Biz kinoga bordik. 2. Chiziqning ustidan yozmaslik:
Salima kitob o’qidi. 3. Harflar oralig'ida haddan tashqari ko'p joy qoldirish:
Tulki o 'rmonda yashaydi. 4. Harflar orasidagi masofaning zijligi:
Men kitob o’qishni sevaman. 5. Harflarni juda yirik yozish:
Xalil- a’lochi o’quvchi. 6. Harflar bilan so'zlar orasidagi masofani bir xil saqlamaslik:
Akbar samolyot modelini yasadi. 7. Harf elementlarini uchburchak tarzida ifodalash:
Shoira kashta tikdi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklami o'z vaqtida tuzatib, oldini olish uchun ayrim o'quvchilar bilan yakkama- yakka mashqlar olib boorish lozim.
Shuningdek, har bir o'qituvchi bu kamchiliklaming kelib chiqish sabablarini ham aziqlashi zarur, shundagina uni tuzatish yo'llarini oson hal etadi.
Uchinchi sinfda husnixat mashqlarini yuqorida ko'rsatilgani kabi ona tili darslari bilan bog'lab uyushtirish, to'g'ri, tez va chiroyli yozish malakalarini hosil qilish ona tili fanini puxta o'zlashtirishga asos bo'ladi hamda o'quvchilarni savodxonligi oshib yozuvlari ham asta-sekin yaxshilanib boaradi.
To'rtinchi sinfda chiroyli yozuv mashqlarini tashkil etish Bu sinf o'quvchilarini yozuvlari kataklarga xosligi bilan ajralib turadi.
O'quvchilar endi qiynalmay erkin yozishga o'tadilar. Ularning yozuv tezligi ham ancha yuqori darajaga ko'tariladi. Bu davrda o'quvchilar o'z fikrlarini tezroq qog'ozga tushirishga harakat qiladilar. Yozuv tezligi ba'zi o'quvchilar esa ona tilidan berilgan mashqlarni bajarishda orqada qoladilar, ayniqsa, bu narsa diktant va yozma ishlarni bajarishda o'quvchiga ancha qiyinchilik tug'diradi.
Shuning uchun bu sinfda tez yozish malakasini o'stirish juda muhimdir.
Yozuv tezligi past bo'lgan o'quvchilar boshqa o'quvchilarga nisbatan ko'p kuch va diqqat sarf etadilar va charchab qoladilar.
Bu sinfda o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarda kattalarga xos bo'lgan yozuv kallegrafiyasini shakllantirishdan iborat.
Ba'zi o'qituvchilar bu sinfda ona tili mashqlari bilan yozuv darslarni bir-biriga bog'lab o'tish yo'llarini yaxshi bilmaydilar, vaholanki, har bir ona tili darsida yozuv mashqi uchun ajratilgan 8-10 minut vaqtdan unumli foydalanish shart. Aks holda o'quvchilar ayrim harflarning shaklini buzib yozishga odatlanib qoladilar.
O'quvchilarning yozuvlariga qat'iy talablar qo'yish bilan birga, ularning daftarlariga qo'yilgan pedagogik va gigiyenik talablarini ham unutib qo'ymaslik kerak.
4-sinf o'quvchilariga chiroyli yozuv qoidalarini eslatib turish bilan bir qatorda uni bir tartibga tushirib olish ham bir o'qituvchining muhim vazifasidir.
Bu sinfda to'g'ri tashkil etilgan chiroyli yozuv malakalari bir umrga saqlanib qoladi.
4-sinfda ham tez yozish malakalarini yanada o'stirish uchun quyidagi ayrim mashqlarni bajartirish mumkin.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni o'z vaqtida tuzatib, oldini olish uchun ayrim o'quvchilar bilan o'z vaqtida tuzatib, oldini olish uchun ayrim o'quvchilar bilan yakkama-yakka mashqlar olib borish lozim.
Shuningdek har bir o'qituvchi bu kamchiliklaming kelib chiqish sabablarini ham aniqlashi zarur, shundagina uni tuzatish yo'llarini oson hal etadi.
Darsni jihozlash. Kichik p va katta P va F harflarini kattalashtirib ko'rsatilgan jadvallar.
Darsning borishi. O'qituvchi o'quvchilarga o'zakdagi jarangli va jarangsiz undosh tovushlar p va f harflar imlosini tushuntirishdan oldin bu harflarning yozilish shaklini tushuntirib, qisqa mashq o'tkazadi (Yozuv malakasini tushuntirish uchun berilgan vaqt 8-10 minutdan oshmasligi kerak).
O'qituvchi doskaga p va f harflarini chiroyli yozuv qoidalariga amal qilgan holda yozib qo'yadi.
Kichk f harfini yozdirishga boshlashdan oldin uning nechta elementdan tuzilganligini va elementlarning doim qo'shilib yozilishi tushuntirib o'tiladi. Tushuntirish mashqlarini plakatlardan foydalanib olib borish mumkin.
Bu harfni yozish cho'zinchoq doira shaklidagi elementlari bir xilda yozish shart ekanligi eslatiladi.
O'quvchilar bu harfning yozilish texnikasi bilan oldingi sinflarda ham tanishganlar. Bu darsda esa kichik f harfining ikkinchi cho'zinchoq doira shaklidagi elementi o'zidan keyingi harflar bilan qo'l uzmasdan tuguncha hosil qilib bog'lanadi.
O'quvchilar bu harfni yozib mashq qilish bilan yozuv tezligini oshirishda bu harfning yana ham qulay ekanligini amalda ko'radilar.
O'quvchilar bu harfni yozishga faqat o'qituvchining doskadagi ko'rsatmasidan keyingina boshlaydilar.
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvmalakalarini va tezligini kuzatib boradi va tegishli ko'rsatmalar beradi. Shundan keyin o'qituvchi kichik p harfining yozilishini tushuntirib beradi. Bu harfning elementlari ham o'zidan oldin va keyin kelgan harflar bilan qo'l uzmasdan qo'shib yoziladi.
Bu harfning yozilish texnikasi ham tanish bo'lib, o'quvchilarga qiyinchilik tug'dirmaydi. Shuning uchun bu harfning yozilishi texnikasi ustida ko'p to'xtash shart emas. Faqat uni yozishda ayrim o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar ustida to'xtab o'tish mumkin.
O'qituvchi o'quvchilarga butun dars davomida to'g'ri o'tirish, ruchkani to'g'ri ushlash, gavdani to'g'ri tuta bilish, ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlash, daftarni to'g'ri qo'yish qoidalarini doim eslatib turish lozim. Yuqorida eslatib o'tilgan malakalar hosil qiligandan keyingina yozuv mashqlarini boshlash kerak.
O'quvchilarga kichik f va p harflarini yozilish qoidalarini tushuntirilgandan so'ng darsning asosiy grammatik qismiga o'tiladi. Gapdagi p va f harfli so'zlarning talaffuzi va imlosi tushuntiriladi.
Ona-tili kitobidan shu mavzuga oid mashqlari bajarishda ham p va f harflarning yozilishiga aohida e'tibor berish lozim.
Dars oxirida eng yaxshi yozgan o'quvchilarning namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Yozuv mashqlarini o'stiruvchi mashqlar ham ona-tili daftarida bajartiriladi. Uy vazifasi uchun berilgan mashqlar esa bir betdan oshmasligi lozim.