1-mavzu: ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko’nikmalarini shakllantirish. Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat



Yüklə 135,81 Kb.
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü135,81 Kb.
#162360
1   2   3   4   5   6
ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni

Individual yordam - boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadriyatlarini anglashi, o‘z-o‘zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir.Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ijtimoiy tajriba, ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, harakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi, ularning ijtimoiy madaniy mansubligiga ham bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarda farqlanadi. Masalan pedagogik, texnikaviy, tibbiy, xuquqiy, iqtisodiy kabi.
Ijtimoiy-pedagogik yondashuv. Uning mohiyati bola rivojlanishini boshqara olinadigan jarayon bo’lib, insoniyat tajribasini o’zlashtirishni ta’minlashdan iborat. Mazkur yondashuv o’qitish jarayonining pirovard natijasiga – bola shaxsi ijtimoiylashuviga qaratilgan. Uning mazmuni – bola jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini egallashi, ularni qayta tuzish va o’zgartirishdan iborat. Bunday yondashuvda o’qitish tarbiyaviy vazifani bajaradi. Akmeologik yondashuv ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning mohiyati shundaki, ta’lim shaxs hayotiy olami, pedagog va bolaning mazmuniy reallik yuzasiga o’tadi. Ta’lim pedagog va bolaning nafaqat fikr va munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta’sir sub’ektining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitishga, ya’ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat qiladi. Bunda ta’lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta’limni ideal shaklga olib kelish uchun ta’lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning real hayotiy pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta’limning yakuniy natijasiga erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ijtimoiypedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Mazkur faoliyat o‘quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga muvafaqqiyatli moslashuvidan, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylanishigacha bulgan murakkab davrni uz ichiga oladi.
Sungti yillarda Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish yanada keng rivojlanmoeda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik, tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya masalalari, balki o‘quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham hal qilinmokda.
Davlatimizdagi o‘zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Chunki ta’lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar aks etmasligi mumkin emas.
Umumta’lim maktabi o‘ziningo‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko‘rib chiqib,birinchi o‘ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda:
— ta’limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil qilish;
— maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan ten g yuritish;
— maktab faoliyatini qayta yo‘naltirish;
— maktab ishini takomillashtirish;
— o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, turli
to‘garaklar tashkil etish.
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’limtarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi.
Xozirgi paytda bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshirilmokda:
Maktab ma’muriyati tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam berilmoqda hamda bepulovqatlanish tashkil qilinyapti. Sinf rahbarlari tomonidan bolaning oiladagi holatini o‘rganilib, “tarbiyasi og‘ir bolalar”bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Maktab psixologi bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o‘rganadi, ota-onalar va bolalarga maslahat beradi.Maktabda mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmati maktabo‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, jismoniy tarbiya guruxlari tuzadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qiladi hamda karantin sinflarini nazorat qiladi.
Maktabda ijtimoiyishga maktab direktori o‘rinbosarlaridan biri rahbarlik qilib, maktabning ta’lim muassasalari, turli davlat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi.Ota-onalar qo‘mitasi ham o‘z o‘rnida tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki xil yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli hodimi hisoblanadi.
Maktab bilan hamkorlik jarayonida ijtimoiy pedagog teztez maktabga borib turadi, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniklaydi. U bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan oilalarni hamda jismoniy va ruhiy nuqsoni bor bolalarni aniqlaydi. Ijtimoiy pedagog bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, o‘qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada aloxida mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bola tarbiyasidagi muammolarni hal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya qodimlari xizmatidan foydalanadi.
Ko‘pgina G‘arbiy Evropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishga qobiliyati etmaydigan bolalardir. Ular maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishgan bo‘lishi ham mumkin. Odatda, bu toifadagi bolalar voyaga etmaganlar ishlari bo‘iicha komissiya ro‘yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrof dagilar bilan m un osabatlar i n i oydinlashtirishning o‘zi ham etarlicha yordam berishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog o‘quvchining maktabdan tashqari vaklini tashkillashtirib, o‘z tarbiyaviy ishini sshibborishda ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar,turli mehnat va turistik bo‘linmalar uyushtiriladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishtashkil kdlishi va olib borishini rejalashtiradi va tartibga soladi. U doimiy tarzda sinflardagi psixologik muhitni monitoring qiladi va natijalar yuzasidan maktab pedagogik jamoasiga axborot berib turadi. Aynan shu xolat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan yoki ixtiyoriy ravishda boshqa maktabga o‘tgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi, ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko‘nikishlariga yordam ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy pedagog o‘qish vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, muammolarini o‘rganadi va ularning o‘qishlari masalasini hal qiladi. U ko‘p bolali oilalarning barcha imtiyozlardan foydalanishlari ni, bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor beradi, tarbiyasi og‘ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordamlashadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘riibosari o‘z faoliyatida to‘garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o‘tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni rejalashtiradi, boshqaradi va nazorat qiladi.
Alohida fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o‘rganib chiqib, ularni turli to‘garak va seksiyalarga jalb qilishadi, maktabda xilma-xil tadbirAdaptatsiya tushunchasi. Adaptatsiya — organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati.SHuningdek, adaptatsiya organizm faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish qobiliyati hamdir.Barchatirik mavjudotlar o‘zgaruvchan atrof-muhitga doimi adaptatsiyani ta’minlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro‘y beradi. Biroqatrof-muhitning bunday o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va unga ko‘nika olishi faqat insonga xosdir. Insonning bu yuqori adaptiv qobiliyati tug‘ma bo‘lmay, muhit bilan doimiy aloqasining oqibati cifatida rivojlanib keladi.Insonning ko‘nikish reaksiyasi shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson ijtimoiy muhit o‘zgarishlariga ko‘nika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaksiyalarini ishlab chiqishi lozim.
Insondagi adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar o‘ynaydi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish,urbanizatsiyaning tezlashishi, tabiat va kosmosni faol o‘zlashtirish aloqa v osi talarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari insonda o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga tez ko‘nika olish qobiliyatini shakllantirish masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga ega tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Insonningtug‘ilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir.YAngi tug‘ilgan chaqaloqda \am ko‘nikish mexanizmlari mavjudbo‘ladi.
Biroq go‘daklik davrida muhit bilan faol o‘zaro munosabatlar natijasida oliy nerv faoliyatida ba’zi murakkab funksiyalar vujudga keladi. Miyada axborot to‘plash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy ta’sir orqali o‘zlashtirish imkonini beradi.
So‘nggi yillarda go‘daklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyagaqiziqish ancha ortdi . Ta’lim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning ko‘nikishimkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda kattaahamiyat kasb etmokda.
Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilmaxilligiga bog‘liq. Demak, bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ko‘p tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatiningrivojlanishiga bog‘liq ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida, ayniqsa, jadal kechadi.
Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va me’yorlar haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega. YAngi ijtimoiy talablarga ko‘nikish bir qancha ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi.
Bola ijtimoiy adaptatsiyani o‘z tajribasi asosida ta’limtarbiya jarayonida o‘rganadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish , o‘z navbatida, ko‘nikish im koniyatini kengaytiradi. SHu bilan birga, bolaning ko‘nikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham hosil bo‘lishi mumkin.
Bu imkoniyatlar esa bolaning atrofidagilar bilan aloqalarining rivojlanishiga, bola miyasida axborotlarni qayta ishlashiga bog‘liqbo‘ladi.
Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar o‘zgaradi, masalan, bolalar biron-bir muassasaga kirganlarida U lardan yurish-turishining ham o‘zgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Bolalarning ta’lim muassasalaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati ularning oilalarida shakllanadigan, otaonasi \amda safdoshlari bilan shakllanadigan munosabatlari orasidagi farqsir.
Bolaning bolalar muassasasi jamoasiga ko‘nikishida bola doim uyda, oilasida o‘tkazgan davrlarida shakllangani uning ota-onasi bilan o‘zaro munosabatlari ning buzilishi haqida ran ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrim va oilaviy tavsifga ega bulmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutiladi.
Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq uning oldiga qo‘yilgan talablar, shubhasiz, u yoki bu darajadagi qiyin masala qisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual hususiyatlariga bog‘liq. Faqatgina ba’zi hollarda murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan yuqori bulishi mumkin. SHunday \ollarda bolaga bu murakkabliklarni engishga yordam beradigan yo‘llarni qidirish lozim, chunki ayni shu paytning uzida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham sodir buladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalar isharoitlariga moslashuvining uziga xos xususiyatlari. "Bola hayotning uchinchi yilida maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilinishi undan shu paytgacha shakllanib bulgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi^Ham bolaning sog‘ligi, qam \ar tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo‘lishini bartaraf etish uchunij tim oiy pedagoglar ta’lim m uassasal ari ish ini takomillashtirish borasida yordam kursatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.

Yüklə 135,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin