2-MAVZU: PEDAGOGNING OILA BILAN OLIB BORADIGAN IJTIMOIY FAOLIYATI. PEDAGOGNING BOLALARNING IJTIMOIYLASHUVIDAGI ROLI.
Reja. 1.Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.
2.Ta’lim, tarbiya, rivojlantirish vazifalarini xal etishga ijtimoiy pedagogik yondashuv
3. Ijtimoiylashtirish – bolalar tomonidan guruhda ijtimoiy xulq-atvor meʼyorlari
4. Odob-axloq –hayotiy me’yorlar sifatida.
5. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati.
Tayanch tushunchalar:g‘urur, vijdon, shaxs ,ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, Individuallik,ilg‘or uzbek pedagogik g‘oyasi, Maxsus ijtimoiy tuzilma, etnomadaniy qadriyatlar, Mehribonlik, rahmdillik, ijtimoiylashuv mexanizmi, Qarindoshlik munosabatlari, ommaviy ong.
Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.
Oila va uning uziga xosliklari. Oila shaxs tarbiyasida,ijtimoiy instituglar bilan taqqoslaganda, eng muhim vazifalarni bajaradi. CHunki aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy me’yorlar shakllanadi. Oila omili insonga butun umri davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o‘z-o‘zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.
“Oilaviy munosabatlar — oliy qadriyat” deb hisoblangan buning respublikamizda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda baland bo‘lib, u o‘z mavqeini hozirgacha sakdab kelmoqda. O‘zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalar avloddanavlodga o‘tib kelmokda. Ko‘p bolali o‘zbek oilalarida patriarxat tartibning saqlanish i oiladagi m unosabatlarning barqarorligini ta’minlagan. Biroq bugungi kunda oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu jumladan, o‘zbek oilalarigaham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodcharning uzokugashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan, oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormokda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagoglartyordamiga muhtoj bo‘lib qolgan.
Oila ikki yo‘nalishda mavjud bo‘ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi olatda, oila qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyat bo‘lsa, ikkinchi holatda esa, insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.Jamiyatda oila bir nechta funksiyalarni bajaradi: