Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari: — organi zm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez sur’atidir;
— jismoniy va ruhiy rivojlanishning o‘zaro bog‘likligi;
— go‘dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o‘rni.
Bola tug‘ma yurish-turish shakllariga ega emas va ijtimoiy muhitda rivojlana turib, u uch asosiy komponentni: hudud(narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt(kundalik tartib) va muomala shakllarini o‘zlashtiradi. Demak,bola tug‘ilish danoq, uning faolligi “bola-kattalar”munosabatlari ichida tartibga solinadi.
Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning em otsional holati uning rivojlanishi vatarbiyalanganligi darajasiga bog‘liq. Atrofmuhit va odatiy hayot tarzining buzilishi, birinchi navbatda,emotsional holatnnng buzilishiga olib keladi
O‘yin bola faolligining asosiy va uziga xos shaklidir. Bu o‘sib ulg‘ayayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit ob’ektlari haqida ma’lumot yig‘ishiga, kattalarga taqlidq ilishiga, faol harakat qilishiga ehtiyoj, uning muhit bilan o‘zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir.O‘yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo‘yilmaydi. Bundan kelibchiqadiki, o‘yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil
qilish shakli sifatida uning yangi muhitga ko‘nikish shartidir.
Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim muassasida bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilardan iborat,desak bo‘ladi:
1. Adaptatsion bosqichining kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning kasaplanish darajasini oshiruvchi etakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash.
2. Kompleks usullardan foydalangan qolda adaptatsion bosqichni tahlnl qilish.
3. Adaptatsion bosqich kechishini engillashtiruvchi va salomatlik holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish.Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida jo‘shqinlikni paydo qilmasdan iloji yo‘q. Buning ilk namoyon bo‘lish shakllari emotsinal qolatningbuzilishidir.
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko‘nikish darajasini anikltshi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim: