1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi



Yüklə 331 Kb.
səhifə31/31
tarix20.03.2023
ölçüsü331 Kb.
#88803
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Xatolarni tuzatish
Dastur talablariga muvofiq, 4-sinfning oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va chiroyli yozilishi lozim.
Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la egallab ololmaydilar, harflarning shaklini pala-partish, katta-kichik qilib har xil yozadilar. O'qituvchilar tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va qiyin vazifalaridan biridir. Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim.
Kamchilikarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada ekanligini aniqlash zarur.
O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim harflaning noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda yozadilar:
Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib keladi.
Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l harakatini uzib yozadilar:
Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik, haddan tashqari mayda, yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi.
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim.
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib o'tamiz:

  1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadidar;

  2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha buzib yozadilar;

Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar faqat kichik harflarga taalluqli bo'lganini ko'rsatib o'tdik bunday
kamchiliklar bosh harflada ham uchrashi mumkin. Bosh harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib borish mumkin.
Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanmasak ham sabab bo'ladi.
Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmashgi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi.
Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi mumkin.
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak.
Agar o'quvchilar harflarning shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflarning baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, unda o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarining diqqatini ko'proq, butunlay o'zgacha yoziladigan harflarning shakliga qaratishi lozim.
Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilarni ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. Harflarning qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi.
Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va tekshirib borishi zarur.
Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda. Ularga bo'lgan munosabatlar ham o'zgarmoqda. Ayniqsa. soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchaydi.
Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan muammolar mavjud.
Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va mahorat talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli yozuvga o'rgatishning murakkabligini hisobga olib, yozuv malakasini shakllanishida asosiy rol o'ynovchi yordamchi qiya chiziqlarni saqlab qodik. Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish mumkin.
Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat harflar namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika vositalari: diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Husnixat malakasini shaklantirish bundan keyin ham yanada takomillashib boriladi.
Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chiziladi, yuqoridan pastka kichik tayoqcha tushiriladi va qo'l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli kichik tayoqcha tushiriladi.
7. O'quvchilarni komanda bilan turg'azib, oldin o'rganilgan
badantarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3
daqiqadan oshmasligi kerak. Mashq tugagandan so'ng yana yozuv
mashqlari davom ettiriladi.

  1. O'qituvchi doskada kichik m harfining elementlarga ajratmay, bir butun shaklda yozilishini ko'rsatib beradi. O'quvchilar o'qituvchining ko'rsatmasiga muvofiq yozishni davom ettiradilar.

  2. Bolalarga kichik m harfining bir necha kichik harflar bilan bog'lanishi ko'rsatib berilgandan so'ng o'quvchilar o'z daftarlarida mashq qiladilar.

10. Uyga vazifa. Daftarga ikki qator m harfini va shu harf bilan
bog'langan so'zlarni yozib kelish topshiriladi. O'qituvchi uy vazifalarini
bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga qat'iy amal qilish lozim
ekanligini eslatib o'tadi.
11. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o'quvchilarning
daftarlari namuna qilib ko'rsatiladi, rag'batlantiriladi va shunday
chiroyli, toza yozish zarurligi uqtiriladi.
Husnixat mashg'ulotlarini yuqorida ko'rsatilgani kabi uyushtirish chiroyli va to'g'ri yozish malakasini hosil qilish, o'quv mashg'ulotlarini puxta o'zlashtirishga yordam beradi.
Tuzuvchi: o’qit. Z. Amirqulova
Yüklə 331 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin