1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


-MAVZU: Ikkinchi sinfda chiroyli yozuv darslari



Yüklə 331 Kb.
səhifə20/31
tarix20.03.2023
ölçüsü331 Kb.
#88803
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
8-MAVZU: Ikkinchi sinfda chiroyli yozuv darslari.
REJA:

  1. Ikkinchi sinf yozuv darslarining o'ziga xosligi.

  2. Ikkinchi sinf yozuv darslarida olib boriladigan yozuv mashg'ulotlari.

  3. Yozuv mashg'ulotlarining rejasi.

Tayanch so'zlar:
Dastlabki tushuntirish ishlarini olib borish, birinchi va ikkinchi gruppa mashqlari, tayoqchalar va ilmoqchalrning yozilishi. Alifbe davrida harflaming yozilishini o'rgatish kichik va bosh harflar. Alifbedan keyingi davrda harflaming bir- biriga qo'shib yozilishini o'rgatish. Tinish belgilarining yozilishi. Matematik raqamlarning yozilishi.
ADABIYOTLAR.

  1. G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970

  2. G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992

  3. G'apporova va boshq. "Alifbe" T. 1999

4. G'apporova va boshq. "1- 2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999

  1. Husnixat daftari. 1 -sinf uchun.T-1999

  2. Husnixat daftari.2-sinf uchun.T-1999

  3. Husnixat daftari.3-sinf uchun.T-1999

  4. Abdullayev Y. "Hamrohim" T. 1997

Bu sinfda chiroyli yozuv malakasi birinchi sinfga nisbatan ancha keng va chuqur o'rgatiladi. Shuning uchuin ham yil davomida husnixat darslari uchun 34 soat ajratiladi. Buning asosiy sababi o'quvchilarning birinchi sinfda chiroyli yozuvdan olgan bilim va malakalari yozgi ta'tilda yodlaridan chiqib ketadi, shuning uchun ham 2- sinf o'quv yilining boshida ona tili darslarida husnixat malakalari eslatib turilishi lozim.
Ikkinchi sinfda chiroyli yozuv darslarini tashkil etishda alfavitdagi barcha harflarni guruhlarga ajratib yozish talab etiladi.
Bu sinflarda badantarbiya daqilarini o'tkazish ta'lim tarbiya gigiyena talablarini bajarib bolalarning jismoniy jihatdan sog'lom o'sishiga, qaddi qomatining to'g'ri va erkin shakllanishiga yordam beradi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan barcha qoidalarni o'qituvchi ko'ndalik dars jarayonida o'quvchilarga eslatib, ko'rsatib borishi lozim.
Matematika darslarida ham yozuvning sifat va samaradorligini oshirish uchun umumiy metodik, gigiyenik va kalligrafik talablar qo'yiladi. Maktab dasturida ko'rsatilganidek, bolaiarning har bir yozuvi toza, aniq va chiroyli bo'lishi kerak.

Yüklə 331 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin