1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej
Samarqand. Azal-azaldan o’troq hayot, sug’orma dehqonchilik, ilm-fan va tarqqiyot markazi bo’lib kelgan, Samarqand – shahri Zarafshon vohasining markaziy qismida joylashgan bo’lib, jahon tarixida insoniyatning madaniy beshiklaridan biri sifatida e’tirof etib kelingan. Samarqand va uning shakllanish va taraqqiy topishi to’g’risida turli tarixiy manbalar, moddiy va madaniy yodgorliklar, xalq og’zaki ijodiyoti namunalarida ko’pgina ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, qo’hna Sharq yozma manbasining noyob durdonasi bo’lgan Avesto kitobida Zarafshon vohasida joylashgan So’g’d o’lkasining ajoyi iqlimi, serhosil yerlari haqida so’z boradi. Abbo’l Abbos Ja’far ibn Muhammad al Mustagfariyning «Tavorixi Samarqand», Abu Hafs Najmiddin Umar bin Muhammad an-Nasafiyning «Kitob al-qand fi tarixi Samarqand», Abulfazl Muhammad ibn Abdujamil ibn Abdumalik Haydar as-Samarqandiyning «Qandiyai Hurd» kabi yuzlab asarlarda shahar tarixi uning bag’rida yashab o’tgan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar haqida ma’lumot beriladi. «Samarqand» atamasining ma’nosi haqida ham tarixiy manbalarda turlicha fikrlar bor. Buyuk tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariy «Devoni lug’atit turk» asarida «Samarqand» atamasi turkiyda boy, obod shahar degan ma’nolarni anglatishi haqida yozgan. Yunon tarixchisi Kallisfen Samarqandni o’z tiliga moslab «Maroqand» deb atasa, Xitoy elchisi Vey Sze esa «Kan» deb qayd etadi. Bizningcha, «Samarqand» atamasining savdo yo’llari kesishgan joy, chorraha , boy, obod shahar degan ma’nolarni anglatishi to’g’risidagi fikrlar haqiqatga ancha yaqin. Ma’lumki, qo’hna Samarqand xarobalari hozirgi kunda Afrosiyob nomi bilan mashhur.Firdavsiyning «Shohnoma» asarida tarixiy shaxs Turon o’lkasining podshosi sifatida tasvirlanadi. Bu shaxs Avestoda Franrasyan, turkiy manbalarda esa Alp Er To’nga nomi bilan qayd etiladi.
Afrosiyob 1219 yilda Chingiz qo’shini tomonidan vayron qilingan. Shundan beri shahar xarobalari yer qa’rida ko’milib yotibdi. Uning xududi hozirgi shaharning shimoliy qismida, ya’ni mashhur Siyob bozori bilan Siyob daryochasi oraliqidagi 219 gektar maydonni egallagan.
O’z Fan Akedimiyasi Tarix va Arxeologiya institutida 1958 yili akademik Yahyo G’ulomov rahbarligida Afrosiyobni o’rganish bqyicha maxsus ekspedisiya tashkil etildi. 1970 yildan buyon esa bu yodgorlikda Arxeologiya instituti maxsus ekspidisiyasi qazish ishlari olib bormoqda.1988 yildan Afrosiyobda o’zbek- fransuz xalqaro qo’shma ekspidisiyasi ish yuritmoqda.
So’g’d va uning markazi Samarqand VI asr ikkinchi yarmida Eftalitlar davlatining boshqa xududlari singari Turk hoqonligi tarkibiga kirardi.Hoqnlik hukmdarlari dastlabki paytlarda O’rta Osiyo o’lkalarining ichki ishlariga aralashmas edi, qlpon yig’ish bilan kifoyalanar edi. Asta-sekin ahvol o’zgardi. Ular borib-borib shunchaki kuzatuvchi emas, balki O’rta Osiyodagi iqtisodiy va siyosiy hayotning faol ishtirokchisiga aylanadi. G’arbiy Turk hoqonlik hukmdori Tun Yabg’u davrida (618-630) markaziy hokimiyat kuchayadi. Hoqonlikning barcha o’lkalariga qoqoning noiblari – tudunlar yuboriladi. Ularga o’lpon yig’ish va uni hoqonning qarorgohiga jo’natish ustidan nazorat o’rnatish vazifasi yuklanadi. Tun Yabg’u hoqon O’rta Osiyodagi eng kuchli hukmdorlaridan biri- Samarqand hokimi bilan qarindosh bo’ladi, ya’ni unga qizini beradi.
VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asr boshlarida bir qancha mayda davlatlarga bo’linib ketgan davlat turli sulolalar tomonidan boshqariladi. Hukmdorlar esa xar xil nomlanar edi: Buxoro vohasida – buxorxudotlar va vardanxudotlar deb, Miyonqolda – dabusshohlar deb, Samarqandda – ixshidlar, Ustroshonada esa afshinlar, deyu atalar edi.- Usha davrda Samarqand- yirik mulklardan biri bo’lib, bu yerni ixshidlar boshkargan. Manbalarda ixshid so’zi «Shahanshoh» ya’ni shoxlarning shohi, degan ma’noni anglatgan. Samarqand ixshidlari kudratli sulola bo’lib, ularning ustunligini boshqa davlatlar ham tan olgan.Ixshidlar VI va VII
asrlarda shaharni har tomonlama mustahkamlaydi, uning ichida muhtasham saroylar,ibodatxona va boshqa binolar barpo etishadi.
Samarqand ixshidlari VII asrning ikkinchi yarmidan IX asrning uchinchi choragigacha, ehtimol undan ham ko’proq hukmronlik qiladi. Tarixiy manbalarda, Shipshir (642-655), Varxuman (650-655-690), Tukaspadak (696-698), mastanavnak (698-700), Tarxun (700-710), Gurak (710-718 va 722-738), Divashtich (718-720), Turgar (738-750) kabi Samarqand hukmdorlarining nomlari zikr etilgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, ixshidlar xalq vakillri bqlgan oqsoqollar tomonidan saylangan. Bo’lar merosiylikning aniq huquqlari bilan ta’minlangan bo’lib, taxtni shu urug’ni tegishli shahs egalashi lozim bo’lgan.
Masalan, Samarqand xukmdori Varxuman o’rniga uning o’g’li So’g’d ixshidi, Gurak o’rniga uning katta o’g’li Turgar taxtga kelgan.
Keshda ham, Xuttalonda ham, Ustrushonadan ham taxt otadan o’g’liga o’tgan.
Taxtni akadan – ukaga o’tish hollari ham kuzatiladi. Masalan: buxoro hukmdoriTug’shoda o’g’li Qutaybadan so’ng taxtni navbatma navbat uning uchta ukasi egallagan. Samarqand hukmdori Gurak esa Tarxunning ukasi bo’lgan.
XII asrda yashagan o’rta osiyolik olim-enseklopidist Najmiddin Abu Xafsa an-Nasafi ma’lumotiga ko’ra, so’g’d ixshidi Gurak turkiylarga borib qadalgan. Uning o’g’linig nomi turkcha bo’lgan – Banichur yoki Yanachur, nevarasining ismi xam turkcha Tarxun bo’lgan. Turklar ma’lum qismi. VI-VIII asrlarda so’g’d aslzodalari va boshqaruv apparati tarkibi to’ldirib borganlar.
So’g’dning birinchi ixshidi Shipshir bo’lgan. U dastlab Kesh hukmdori bo’lgan, so’ng o’z hokimiyatini Samarqandga ko’chirib bu yerda miss tangalar chiqargan. Tanganing bir tomonida so’g’ tilida uning nomi va so’g’d titul yozilgan, orka tomonida so’g’d ixshidlarining sulolaviy belgilari tasvirlangan. Shipshir davrida Samarqand So’g’dining iqtisodiy va savdo hayotida o’sish bo’la bordi. Bu o’sish uning vorisi Varxuman (650-690) davrida xam davom etdi. Ma’lumki, u mashxur so’g’d ixshidlari saroyini qurgan bo’lib, bu saroy o’zining hozirda hashamatli bezaklar bilan mashhur hisoblanadi.
Varxuman davrida pul isloxoti o’tkazilgan bo’lib, Tang imperiyasi tangalariga o’xshash bronza tangalari ishlab chikarilgan. Bu davrda Sharqda- yangi imperiya Arab xalifaligi tashkil topa borgandi. 675-677 yillirda arablar Xuroson noibi Said ibn Usmon boshchiligida Samarqandga dastlabki yurish qildilar. Samarqand yonidagi so’g’dyylar bilan bo’lgan qattiq jangdan so’ng, Said ibn Usmon so’g’diylar bilan sulh tuzib, o’zi bilan birga asirlarni olib ketadi
Varxuman vafotidan sung, taxtga uning ugli Tukaspadak o’tiradi.
Samarqand ixshidlari Gurek va uning ugli Turgar arablar bilan ogir janglar olib bordilar.705 yilda Xuroson noibligiga Qutayba ibn Muslim tayinlanadi. Samarqand Movarounnahrning eng boy va muhim ahamiyatga molik shaharlaridan biri bo’lgani uchun Qutaybaning asosiy e’tiborida bo’ladi. Yozma hujjatlarga ko’ra, shahar himoyachilari va aholisi dastlab kunlardanoq arab istilochilarga qattiq qarshilik ko’rsatganlar. Shaharni qamal qilish uzoh davom etdi va Samarqand hukmdori Gurak og’ir shartlar asosida bitim tuzishga majbur bo’ldi. Samarqand har yili ulkan miqdorda tovon to’lashdan tashqari, shahar aholisi arablar qo’shinida xizmat o’tab turishi uchun 30 ming jangchi yuborib turishga majbur bo’ldi. Bitimga ko’ra, shaharning ichki qismi aholidan bo’shatilib istelochilarga beriladi. Arablarning asosiy kuchlari Samarqandan jo’nab ketishi bilan tez orada shahar aholisi Turk hoqonligining qo’llab quvatlashidan foydalanib istelochilarga qarshi kurashga otlanadi. Qutayba qo’zg’alonni bostirib aholini o’z uy joylarining yarmini arablarga berishga majbur qiladi. Natijada shahar aholisi va zodagonlarini ko’pchiligi So’g’d hukmdorlari – ixshidlarning yozgi qarorgohi Ishtixon atrofigsha ko’chib boradi.
Ixshid Gurak 712 yilda xuroson noibi Qutayba ibn Muslim tomonidan kattik zarba olgach, arablar xokimiyatini tan olishga majbur bo’ldi. So’g’diylarning arablarga qarshi kurashishida turklar bilan ittifoqchi bo’ldilar. Manbalarga ko’ra, 712 yil oxirlarida So’g’dda Bilga hoqon va Qul tegin qo’shinlari Samarqandliklarni arablarga qarshi kurashishi uchun yordamga kelganlar.
Samarqandliklar bir necha marotaba Arab xalifaligiga qarshi kurash olib bordilar. 721-722 yillardagi qo’zg’alonga Divashtich boshchilik qildi, lekin ular og’ir zarbalarga uchradilar va ularning yetakchisi o’ldirildi.
O’z nomidan pul zarb ettirgan oxirgi so’g’d ixshidi Gurakning o’g’li - Turgar edi. U ham pul isloxati o’tkazib, natijada, yangi ko’rinishdagi va yangi og’irlikdagi draxmalar zarb qilindi.
Ijtimoiy xayotga nazarga tashlaydigan, zodagon yer egalari «dehqon» deb atalgan. Manbalarda «katta dehqon» yoki «oddiy dehqon» kabi farklangan. Asosan, arablar tomonidan atalgan yana bir muhim qatlam «ozodlar»dir. G’afurov B ning ta’kidlashicha, «ozod»-bu oqsuyak, olijanob kishilar, kiborlar degan xulosaga kelib, «dehqonlar» bu toifaga kiradi deb kursatilagn. Kimgadir tobe bo’lmagan har bir kishi – «ozod» deb karalgan.
Ijtimoiy tobe axolii katlami «bantak», «doya», «unak», «nipak» kabilardir.
«Bantak» so’zi «xonadon xizmatkori» «doya»- toifasi – ayol kishining «qaram» cho’ri xolatini, «nipak» toifasi garovga olingan «qul», «unak» harbiy asir kilib olib ketilgan shahslarning xolatiga qarab berilgan.
636 yilda yozib bitilgan Xitoy manbalaridan «Suy sulolasi tarixi» (Suyshu) do aytilishicha, 605-617 yillarda Kanguo (Samarqand) hokimligi Xitoyga elchilar yuborgan. Vey Sze qalamiga mansub (Shi-fan-ji). Nomli asarda yozilishicha 648 yilda Samarqand hokimligi hukmdori Tang sulolasi xonadoniga tillaga uxshagan sarik shaftoli yuborgan.
Xitoyliklar buni «oltin shaftoli» deb atashganlar. «Jyu Tang Shi» (tang sulolasi tarixi) ning «musiqa bobida», Xitoyning poytaxt Chan’andap «Samarqanddan» kelgan musikachilar o’z mahoratlarini ko’rsatganligi va ularning san’ati Tang xonadonida «Kangle» (Samarkand musikasi) deb ataganligi yozilgan.
Ularning yozishicha, Samarqand shahri-Samarqand xokimligi markazi bo’lgan. Samarqandliklar dehqonchilik, bog’dorchilik, yirik mollar boqish, savdogarchilik, xunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Islom dini tarqalgunga qadar, ular buddaga cho’qinganlar, ammo ularda qadimgi turklar kaabi tangriga (osmonga) sajda eti shva kundalik xayotda undan madad so’rash odati saqlangan. Bu Xitoyliklar bergan ma’lumotlarning xulosasi edi.
So’g’dning ilk o’rta asrlardagi yozuv madaniyati yuksak darajada bo’lganligini Mug’ hujjatlari va Sharqiy Turkiston xududidan tomilgan kidimgi so’g’d yozuvlari asosida xulosa xulosa kilish mumkin. Manbalarda, keltirilishicha mahaliy aholi 5 yoshdan boshlab kitoblarni urgana boshlaganlar. Ularning, 12 oydan iborat takvimi (kalendari) bulgan, uning birinchi oyi navro’z bilan boshlangan. Oy xaftalarga bulingan. Xaftalar sayyoralarning nomi bilan atalgan va yetti kunga bo’lingan.
Bu davrda qadim zamonlarda yaralgan musiqa sa’nati yanada rivojlangan. O’sha davr modiy madaniyat yodgorliklari torli (lyutni, arfa), puflab chalinadigan (fleyta, surnay, shox cholg’u) va zarbli (doira) musiqa asboblarining to’liq shakllangan tasvirlarni saqlab kelgan. Ayrim ijrochilar-musiqachilar, ba’zida teatr guruhlari Samarqandan Xitoyga yo’l oladi. Ular u yerdagi imperator saroyida juda mashhur bo’lgan.
Samarqand aholisi o’rtasida VII-VIII asrlarda shaxmat keng tarqalgan. Afrasiyobda qazish ishlari olib borilganda fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan.
Bu yerda zardo’shtiylik, yahudiy, buddaviylik, nasroniylik va manixeylik kabi diniy-falsafiy yuridik oqimlar bo’lgan. Kann (samarqand)da «turk qonunnomasi» amalda bo’lib, u ibodatxonada saqlangan. Jazo berish vaktida u qo’lga olinib, shunga asosan jazo tayinlangan»-deyiladi. Xitoy sulolalari tarixida.
So’g’dda musulmonchilikning yoyilishiga qadar ko’p xotinlilik (poligamiya) mavjud edi. (so’g’d hujjatlari). VII asrda bu yerda maxsus sud-notarial organlari mavjud bo’lib, yuridik hujjatlar guvohlar oldida yozma shaklda tuzilib, muhr bilan tasdiqlangan. Nikoh tuzishda maxsus shartnoma asosida tuzilgan.
Milodiy VII asrning 30 yillari Samarkand orqali o’tgan Xitoy ruxoniysi Syun Szanning ma’lumotiga karaganda Samarqandda otashparastlik, ham buddizm dini taraqqiy etgan edi. Shuning uchun ham shaharda uy – joylar va boshqa fuqoro binolari qatorida bu ikki dinga taaluqli ilohiy binolar otashkazalar, sanam butlar bilan jihozlangan ehromlar, ibodatxonalar, daxmalar mavjud bo’lgan deb qayd etadi.
Bu davrda Samarqandda zardo’shtiylik dini hukmron edi. Aholi urtasida zardo’shtiylik xudolaridan Anaxita va Mitra mashhur bo’lgan. Lekin so’g’diylar boshqa xudolarga ham, xususan Veshpargar Sher ustida o’tirgan to’rtqushlik Nana, otlar bilan birgalikda taxtda o’tirgan Vashagn xudosiga ham e’tiqod qilganlar, boshqalariga qaraganda Nana mashhurroq edi.
Mo’g’ tog’idan topilgan xujjatlarga So’g’dda qohinlar uyushmasi mavjud bo’lgan ibodatxona xizmatchilari turli terminlarda: magaput va vaganput (bosh qohin) atalgan.
V-VII asrlarda so’g’dda, xususan Samarqandda zardo’shtiylikbilan bog’liq holda, olov, suv va yer muqaddas beb hisoblanib murdalar yerga ko’milmagan, faqat ularningtozalangansuyaklariostodonlarga solinib (sopol yashik), maxsus binolar nauslarga qo’shilgan.
Samarqandda aholi orasida ajdodlarga ibodat qilish ham yoyilgan edi. Manbalarda yozilishicha «xshum oyining oxirida so’g’d aholisi o’zlarining qadim marhumlarini eslab yig’laydilar. Ular marhumlarga motam tutib, yuzlarini tindalab va ular uchun yegulik va ichimlik qo’yadilar (Beruniy 1957t)