1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə29/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

1. Yengil adaptatsiya — bolaning yurish-turishi 10— 15 kun
ichida me’yoriy holatga qaytadi. Bola maktabgacha ta’lim
muassasasiga qatnay boshlaganidan so‘ng bir oy o‘tgach, o‘zini
me’yorda tuta boshlaydi.
2. O‘rta adaptatsiya — bolaning yurish-turishi yoki emotsional
holatidagi o‘zgarishlar 15 — 30 kun ichida me’yoriy xrlatga
qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik u
o‘z vaznini tiklab oladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay
boshlagach, bir oy mobaynida u bir marotaba engil kasallikka
chalinadi va 7 — 10 kun maktabgacha ta’lim muassasasiga
kelmasligi mumkin.
3. Og‘ir adaptatsiya shunda namoyon bo‘ladiki, bolalarda tez qaytadan kasal bo‘lish kuzatiladi. Kasalliklar ba’zi
hollarda jiddiy tue olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu
holatda adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga cho‘ziladi, rivojlanish
va salomatlik ko‘rsatkichlarida noxush holatlar ham namoyon
bulishi mumkin.
Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal darajada bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog bolaning 9 oyligidan 1,5 yoshga tulgunigacha mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishini inobatga olishi lozim. SHuningdek, boladagi adaptatsiya j arayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi
kamchiliklari qam og‘irlashtirishi mumkin:
— noto‘g‘ri ovqatlanish;
— bolani noto‘g‘ri belash;
— salbiy odatlar;
— yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar.
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak:
tashxis, tayyorlov, amaliyot.Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlar kasallanish, yurish-turish, ruhiy
rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi.
Birinchi bosqich patronaji xaritasi:
1. Ota-onasi haqida ma’lumotlar:
— otasi (F.I.SH ., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);
— onasi (F .I.SH ., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);
— onasida homilaningkechishi va bola tug‘ilishi.
2. Maishiy sharoitlari:
— istiqomat qiluvchilar soni;
— yashash joyiga baho berish (kulayliklari);
— yuvinish moslamalari;
— yashash joyi havosiningtozaligi;
— bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga
qatnashadi?
3. Bola hakdda ma’lumotlar:
— yoshi;
— sog‘ligi;
— bolaga kim g‘amxo‘rlik qiladi?
— bolaning kun tartibi qanaqa?
— u alohida xona, krovatga egami?
www.ziyouz.com kutubxonasi
4.Bedorlik vaqti:
— bola bedorlik vaqtini qanday o‘tkazadi?
— uyg‘oqlik davrining uzunligi;
— sevimli o‘yinchoqlari;
— kiyinish-echinish, yuvinish jarayonlariga munosabati;
— kattalarning bolaga munosabatlari;
— bolaning kattalarga munosabati;
— bola bilan tez-tez sayr qilishadimi?
5.0vqatlanish:
— ovqatlanish tartibiga amal qilinadimi?
— bola nima eydi?
— nima yordamida ovqatlantirishadi (butilkami, qoshikdami)
—bolaning ishtahasi, faolligi.
7.Uyqu:
— bolani uxlatishda o‘zini tutishi;
— uyqudagi kiyimi;
— bola qanday uxlab qoladi (tez, tinch)?
— kuniga necha marta, qancha uxlaydi?
— uyqu xarakteri va uzunligi;
— qanday uyg‘onadi (tinch, yig‘i bilan)?
— bola kunduzi qaerda uxlaydi (krovat, xona, kucha)?
— tunda qanday uxlaydi?
— bolani uxlatish uchun unga so‘rg‘ich berishadimi?
Adaptatsiya varaqasida (qarang: 1-jadval) bolaning hissiy holati, ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi. SHuningdek,varaqada bolaning kattalar va boshqa bolalar bilan munosabati,uning individual xususiyatlari \am qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb, shartli
ravishda, bola yurish-turishining normallashuvi olinadi.

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin