1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

 
 
10
Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и 
права им. И.М.Муминова АН РУз. - Т., 2006. - 7 с. 


Savollar va topshiriqlar:
1.
Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.? 
2.
Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.? 
3.
To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlami 
keltirib chiqaradi? 
4.
Bilishning rivojlanish jarayonida obektiv tarzda yuzaga keladigan
yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki 
masalalar majmui nima deb ataladi? 
5.
Predmetga va proseduraga doir muammoni, metodologik va baholashga 
doir muammoni aniq misollar bilan farqlab bering. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
1.
Shermuhammedova N. Falsafa va fan metodologiyasi. T., 2005
2.
Tulenov J, Valiyeva S. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”. T., 2020
Shermuxammedova N. «Filosofiya i metodologiya nauki» T., 2003y
3.
Saifnazarov I. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. T., 2004y
4.
Z.Davronov. Ilmiy ijod metologiyasi .T., 2006y
5.Saifnazarov I, Qosimov V, Nikitchenko G.“Fanning falsafiy masalalari”. T.,
2006y
6.V.P.Koxanovskiy. Filosofiya i metodologiya nauki- Moskva, 1999 yil


4- Mavzu: Magistrlik dessertasiyasi tadqiqot turi tadqiqot turi sifatida. 
Ilmiy maqola tayyorlash tartibi 
Ryeja: 
1. Magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar va uni tayyorlash 
bosqichlari.
2. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va uning tarkibiy qismlari 
qo‘yiladigan talablar. 
3. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish yuzasidan qo‘yiladigan talablar. 
Dissertatsiya sarlavhasi (nomlanashi) imkoni boricha qisqa, aniq va 
dissertatsiya mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Dissertatsiya sarlavhasining qisqa, 
lo‘nda ekanligi muammoning har tomonlama va chuqur tadqiq etilganligidan 
guvohlik beradi. 
Shu boisdan ham doktorlik dissertatsiyalarining sarlavhasi 2-3 so‘zdan iborat 
bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyalari xususiy muammolarni hal etishga qaratilgan 
bo‘lib, ishning mohiyatiniaks ettira oladigan aniq nom bilan atalishi maqsadga 
muvofiqdir. Ba’zan dissertantlar o‘z ilmiy ishiga sarlavha qo‘yishda ishning butun 
mazmuniin yoritishga, unga o‘lkashunoslik, xronologik va boshqa aniqliklarni 
kiritishga harakat qiladilarki, buning aslo keragi yo‘q. 
Agar 
tadqiqotchi 
dissertatsiya 
sarlavhasini 
imkoni 
boricha 
konkretlashtirmoqchi va unda tadqiqotning muhim bir detalini aks ettirmoqchi 
bo‘lsa, u holda qisqa sarlavha ostidan qavs ichida kichik sarlavha qo‘yishi mumkin. 
Masalan “Fermerlik faoliyatining o‘sish rezervlari”(Farg‘ona viloyati misolida).
 
Dissertatsiya nomi ostidagi kichik sarlavha imkoni boricha qisqa bo‘lishi va 
yangi sarlavhaga aylanib qolmasligi kerak. Sarlavha yomon talqin qilinsa
ko‘pqavatli so‘z qurilishi paydo bo‘lishi mumkin: sarlavha – kichik sarlavha – har 
ikki nom uchun izoh. (doktorlik dissertatsiyalari katalogini ko‘rish kerak!). 
Fikrimiz quruq bo‘lmasligi uchun quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: 
“Kimyoviy kuyishlar. Ularning davolashda vena ichiga novokain kiritish (himoyaga 
asoslangan zavodlar sharoitida klinik eksperimental tadqiqotlar)”.
 
Dissertatsiyaga sarlavha qo‘yishda unga qandaydir formulalar kiritish 
yaramaydi. Shuningdek, dissertatsiyani nomlashda “Ayrim masalalari”, “Ayrim 
masalalar tahlili” singari noaniq, mujmal iboralarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Dissertatsiyani nomlashda shunday holatlar uchraydiki, dissertatsiyalar 
“......... masalasiga doir” , “............ ga doir materiallar” , “............... tadqiqoti” , 
“.............ni o‘rganishga doir” singari sarlavha qo‘yish bilan o‘zlarini qiynamaslikka 
harakat qiladilar va bir xil andozadagi sarlavha bilan cheklanadilar. 
 
Ayrim mualliflar dissertatsiyaga qisqa va lo‘nda nom qo‘yish, lekin 
tadqiqotning o‘ziga xosligini ta’kidlash uchun “tadqiqot” , “metod” so‘zlariga 
qandaydir aniqlovchi so‘z kiritadilar. Masalan: “Elektrokimyoviy tadqiqotlar....”, 
“....... jadallashtirish metodi” va h.o.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin