1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə31/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Reproduktiv funksiya. Bu funksiya naslni davom ettirish bilan bog‘liq. Hozirgi kunda O‘zbekistonda serfarzand oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda, oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar, asosan, modsiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning darajasi, ekologiyaning inson salomatligiga ta’siri bilan izoxlanadi.
Iqtisodiy funksiya. Ma’lum bir oila a’zolari tomonidan boshqalari uchun moddiy mablaglar topilishi, voyaga etmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag‘larini to‘plash iqtisodiy funksiyaning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to‘plash, mulkka ega bo‘lish, meros masalalaridd oilaning ik^isodiy vazifasi fasshlashuvini talab qiladi.Ijtimoiylashuv funksiyasi. Oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi.Oilada ota-ona va bolalarning tabiiy-biologik hamda ijtimoiy aloqalari uzviy bog‘lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga uz ta’sirini ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning akutiy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir buladi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o‘rganadi.
Xo‘jalik-maishiy funksiya. Oila jamiyatning asosiy va doimiy xo‘jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holati bir maromda ushlab turiladi, kasallar va qariyalarga gamxo‘rlik qilinadi. Ilm-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bizning asrimizda oilaning kundalik yumushlari (ovqat pishirish,uy tozalash, kir yuvish, kiyim tikish va boshq.) maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari zimmasiga yuklatilmokda.
Tarbiyaviy funksiya. Biz bu funksiyani alohida ajratib ko‘rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bola shakllanishiga atmosfera va iqlimning ham ta’siri bor. Tarbiyaning eng muxim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. YUqorida, “Tarbiya ijtimoiy institut sifatida” deb nomlangan qismda, tarbiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risida to‘liq to‘xtab o‘tgan edik.Psixoterapevtik funksiya. Bu funksiya oilada barcha oila a’zolari o‘zini kulay sezishi lozimligida namoyon buladi.Psixologlar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra, inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanar ekan.

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin