xususiyatga egaligi mazkur sohaning o’ziga xos belgisidir. Ammo evristik xususiyat
fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy izlanishning deyarli har bir
qadamiga hamroh bo‘ladi. Reduksiya, metodlarini o‘zlashtirish, gumanitar va
texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan ilmiy ishlovlami amalga tatbiq
etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o‘zi ma’lum darajada evristik
farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, oqilonalik va nooqilonalik
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. U xulq-atvor taktikasini tanlashga
va rivojlanish jarayonida to‘g‘ri yo‘l topishga ko‘maklashadi. Ilmiy tavakkalchilik
mezoni sifatida evristika ilmiy bilimni rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida
hamisha olqishlangan, dunyoning postnoklassik manzarasida esa nazariyaning
evristik xususiyati bilim berish jarayonini o‘zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o‘yin
tarzida o‘tkazish imkonini beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko‘tarildi.
Dostları ilə paylaş: