruvchi koeffitsientlar kiritiladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin