1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə5/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Shaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar, xatti-xarakatlar tizimidan iborat ijtimoiy xayotga kirisha borish jarayonidir. muloqot (otaonalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga xilma-xil faoliyat turlari mos kelishi anikutangan. Bolaning barqaror rivojlanish ining eng muhim shartlaridan biri muloqotdir. Muloqot va faoliyatning etakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi:
1) go‘daklik davri — bevosita hissiy-ruhiy;
2) go‘daklikdan keyingi davr — predmetli faoliyat;
3)maktabgacha davr—rol o‘yinlar;
4)ilk maktabdavri—o‘quv faoliyati;
5) o‘smirlik davri — kasb ta’limi faoliyati;
6) o‘spirinlik davri — shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga etishida va shakllanishi jarayonida u bilan bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutadilar. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari” deb ham nomlanadi.Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turlicha bo’ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i va ham kasblari ham qushilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rniga, inson uchun ahamiyatiga qarab agentlar faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan agentlarga
farqlanadi.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S. Muxina va A. V. Petrovskiylarning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi:
I. P. Podlasыy tasnifi bo‘yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmningtashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bulinadi. G‘ayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning kengtarqalgan usulidir. Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson uzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi. O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuvjarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uningyutukqari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroqtuyulsa, uninguziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu esauning o‘z “Menini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldidaojiz qolishi, demakdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklashmexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. CHunki bu holatdamoslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroquzoq muddatli o‘z-o‘zinicheklash o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi.Oqibatda bola o‘z salohiyatini bilmay turib, ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yib,oqimga qarab suza boshlaydi;Loyihalash mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli, deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga yoki boshqalarga qarshi krratilgan salbiy hissiyotlar yordamida insono‘ziga bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson boshqalardan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin debhisoblaydi. Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ektinafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar hambo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli,ongsiz turlari mavjud. Identifikatsiya mexanizimi introeksiya mexanizimi bilanjuda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari, go‘yoki “ketmaket terilganday” maxsus o‘zgartirilmagan holda bola ongidao‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsada, uning natijalarini anglab olish unchalik murakkab emas. Empatiya mexanizmi boshqa odamning hissiy qolatiga hamdard bo‘lish. Bu mexanizm hissiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega. Intellektuallash uv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Harakatlarii bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning xatolarining kechirilishi va sof vijdon bilan faoliyatini davom ettirishiga ishonadi.Ko‘pchilik shu tarzda komillikka erishadi. I. V. Mudrikning fikricha, psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
— insonning unga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bumexanizm, odatda, go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroqkeyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatish im iz mumkin. Eksiztensial bosim mexanizmi
— tilni o‘zlashtirish vao‘zaro munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulqatvor me’yorlariga anglamagan holda ega bo‘lish.
— biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat qilish.Bu holat insonning ijtimoiy tajriba tuplashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir. Refleksiya mexanizmi
— ichki suhbat. Unda inson jamiyatningturli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborlishaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadiyoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “Men” obrazlari orasidagi real va xayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bumexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi.Bundan tashqari, ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogikmexanizmlariga an’anaviy va institutsional mexanizmlari iham kiritsa buladi:An’anaviy mexanizm inson tomonidan oila, atrof muhit,qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos me’yor, qarash steriotiplarinio‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz ravishdaamalga oshirilib, taassurotlar yordamida sodir buladi.Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlariva turli tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati jarayonidakuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarnituplashi mumkin.

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin