1-Mavzu Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat Reja


Shaxsni har tomonlama yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashda psixologik hizmat va psixologik bilimlar nima uchun kerak degan savolga to’xtalib o’tamiz



Yüklə 121,03 Kb.
səhifə2/11
tarix13.12.2023
ölçüsü121,03 Kb.
#175698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 ma\'ruza Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat

Shaxsni har tomonlama yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashda psixologik hizmat va psixologik bilimlar nima uchun kerak degan savolga to’xtalib o’tamiz:

  • shaxslarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda;

  • ta’lim-tarbiya tizimiga, mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatishda;

  • ustoz - shogird tizimiga bo’ysinishida;

  • atrof-muhitga e’tiborli bo’lishda va muloqot jarayonida;

  • psixologik bilimlarni muntazam o’zlashtirishda;

  • bilim olishga o’zida kuch topishida;

  • tafakkur jarayonining rivojlanishida;

  • irodaviy mustahkamlikda;

  • yoshlarning axborot olish ko’lamini kengaytirishda, turli axborot xurujlariga qarshi kurashishda;

  • yoshlarni har bir ishga ijodiy yondashuvini tashkillashtirishda;

  • iqtidorli mutaxassislarni aniqlashda;

  • nafaqat yosh , balki barcha yoshdagi insonlarning har xil oqimlarga, jinoiy guruxlarga kirib qolmasligi uchun, hayotda o’z o’rnini topishida;

  • o’ziga munosib kasb tanlashda;

  • oila qurishda, o’ziga munosib turmush o’rtog’i topishida;

  • ta’lim-tarbiya integratsiyasini amalga oshirishda;

  • hayotda uchrab turadigan har xil nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda;

  • shaxsning individual xususiyatlariga e’tibor berishda;

  • milliy va umumbashariy qadriyatlarga e’tiqod hissini shakllantirishda psixologik xizmatning ahamiyati kattadir.

Psixologik xizmatni 3 tarkibga bo’lib o’rganish maqsadga muvoviq:

  1. ilmiy

  2. tashviqot-targ’ibot

  3. amaliy.

Faqat mana shu tarkibning mujassamlashuvi mushtarakligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.
Ilmiy nuqtai nazarda psixologik xizmatning metodologik muammolari o’rganiladi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy vazifasi soha psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorrektsion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat.
Tashviqot-targ’ibot nuqtai nazari soha xodimlarini psixologik bilimlardan keng, unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish ta’lim tarbiya sohasidagi qiyinchiliklar, shaxs, ayniqsa, yoshlar xulq-atvoridagi, muloqotidagi shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o’tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo’lgan oliy ma’lumotli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.


  1. Yüklə 121,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin