1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə54/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Nollashtirish. Neytrali yopiq yerga ulangan setlarda, uskunalarning bevosita y ulash himoyasini etarlicha samarali deb bo‘lmaydi.
Shu sabali transformator yoki generatorlar neytrali yopiq erga ulangan 380/220 V kuchlanishli setlarda yerga ulashning boshqa, nollashtirish turi qo‘llaniladi.
Nollashtirish – bu uskunani kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tkazmaydigan qismini nolli o‘tkazgich bilan oldindan elektrik biriktirish hisoblanadi. Rasmda nollashtirishning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.




Nollashtirishning prinstipial sxemasi.


Rasmda ko‘rinib turibdiki, nolli o‘tkazgich himoyalanadigan uskuna korpusiga biriktirilgan. Bunda korpusda xavfli kuchlanish hosil bo‘lishi bilan, fazalar va nolli o‘tkazgich orasida bir fazali qisqa tutashuv sodir bo‘ladi. Ya’ni zanjir bo‘yicha: faza-korpus-nolli o‘tkazgich bo‘yicha qisqa tutashuvning katta toki oqa boshlaydi va buning natijasida eriydigan saqlagich (saqlash qurilmasi) yoki avtomatik ajratkich ishlaydi.


Nollashtirilmagan elektr uskunasi setidagi tutashish.


Nolli o’tkazgich uzilgan kungilsiz voqealarda jarohatlanish xavfini kamaytirish takroriy nollashtirish orqali amalga oshiriladi. Elektr havo tarmoqlarida takroriy nollashtirish har 200 m da va elektr uzatish liniyalar oxirida bajariladi. Nolli o‘tkazgichni binoga kirish oldidan ham yerga ulash kerak. Quyida nollashtirilmagan uskunaning setidagi qisqa tutashuvga oid sxemasini ko‘rib o‘tamiz.
Rasmda alohida yerga ulangan elektr uskunasi korpusiga fazadan tutashuv bo‘lganda nollashtirilgan elektr uskunasi Uk kuchlanish ostida qoladi ya’ni,
,
Transformator yoki generator setidan quvvat oluvchi cho‘lg‘am neytralini erga ulash qarshiligida Ro kuchlanishni pasayishi Uo
,
ni tashkil etadi.
U holda yerga nisbatan bunday kuchlanishga neytral, nol o‘tkazgich va unga ulangan barcha metall qismlar ham ega bo‘ladi. Agar Uf=220 V, R0=R3=4 Om deb qabul qilsak unda U0 = 110 V bo‘ladi. Qisqa tutashuv toki Ik=Uf/R0+Rz ushbu sharoitda 27,5 A ga teng bo‘ladi. Bunday tok eriydigan saqlagichni kuyishi yoki avtomatni ishga tushishi uchun etarli bo‘lmaydi.
Buning xavfliligi shundan iboratki, bunda to‘g‘ri himoyalangan elektr uskunasi ham kuchlanish ostida qoladi. Ya’ni ishlab chiqarish korxonasining bir korpusidagi uskunalar noto‘g‘ri yerga ulanganda faza uzatish korpusga qisqa tutashadi va qo‘shni korpusdagi soz va yerga to‘g‘ri ulangan elektr uskunalari ham xavfli kuchlanish ostida qoladi va bu ko‘p sonli halokatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Nollashtirishni hisoblashdan asosiy maqsad - tokdan maksimal darajada himoyani taminlash uchun nolli uzatishda ishlatiladigan simni kesimini aniqlash hisoblanadi.
Eruvchi saqlagichni kuyishi uchun tutashuv toki quyidagicha aniqlanadi.
,
bu yerda In – eriydigan jihozning nominal toki; K-qisqa tutashuv tokining karralik koeffitsienti. Hisoblashda K=3 qabul qilinadi.
Ishlab chiqarishda ko‘p hollarda ko‘chma elektr qurilmalari (uskunalari) ham ishlatiladi. Shu sababli, ularda elektr tokidan jarohatlanish xavfi juda yuqori bo‘ladi. Buni oldini olish uchun ularni nollashtirishga qattiq talablar qo‘yilishi kerak. Bunga qo‘shimcha ravishda nolli o‘tkazgich holati haqida signal beruvchi qurilmani jihozlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin