1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


Ijtimoiylashuv tarbiyaning bosh maqsadi



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə6/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Ijtimoiylashuv tarbiyaning bosh maqsadi.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir.
Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsning o‘zi tomoni­dan faollik ko‘rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyachiga tadbiq etadi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega, ya’ni bola shaxsining qaror topishiga oila, maktab, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o‘quvchilarning psixologik (individual-tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlariga, ularning hayotiy va ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy jihatlariga bog‘liq. Tarbiya odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tar­biyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususi- yatlarini shakllantirish bilan qo‘shib olib boriladi. 0‘z-o‘zini tarbiya­lash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo’qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi nosog’lom muhit, ota-onaning tarbiyalashda yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkorligi lozim bo’ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib qarashmagan. Hozirgi kunda ta’lim jarayoni o‘qituvchilar tomonidan bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya esa shaxs tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllanti­rish bilan bog’liq bo‘lib, bugungi kunda bu xislatlarni ma’naviy qadriyatlar asosida shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Umumiy ta’lim maktabining yuqori sinflarida ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini o‘rganish, tarbiyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan dars jarayonini tashkil etish, uning asosiy qismlariga qo‘yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog‘liq.Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba
to‘plashida muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar,psixaloglar, pedagoglarning urganish ob’ekti hisoblanadi. Ularmuhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi,rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar.Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.Bunda inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi uchun qaerda joylashganini bilishi etarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi va uz o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi ham mumkin. Muxitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustozmavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyantalablarni qo‘yadi va, shu bilan birga, unga bir qanchahuquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq vamajburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei ijgimoiy maqomdeyiladi.Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega bulgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni q’'lga kiritilgan maqom desak, adashmagan bo‘lamiz.Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar xolatiga ko‘ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadi gan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qsmi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanish va rivojlanishjarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin. Ijobiy rollarga, avvalo, oila a’zosining rolini kiritsak buladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: o‘g‘il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola o’z rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim rol — jamoa a’zosi rolidir. Bola bog‘cha yoki maktabda,sport to‘garagida tengqurlari bilan muomala qilganida jamoa a’zosi, o‘rtoq, o‘quvchi, etakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Bundan tashqari, har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyatinsonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq o‘zlashtirishi lozim.Yana bir muhim ijtimoiy rol o‘z vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqsir. Shu bilan birga, bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi, muttahamllarini misol qilsak bo‘ladi. Katta shahar ko‘chalarida, savdo do‘konlari bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko‘nikishgan. O‘tganqaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o‘g‘rilik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zihollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi uning ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muxdg sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala doirasining kengayish i, uning mazmunini chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishi sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z“Men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublikva ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarningbarchasini tarbiya tartibga soladi.Tarbiya ijtimoiylashuv sifatida. So‘nggi o‘n yilliklardavomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv vatarbiya tushunchalari ning o‘zaro munosabati keng muhokama qilibkelinmokda. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga,ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylash uv bilan talmashtirishga harakat qilishsa, boshqalari esa tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishmoqda. Yana bir guruh olimlar ijtimoiylashuv deganda, fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlar shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi, deb hisoblashadi.Qarashlar bir-biridan ma’lum darajada farqqilgani bilan, tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiyomillaridan biri ekanligini hammatan oladi.Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo’lishi, uni ijtimoiylashuvdanfarkdaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan MaksVeberg uni muammolarni echishga qaratilgan harakat, insonxulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv anglashsifatida ta’riflagan.Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayon bulib, bunda inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi. Tarbiyator ma’noda esa diskret (uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyantashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklanganbuladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir.Shunga qaramay, xanuzgacha tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rilishi mumkinligini sabab kdlib ko‘rsatsak buladi. Bu tushunchalarning hech qaysi biri tarbiya mazmunini alohida olgan qolatda to‘liqochib bera olmaydi. Quyida tarbiyaning ijtimoiylashuvga nisbatan ijtimoiy qilinuvchi jarayonga xos bo‘lgan umumiyligini o‘zida aks ettirishga harakat qilgan ta’rifi keltirilgan. Birok,unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A. V. Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi:
Tarbiya — insonning jamiyatga ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning onglirivojlanishi.
Bu ta’rifni ham to‘liq va butunlay to‘g‘ri, debbo‘lmaydi. Unda muallifning nuqtai nazari o‘z aksini topgan.Tarbiya ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, o‘z xususiyatlariga ham ega.Bu jarayon boshqalaridan farkli ravishda, doimo bir maqsadsari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar: muhit, OAVlari, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esdatutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, boshqa omillarningo‘rnini na to‘liqto‘ldira oladi, na bekor qila oladi. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uningshakllanishiga shunchalik ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tganisayin tarbiyaning bola shakllanishidagi hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijgimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi.Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi.Biroq boshqa bir jarayon — o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning uz shaxsini mukammallashtirish,o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga eqtiyoj shaxsrivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelgabinoan, insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi.Tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAVlari, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) o‘zaro ijobiy ta’siri natij asida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni sodir bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik ahamiyatli va sermazmun bo‘lsa, bola unda shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi.Bolaning ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiyrivojlanishining xususiyatlari sababli murakkablashishi, yoki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni bola tomonidan o‘zlashtirilishida qandaydir sabablar tufayli muhitning salbiy ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda borishi mumkinBuning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardanchetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshiriladi. Biroq buning uchun har bir toifadagibolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo‘lib, u jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini engishi kerak buladi. Agar ijtimoiy muhit sifatlarining shakllanmaganligi darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko‘nikishga xalaqit beradigan darajada yuqori bo‘lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmaslik holati sodir bo‘ladi. Bunday qollarda bola tomonidanyo‘qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi. SHunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi va rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir buladi. Agar bu jarayonsodir bo‘lmasa, uning aksi — dezadaptatsiya ro‘y beradi. Bundayqolatda esa bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ehtiyojtutiladi.

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin