4. Amaliyotchi psixologga qo’yiladigan kvalifikatsion (kasbiy) talablar, uning huquq va mas’uliyati Huquqni himoya qilish tizimiga amaliyotchi psixolog lavozimiga da’vogar odamga ma’lum kvalifikatsion talablar qo’yiladi. Bulardan eng
asosiysi shuki, bunday odam maxsus psixologik oliy ma’lumot to’g’risida diplomga ega bo’lishi kerak. Ya’ni yoki universitetning "psixologiya" mutaxassisligini yoki pedagogika oliy o’quv yurti qoshida tashkil etilgan "Ta’lim tizimida amaliyotchi psixolog" mutaxassisligi bo’yicha maxsus yo’nalishlarini tamomlagan bo’lishi kerak. Psixolog chuqur kasbiy bilimlardan tashqari ya’ni unga psixodiagnostika, psixoterapiya; psixokorrektsiya, patopsixologiya, psixologik konsultatsiya va boshqa sohalardagi bilim ko’nikma va malakalar zarur.
Yuqorida aytilganlar barchasi amaliyotchi psixologlarga qo’yiladigan umumiy talablardir.
Boshqa talablar bilan bir qatorda amaliyotchi psixologlarga taalluqli bo’lgan maxsus talablar ham mavjud. 1. Psixodiagnostikada mutaxassis zarur metodlarni mukammal bilishi, bu metodlarni amaliyotda qo’llash imkoniyatiga mutaxassislarga baho bera olish kerak. Psixologik metodlarni, ularni konstruktsiyalash va tekshira olish bilimlaridan tashqari, bunday mutaxassisga matematik statistika, EXM da programmalashtirish bo’yicha bilimlar zarur.
2. Amaliyotchi psixologning konsultatsiya sohasida professional mutaxassislashuvi odamlar bilan psixoterapevtik muloqotga kirishishi texnika va texnologiyasini, suhbatlar, intervyular o’tkazishni, odamlar diqqatini o’ziga jalb etish qobiliyatini, ularni ishontira olish qobiliyatini taqozo etadi. Buning uchun psixolog -konsul’tant odamlarni to’g’ri idrok etish va yaxshi tushuna olish, o’ziga nisbatan ishonch tug’dirishi odamlarga psixologik ta’sir ko’rsatishda ishonchli bo’lishi kerak. Demak, amaliyotchi psixolog-konsultantlarni tayyorlashda asosiy e’tibor shaxslararo munosabatlarga taalluqli bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
3. Psixokorrektsiya - amaliyotining alohida murakkab sohasi hisoblanib, u har qanday klientga amaliy ta’sir ko’rsatish malakasiga mo’ljallangan. Shuning uchun bu sohada mutaxassislashuvchi psixolog turli shakldagi ijtimoiy psixologik treninglarni tashkil qilish va o’tkazish texnikasini egallagan bo’lishi kerak, psixoanaliz va boshqa psixoterapevtik texnikalarni egallagan bo’lishi kerak. Bu sohadagi mutaxassisni tayyorlash boshqa mutaxassisliklarga qaraganda ancha ko’p urinish va vaqtni talab etadi.
Amaliyotchi psixolog huquqni himoya qilish tizimidagi boshqa vakillarga qaraganda ko’proq shaxsning himoyachisi bo’lganligi sababli, uning ma’suliyati va hukuqlari nisbatan boshqa soha odamlarnikidan tubdan farq kiladi.