1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə9/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

1. Bostirish mexanizmiuning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki me xanizm ham o’z o’rnida ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriyga bo’linadi. G’ayri ixtiyoriy mexa nizm - unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshi riladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir.
2. Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o’zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi.
3. O`z-o`zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o`z “Men”ini cheklab qo`yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini qo’llashni oqlasa bo’ladi. CHunki bu holatda moslashuv sodir bo’lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning pasayi shiga olib keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suzaboshlaydi;
4. Loyihalash mexanizmining mohiyatini o’z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan hurmatni saqlab qoladi. SHubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi;
5. Identifikatsiyalash mexanizimi ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo’lishi mumkin. Identifikatsiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. Identifikatsiya mexanizimi
6. Introektsiya mexanizimi bilan juda bog’liq. Bunda boshqalarning xislatlari o’zgar magan holda o’zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin