Tayanch so'zlar: Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun zarur bo'lgan yozuv usullari va ularning darslar davomida olib borilishi. Har bir harf namunasi doskada, havoda, yozuv daftarlarida, qo'l va barmoq harakatlari orqali og'zaki yoki yozma holda o'rgatilishi.
ADABIYOTLAR. G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970
G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992 3.G'apporovavaboshq. "Alifbe" T. 1999
6. G'apporova va boshq. "1-2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999 6.Husnixat daftari. 1 -sinf uchun.T-1999 7.Husnixat daftari.2-sinf uchun.T-1999 8.Husnixat daftari.3-sinf uchun.T-1999
Namunaga qarab yozish usuli. Chiroyli yozuvga o'rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko'rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi doskada barcha o'quvchilaming diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o'quvchilarga daftarga alohida- alohida ko'rsatib berilishi lozim. O'quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarini (harf, bo'g'in, so'zlar) o'z daftarlarida to'g'ri aks ettirishdir.
Doskada yozib ko'rsatilayotgan har bir harf barcha o'quvchilarga aniq ko'rinib turishi shart. , ayrim o'quvchilar ko'ra olmagan bo'lsalaro'qituvchi qaytadan takrorlab ko'rsatishi lozim. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog'lanishini ko'rsatish vaqtida qayta- qayta takrorlash juda muhimdir.
O'qituvchi tominidan har bir harf yoki harflarning bog'lanishi, og'zaki yoki doskada tushuntirish orqali qayerda qo'l harakati boshlanadi, qayerda qo'l harakati buriladi va qayerda qo'l harakati uzish talab etiladi.
NUSXA KO'CHIRISH USULI. Bu metodni harf shaklini to'g'ri tasavvur eta olmagan, yozishda daftar chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o'quvchilar uchun qo'llash mumkin. Masalan, bir o'quvchi katta B harfini yozishda xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, o'qituvchi ularni nuqtalar bilan ifodalab daftarga qalamda yozib ko'rsatadi, o'quvchi esa uning ustidan siyoh bilan yurgizib chiqadi. Bu usul o'quvchining shu haqidagi tasavvurini kengroq shakllantiradi. Bu usulning ijobiy jihatlari bilan birga salbiy jihatlari ham bor. Bunday mashqlar faqat qo'l harakatini o'stirish uchun yordam beradi xolos. Uzoq muddat bunday usulda yozgan bolalar harflarning shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladilar.