1-mavzu. Html dasturlash tili. Kirish. Html nima. Html teg, sarlavha, tana, html metasi. Boshlang’ich teglar. Rasm va linklar, qo’llanilish sohalari, afzalliklari, kamchiliklari, statistika ma’lumotlari



Yüklə 68,96 Kb.
səhifə1/6
tarix06.04.2023
ölçüsü68,96 Kb.
#94033
  1   2   3   4   5   6
1-Maruza


1-mavzu. HTML dasturlash tili. Kirish. HTML nima. HTML teg, sarlavha, tana, html metasi. Boshlang’ich teglar. Rasm va linklar, qo’llanilish sohalari, afzalliklari, kamchiliklari, statistika ma’lumotlari

KIRISH

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanib borishi va uni inson faoliyatining barcha sohalariga kirib borishi kuzatilmoqda. Internetga kirish axborot xazinasiga kirishdek, foydalanuvuchilarga cheksiz bilim qatlamini ochib beradi va qiziqarli onlarga, yaxshi tadqiqotlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun juda katta keng miqyosdagi imkonmiyatlar beradi. Axborot texnologiyalarida web texnologiyalari vositalari Web-sahifa va ma‘lumotlar bazasi, Web- interfeyslarni dasturlash uchun JavaScript, PHP vositalarini amalga oshirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.


Fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib bormoqda, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari keng bo‘lgan yangi texnologiyalar kirib kelmoqda.
Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma‘lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.
Ushbu darslik web ilovalarni yaratishda foydalaniladigan asosiy va zamonaviy dasturlash tillari, ularning tuzilishi va ulardan foydalanish metodlari, har bir dasturning afzalligi va kamchiligi, rivojlanish tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi bu borada olib boriliyotgan ishlar va olinayotgan natijalar web ilovalarni yaratish sohasida foydalaniladigan dasturlash tillari istiqboliga ta‘siri masalasini qamraydi.
Web ilovalarni yaratish darslining maqsadi har bir mutaxassis o‘z sohasida qo‘llashi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, turli xil saytlar yaratish va unga ishlov berish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalanish uchun ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Darslik 26 ta bobdan iborat bo‘lib, har bir bobda mavzular misollar bilan yoritib berilgan va har bir bob so‘ngida mavzuga doir nazorat savollari berilgan.
Birinchi bobda dinamik Web sahifalar strukturasiga bag‘ishlangan bo‘lib, Web-sahifa, Web-sayt,Web-server, ssenariyli tillar, WWW

rivojlanish bosqichlari, PHP, MySQL, JavaScript va CSS haqida umumiy tushunchalar berib o‘tilgan.


Ikkinchi bob web loyihalashga bag‘ishlangan bo‘lib, loyihalashning asosiy tushunchalari, web loyihalash bosqichlari, loyihalash shablonlari, elementlari va shablonlarning kategoriyalari yoritib berilgan.
Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi boblarda, Html hujjatning strukturasi, hujjat sarlavhasi konteyner elementlari va atributlari, meta ma‘lumotlar, gipermurojaatlar, Html tilining asosiy teg elementlari, ro‘yhatlar va ularning turlari, Html da jadvallar hosil qilish, Html da freymlar, forma va ob‘yektlar bilan ishlash, Html5 ning yangi standartlari, teg va atributlari, grafika, audio va video teglari yoritib berilgan.
Ettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi boblarda CSS, CSS3 kaskadli jadvallar stillari bilan ishlash, psevdosinflar va psevdoelementlar, CSS3 da transformasiyalar bo‘icha ma‘lumotlar yoritib berilgan.
O‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi boblarda JavaScript ssenariyli tili hamda funksiyalari, operatorlari, ob‘yektlar va grafikalar bilan ishlash yoritib berilgan.
O‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi boblar PHP va asosiy sintaksislari, ma‘lumotlar turlari, PHP boshqaruv elementlari va funksiyalari, PHP da grafik ma‘lumotlar va GD kutubxona, PHP da Get va Post usullar, PHP da xatolarni qayta ishlash va ularning turlari bilan ishlashga bag‘ishlangan.
O‘n oltinchi, o‘n ettinchi va o‘n sakkizinchi boblar COOKIE va SESSI larni sozlash, o‘qishga, PHP tilida fayllar bilan ishlash, ularning turlari, fayllarni o‘qish va yozish, kataloglar bilan ishlash va PHP tilida sinflar bilan ishlashga bag‘ishlangan.
O‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi boblar MySQL ma‘lumotlar bazasi bilan, jadvallar yaratish va SQL so‘rovlarga bag‘ishlangan.
Yigirma birinchi bob web saytlar yaratishda CMS texnologiyalarni qo‘llash, CMS lar turlari va ularning paydo bo‘lishi, afzalliklari va kamchiliklariga bag‘ishlangan.
Yigirma ikkinchi bobda Symfony, Laravel va Yii freymworklar bilan va freymwork platformada ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash yoritib berilgan.
Yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi boblarda Macromedia Dremweaver dasturi, uning ishchi muhiti, web serverlarni sozlash, ya‘ni XAMPP, DENVER, WAMPP, OPEN SERVER paketlar bilan ishlash yoritib berilgan.

Yigirma beshinchi bob web dasturlash usullari, fayllarni serverga joylash, PDF hujjatlarni hosil qilish va Model-View-Controller larga bag‘ishlangan.


Yigirma oltinchi bob esa DNS xizmat, Hosting xizmat xillari va web
analitika hamda Gooogle analitiksdan foydalanishga bag‘ishlangan.
Dasrlik talabalarga HTML, HTML5 gipermatn tili asoslari, CSS, CSS3 stillar majmuasi, web-sahifa va ma‘lumotlar bazasiga web- interfeyslarni dasturlash uchun javascript, php dasturlash tillarini o‘rganishda yordamchi qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 68,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin