11- MAVZU. O'QUVCHILARNING YOZUVLARIDA UCHRAYDIGAN TIPIK
XATOLARNI TUZATISH.
REJA:
Boshlang'ich sinflarda yozuv darslarining reja asosida olib borilishi.
Boshlang'ich sinflarda yozuv darslarida olib boriladigan yozuv mashg'ulotlari.
Yozuv mashg'ulotlarining rejasi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarda uchraydigan xatolarni tuzatish.
Tayanch so'zlar:
To'rtinchi sinflarda yozuv mashg'ulotlarining onatili darslarida olib borilishi. Qo'shimcha yozuv mashg'ulotlarini o'tkazish. O'quvchilarga mustaqil ravishda kichik matnlarni yozdirish va og'zaki tarzda yozdirish. To'rtinchi sinf o'quvchilarining yozuvlarida uchraydigan tipik xatolar: haddan ziyod harflarni katta yozish, harflar va so'zlar orasidagi masofani to'g'ri qo'ymaslik, harflaming qiyaligini bir xilda saqlamaslik va harflarni uchburchak tarzda ifodalash kabilar.
ADABIYOTLAR.
G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970
G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992 3.G'apporovavaboshq. "Alifbe" T. 1999
5. G'apporova va boshq. "1- 2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999
Husnixat daftari. 1-sinf uchun.T-1999
Husnixat daftari.2-sinf uchun.T-1999
Husnixat daftari.3-sinf uchun.T-1999
Abdullayev Y, "Hamrohim" T. 1997
Dastur talablariga muvofiq, to'rtinchi oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va chiroyli yozishi lozim.
Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la egallab olomaydilar, harflaming shaklini pala partish, katta-kichik qilib har xil yozadilar. O'quvchilar tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va qiyin vazifalaridan biridir. Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim.
Kamchiliklarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada ekanligini aniqlash zarur.
O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim harflaming noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda yozadilar:
Men xat yozdim
Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib keladi.
Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l harakatini uzib yozadilar.
M e n x a t y o z d I m
Harflarni bunday alohida yozish yozuv tezligini kamaytiradi, o'quvchi boshqa o'quvchilardan orqada qoladi.
O'quvchilarda uchraydigan yana bir kamchilik haddan tashqari mayda yozuvdir:
Men akamga xat yozdim
Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik yozadilar:
Men xat yozdim
Haddan tashqari mayda yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi.
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim.
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib o'tamiz.
1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadilar:
Bunday xatolarni yo'qotish uchun shu element yozilishini qayta mashq qildirish lozim, chunki bu element ko'pchilik kichik harflar uchun asosiy element hisoblanadi.
2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha buzib yozadilar.
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun ilmoqlarni to'g'ri yozishga o'rgatish lozim.
3. Tagi tugunchakli uzun tayoqcha shaklidagi elementni ham quyidagicha buzib yozadilar:
Bunday xatolar o'quvchilarning yozuvning qiyaligiga e"tabor bermasliklari natijasida sodir bo'ladi.
4. Tagi tugunchakli elementni haddan tashqari kichik yoki katta qilib yozadilar:
Bu xatolarning oldini olish uchun shu elementni harflar bilan bog'liq holda yozib ko'rsatish va harfga taqqoskash zarur.
5. Katta N, M harflarini yozishda uning birinchi elementini noto'g'ri yozadilar:
Bu xatoni yo'qotish uchun shu elementni kattalashtirib ko'rsatish lozim.
6. O'quvchilar kichik cho'zinchoq doira shaklidagi O harfmi yozishda ham ayrim xatolarga yo'l qo'yadilar. Bu harfni yozishda uchragan kamchiliklarni tuzatish uchun katta o'lchamdagi quyidagi jadvaldan foydalanish lozim.
Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar bo'lishini ko'rsatib o'tdik, bunday kamchiliklar bosh harflarda ham, kichik harflarda ham uchrashi mumkin. Bosh harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib boorish mumkin.
Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanmaslik ham sabab bo'ladi.
Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi.
Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi mumkin.
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak.
Agar o'quvchilar harflaming shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflaming baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, bunday o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini ko'proq butunlay uzib yoziladigan harflaming shakliga qaratish lozim.
Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilami ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. Harflaming qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi.
Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va tekshirib borishi zarur.
Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda, ularga bo'lgan munosabatlar ham ozgarmoqda. Ayniqsa, soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchayadi. Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan muammolar mavjud. Biz bu muammolarni mazkur qo'llanmada yoritishga harakat qildik.
Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va mahorat talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli yozuvga o'rgatishning murakkabligini hisobga olib, yozuv malakasini shakllanishida asosiy rol o'ynovchi yordamchi qiya chiziqlarni saqlab qoldik. Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish mumkin.
Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat harflar namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika vositalari: diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beraidi.
Dostları ilə paylaş: |