lozim; har qanday holatda ham ayrim kamchiliklami topish yoki hech bo‘lmasa
topilgan yechimni umumlashtirish ayrim holatga tatbiqan muayyanlashtirish
mumkin;
yangi holatlarga nisbatan ma’lum yechimlami tatbiq etish, ulaming yaroqli
yoki yaroqsizligini baholash lozim: agar muammoning echimi o‘z kuchini saqlab
qolsa, buning natijasida nafaqat yechimlar, balki muammolar ham umumlashtiriladi,
agar yechim yaroqsiz bo‘lsa, muammo laming yangi majmui yuzaga keladi;
ma’lum muammolarni yangi sohalarga ko‘chirish yoki unga yana bir
ko‘rsatkich kiritish yo‘li bilan ulami umumlashtirishga harakat qilish lozim;
muammoning mavjudligini bilimning boshqa sohalaridagi bilimlar bilan
bog‘lash, muammolarni kompleks o‘rganishga harakat qilish kerak.
Umuman olganda, muammolarni tanlash ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, bu
yerda metodikadan ham ko‘ra ko‘proq intuisiya va tajriba ish beradi.
Ilmiy muammo, didaktik tizim kabi, bilimlar va faoliyat usullarini ijodiy
o‘zlashtirish qonuniyatlariga asoslanadi, u bilish va amaliy faoliyat jarayonida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijodiy tafakkumi rivojlantirishning samarali
vositalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: