Sub'ekti - bu kasbiy ishchilar, shaxs yoki jamoaning ijtimoiy-pedagogik muammolarini hal qilishga qaratilgan muayyan harakatlarni amalga oshiradigan o'qituvchilar.
Ob'ekti-bu mos ravishda, ijtimoiy-pedagogik muammolariga duch kelgan va ijtimoiy manbalar va imkoniyatlardan foydalanib bo'lmaydiganligi sababli o'zini rivojlantirish va o'zini anglash jarayonida jamiyatning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj bo'lgan shaxslar va guruhlardir.
Ijtimoiy-pedagogik sohadagi o'qituvchilarning faoliyati quyidagilarga yo'naltirilgan: Jamiyatda hayotga moslashish qobiliyatini yo'qotishning oldini olish bo'yicha profilaktika tadbirlarini o'tkazish. Shaxs jamiyat va uning a'zolari bilan o'zaro munosabatda bo'lish qobiliyatini yo'qotishi, ijtimoiy rivojlanishning yangi shartlariga ko'nikolmasligi mumkin. Bunday hodisalarning rivojlanishiga yo'l qo'ymaslik kerak, chunki ular nafaqat individual shaxs, balki butun jamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib keladi; Yosh avlodni shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar, ularning ijtimoiylashuvi darajasini oshirishga yordam berish; Oilalar bilan ijtimoiy-ma'rifiy ishlarni olib borish. Ijtimoiy moslashishda oilalarga yordam ko'rsatish, turli sabablarga ko'ra buzilgan muammolarni hal qilish; Murakkab ob'ektlar bilan ishlash: etim bolalar, nogiron bolalar, ijtimoiy o'spirinlar, deviant xulq-atvorli shaxslar va marginal guruhlar; Aqliy, jismoniy, ijtimoiy shakllanish va rivojlanish muammolari bo'lgan fuqarolarga nisbatan ijtimoiy-madaniy reabilitatsiya o'tkazish.
Ijtimoiy ta’lim (o’qitish)- bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish, ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayon ijtimoiy ta’lim (o’qitish) deb ataladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o’rinlar, o’zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko’pgina bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek, integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko’nikmalarni egallaydi.
Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog’lom) tug’ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko’ra sodir bo’ladi. Bola avval jismoniy makonni o’zlashtiradi, unda yo’lini topishga o’rganadi: emaklash, o’tirish, yurish, yugurish va h.k. So’ng u ko’chani o’zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-ukalarini), o’z ismiga egaligiga o’rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush ko’rishlar, his-tuyg’ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta ahamiyatga ega. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o’tadi. Tilda xalq tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o’zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o’zlashtiradi.Eng muhim bo’lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o’yinlarda sodir bo’ladi. O’yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o’ynaydi.
Agar bola jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug’ilsa, unda ijtimoiy tajribani o’zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug’ilsa, unda bolaning ijtimoiy tiklanishi ko’p holda bunga tayyor bo’lmagan ota-onalar zimmasiga tushadi. Bola o’zi uchun zarur bo’lgan muhitdan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so’ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy yo’l bilan o’zlashtirish bo’lmaydi; ota, ona, aka-uka, boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarni shakllantirishga imkon beradigan, ular bilan ijtimoiy tajribani o’zlashtirilishiga va jamiyatda ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodika va texnologiyalar mavjud bo’lishi kerak.
Maktabda o’qitish jarayonida bola avvalambor akademik bilimlarni oladi. Biroq shu bilan birga uni ijtimoiy me’yorlarni, ko’rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini ta’minlaydigan ma’lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashi lozim.
Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o’qitish deb ataladi.