Panja va barmoq muskullarining harakatini o'stimvchi mashqlar.
Kichik m harfining elementlarini doskada yozib ko'rsatish.
Kichik m harfining yozma va bosma shakllarini taqqoslab ko'rsatish.
Harf laming shaklini daftarga yozdirish.
Badantarbiya o'tkazish.
Kichik m harfini qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozishga o'rgatish.
Kichik m harfining boshqa harflar bilan bog'lanishini mashq qilish.
Uyga vazifa berish
Yaxshi yozgan o'quvchilarning ishlarini ko'rsatish va rag'batlantirish.
Darsningborishi: O'qituvchi o'quvchilarning darsga tayyorgarliklarini, har bir o'quvchining oldida daftar, avtoruchka borligini tekshirib, yozuv daftarlarini ham ko'rib chiqadi.
Sinfga osib qo'yilgan «Yozish vaqtida to'g'ri o'tir!» nomli plakatdan foydalanib, o'quvchilarning o'tirishlarini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya chiziqlarga daftarning holatini to'g'rilab olish.
O'quvchilarga barmoqlarning harakatlarini o'stiruvchi mashqlar bajartiriladi. Bunday mashqlarni partada o'tirgan holda bajartirish mumkin. Chunonchi, qo'llarimizni oldinga uzatib, barmoqlarimizni ochamiz, ikki deganda, barmoqlarimizni yopamiz. (Bu mashq 6-7 marta takrorlanadi).
Bugun kichik m harfini yozishni mashq qilamiz.
O'qituvchi doskada kichik m harfi kattalashtirilib chizilgan plakatdan foydlanib, uning elementlarini va qanday yozilishini tushuntirib beradi. Shundan so'ng m harfini doskaga yozib ko'rsatadi. O'quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan ko'zatadilar. O'qituvchi doskada harf elementlarini tushuntirish bilan birga, uning bir butun shaklda yozilishini ham eslatib o'tadi.
O'qituvchi bosma va yozma m harfini bir-biri bilan solishtirib ko'rsatadi. O'quvchilarga kichik m harfining bosma va yozma shakllarini bunday taqqoslab ko'rsatishning ahamiyati katta, chunki ko'pchilik o'quvchilar ayrim harflarni kitobdagi bosma shakliga o'xshatib yozishga harakat qiladilar.
O'qituvchi m harfining birinchi elementini yana qayta doskada ko'rsatib beradi.
Shundan so'ng o'quvchilarga daftarlarida qizil siyoh bilan yozib ko'rsatilgan shu elemetni topib, uning davomidan yozish ko'rsatiladi.
CTquvchilarni komanda bilan turg'azib, oldin o'rgatilgan badantarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiradi. Bu mashqlar 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak. Mashq tugagandan so ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi.
O'qituvchi doskada kichik m harfming elementlarga ajratmay, bir butun shaklda yozilishini ko'rsatib beradi. O'quvchilar o'qituvchining ko'rsatmasiga muvofiq yozishni davom ettiradilar.
Bolalarga kichik m harfming bir necha kichik harflar bilan bog'lanishi ko'rsatib berilgandan so'ng o'quvchilar o'z daftarlarida mashq qiladilar.
lO. Uyga vazifa. Daftarga ikki qator m harfini va shu harf bilan bog'langan so'zlarni yozib kelish topshiriladi. O'qituvchi uy vazifalarini bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga qaf iy amal qilish lozim ekanligini eslatib o'tadi. ll.Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o'quvchilarning daftarlari namuna qilib ko'rsatiladi, rag'batlantiriladi va shunday chiroyli toza yozish zarurligi uqtiriladi. Husnixat mashg'ulotlari yuqoriga ko'rsatilgani kabi uyushtirish chiroyli va to'g'ri yozish malakasini hosil qilish o'quv predmetlarini puxta o'zlashtirishga yordam beradi. Endi esa 2- sinf o'quvchilari bilan yil davomida olib boriladigan mashg'ulotlar alohida ko'rib o'tamiz. 1- dars. Kichik i, u va katta I, U harflarini yozish. Kichik u harfini yozish uchun daftar chizig'idan pastga qarab kichik tayoqcha tushiramiz va uni pastki chiziqqa yetkazmay turib o'nga buramiz va yuqoriga qarab davom ettiramiz. Bu harf elementini qo'lharakatini uzmasdan qo'shib yozish ta'kidlanadi.