2.Ilmiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlari.
Yangi narsaning paydo bo‘lishi ijodiy yaratilish natijasida yuzaga keladigan
jarayondir. Ijod, xususan, uning eng yuqori shakli bo ’Igan ilmiy ijodning muhim
shard - olimning o‘z-o‘zini anglashida yorqin namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, inson -
har qanday ijodiy harakatning asosiy manbasi va ma’nosi hisoblanadi, ya’ni inson
shunday ijod orqaligina jamiyatning haqiqiy boyligini oshirishi, o‘zini aqlliroq,
* Гегель Георг Вильгельм Фридрих. Эстетика В 4 томах. Том 3. - М.: Искусство, 1971. - 624 с.
1
O‘sha manba: - 400-b.
24
Ницше Ф. Несвоевременние размышления. - M.: Азбука-классика, 2009. - 210 с.
25
Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и
права им. И.М.Муминова АН РУз. - Т., 2006. - 5 с.
mehribonroq, ruhini esa balandroqqa ko‘tarishi mumkin. Shu ma’noda, ijod bu
alohida faoliyat bo‘libgina qolmay —ijodkor olimningyashash usuli hamdir.
Ijod jarayoniga e’tibor bersak, ilmiy ijod va ilmiy-ijodiy faoliyat
determinatsiyasiga duch kelamiz. Lekin bu ulaming mazmunini ayniylashtirish
uchun asos bo‘lolmaydi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod keng ma’noda ijodkoming
tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamini, uning maqsad va vazifalariga, ehtiyojlari,
istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda harakat qilishi bilan ifodalanadi. Ayni
shu ma’noda, ilmiy ijod deganda, biz faqat kashfiyot yoki ixtiro qilish bilan emas,
balki ma’lwn bir tadqiqot doirasida ilmiy faoliyat olib borish orqali ko‘zlangan
maqsadga erishishni tushunamiz.
Ilmiy-ijodiy faoliyatda olimning shaxsiy fazilatlari bilan bir qatorda ilmiy
salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, ilmiy ijod asosida inson
yangi ilmiy yo‘nalishlar va yangi fanlami vujudga keltiribgina qolmasdan, balki
yangi ilmiy bilimning noan’anaviy sohalariga asos soladi. Ayni shu ma’noda,
E.Ya.Basin fikricha, «Ilmiy ijod shaxsning muhim belgisi - rasional ko‘rish va
faoliyatining namoyon bo‘lish shaklidir. Bu shunchaki hissiy qabul qilish yoki
intellektual faoliyat emas, balki dunyoni shunday ko‘rishki, unda hissiyotlar, aql,
tuyg‘ular uzviy jihatdan uyg‘unlashgan tarzda aks etadi»
1
. V.A.Kovalenko esa,
«Ilmiy ijod inson ruhiy faoliyatining ongsizlik xossa va sifatlarini namoyon
bo‘lishidir»
26
, deb hisoblaydi. Bu masalaga S.LBugrova yanada chuqurroq
yondashadi. Uning fikricha, «Ilmiy ijod insonning bevosita hayotiy faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, unga ko‘proq obektivlik hamda tizimlilik xosdir»
27
. Ayni shu
ma’noda, biz ilmiy ijodni dunyoni butun insoniy borliq bilan zabt etish, unga
nisbatan o‘zgacha ochiqlik va xolislik nuqtai nazaridan qarash, deb tushuntirishimiz
mumkin.
Binobarin, har bir ma’naviy hodisada bojganidek, fanda ham uning asosini
tashkil etadigan, tamal toshi vazifasini o ’taydigan tamoyillar mavjud bo ’ladi.
Ulardan birinchisi - fanning yangiliklar sistemasini shakllantiruvchi g‘oya
(originallik) bo‘Isa, ikkinchisi ijodiylik tamoyilidir. Shuning uchun ham qachonki,
bu tamoyillar o‘zaro uyg‘unlikka ega bo‘lsa, ilmiy-ijodiy faoliyatda muayyan
yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Chunki fandagi har bir g‘oya (asillik bo‘lsa) insonning ijod
mahsuli, ijod qilishi - kashf etish, shu kungacha mavjud bo‘lmagan narsani yaratishi
sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday yangilik muayyan ilmiy g‘oyaning shakl,
mazmun, uslub, paradigmal jihatlari bilan
o‘zidan awalgi g‘oyalami
takrorlamasligini, o‘sha g‘oyalar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy o‘ziga
xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi. Masalan, T.Kunning paradigmalar
nazariyasida ayni shu voqelikka alohida e’tibor qaratilgan. U Ptolomeyning
geosentrik nazariyasi, Aristotel dinamikasi va Nyutonning mexanika qonunlarini
asos sifatida keltirib o‘tadi.
Haqiqatan, ilmiy ijod jarayoni subekt tomonidan atrof borliq narsalari va
jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan evristik faoliyat
26
Басин Е.Я. Творчество
и
эмпатия. // 1987,2, 54-66.
1
Бугрова С.И. Л.Н.Столович. Жизн - творчество - человек: функции художественной деятельности. М.:
Политиздат, 1985 (1987,5, 172).
usulidir. Ayni shu ma’noda, faoliyat sifatida ilmiy ijod aniq maqsadlarni belgilash,
qarorlar qabid qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olish
sifatida namoyon bo ’ladi. Zero, fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar,
modeldan iborat dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi taxminiy
ilmiy omillar, empirik (tajribaviy) xulosalari, ilmiy bashorat (prognoz)laridan
tashkil topadi. Ilmiy bashorat qonun, nazariya va gipo- tezalaming bilish funksiyasi
sifatidagi ta’rifi va tasnifidan farqlanadi.
K.Tulenova ta’kidlashicha, «Ilmiy bashorat - bu o‘tmish va bugunning
noma’lum hodisalari (narsalari, jarayonlari, qonunlari, dalillari va hok.) shuningdek,
mashhur nazariyalar, qonunlar, gipotezalar asosidagi xulosa sifatida ilgari
suriladigan kelajak hodisalariga nisbatan ular haqidagi taxminlardir»
1
.
Ijodkoming ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi. Bu esa
ilmiy-ijodiy faoliyatning turli darajadagi falsafiy talqinlari uning obektiv va subektiv
omillar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, zamonaviy adabiyotlarda ijodiy faoliyatning bilish
ijodiyoti, o‘yin (badiiy tip va sport faoliyati), amaliy ijod (boshqaruv, ta’lim, ixtiro)
kabi turlari alohida talqin etiladi
28
. Bilish ijodiyoti ko‘proq gnoseologik hamda
epistemologik asosga tayansa, o‘yin esa badiiy hamda pedagogik metodologiyaga
tayanadi. Amaliy ijod esa prakseologik asosga ega bo‘lgan prinsiplar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Ijodning asosiy xususiyati - erkinlikdir. Shuning uchun ham N.A.Berdyayev
«Mening falsafamdagi o‘ziga xoslik eng avvalo, shundaki, men unga borliqni emas,
erkinlikni asos qilib oldim»
1
deydi. O‘z navbatida faylasuf ijoddagi erkinlik haqidagi
qarashlari asosida hatto unga Xudo ham hukmronlik qilolmasligini ta’kidlaydi.
Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, inson agar o‘z holiga qo‘yilmaganida, uning
inson deb nomlanishi ham mumkin emasdi. Shuning uchun ham ijodkor inson
dunyoni o‘zgartirishda Xudoning hamkori bo‘lish imkoniyatiga ega. Sevmoq -
erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasidir. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni
shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Zotan, ijodiy
mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olim bo‘ladi.
Kishi fikr erkinligi, so‘z erkinligi, g‘oya erkinligi, mavzu erkinligi, uslub
erkinligi va boshqa shu kabi ijodiy erkinliklar tizimiga ega bo‘lsagina, ulardan o‘z
o‘mida foydalana olsagina, haqiqiy ijodkor bo‘lishi mumkin. Ijodkorga, siyosiy-
mafkuraviy zo‘ravonlik qilish, uni majburlash, qo‘rqitish orqali ta’sir ko‘rsatish kabi
hodisalar o‘lim bilan teng.
N.A.Berdiyayev ta’kidlashicha, «Haqiqatdan ham, ijod qilishda insonning
daholik darajasi xudo timsolining undagi aksiga o‘xshasa, ijoddagi orginallik
tabiatdagi reallikni in’ikos etishga o‘xshaydi»
29 30
. Shu bois ham inson adabiy
asarlami yozishga katta qobiliyati bo‘Isa ham, davlatni boshqarish yoki kashiiyotlar
qilishga kuchi etmasligi mumkin. Bu holat bilan biz insondagi ijodkorlik bu ko‘proq
tashqi realizatsiyaga emas, balki ichki ijodga taalluqli ekanligini his etamiz. Zero,
ijodkorlik inson shaxsining o‘ziga xos sifatidir, ya’ni maxsus qobiliyatni talab
28
Туленова К. Предвидение
и
реальност. - Ташкент, Узбекистан Миллий энциклопедияси, 1998. - 45 с.
29
Бердяев НА. Самопознание. - M.: Книга, 1991. С. 56.
30
Бердяев НА. Самопознание. - М.: Книга, 1991. С. 57.
qilmaydi. Shuning uchun ham odamda katta qobiliyat va insoniy fazilat namoyon
bo‘lsa, mehnat bilan daholik darajasiga etishi mumkin.
«Iste’dod, - deb yozadi B.Qodirov, - ko‘p qirrali, murakkab, ham irsiy-
biologik, ham ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir». Shu o‘rinda, «...iste’dodning
asosiy belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yuqori darajada sinchkov nazar yoki
sezgirlik; biror bir ish bilan shug‘ullanganda, unga burunlay berilish; bilishga
intilishning kuchliligi, jo‘n mashg‘ulotlardan qochish, javobi tayyor va oson
masalalarga qiziqmaslik, ulami yoqtirmaslik; antiqa, ziddiyatlarga to‘la, murakkab
muammolar echimini izlash; tanqidiy tafakkur tarzi, jumladan, o‘z- o‘zini tergab
turish; mudom kamolotga intilish, o‘z oldiga murakkab, o‘ta qiyin maqsadlami
qo‘ya olish..»
1
deb ko‘rsatib o‘tadi.
Ijod - bu buyuk ijodkor mahsulidir. Shu ma’noda, «Ijodkorlik, - deb yozadi
S.L.Frank, - faqat Xudoga nisbatan qo‘llansa bo‘ladi, chunki hech bir yaralmish,
jumladan inson ham o‘zidan - o‘zi yarata olmaydi»
31
. Shu nuqtai nazardan, Xudo
yaratuvchi degan maxsus ma’noda dunyo yaralishi mo‘jizali, ya’ni yo‘qdan bor
qilishdek, deb 0’ylansa, bunda ijod mutloqlikka taalluqli yagona hodisadir.
S.L.Frank «Agar inson ruhi yaratuvchi - Xudoga taalluqli ekan, bu - ijod
tamoyiliga kira oladi, aks holda bu so‘zning o‘zi u uchun bemano bo‘lardi», deb
yozadi. Shu ma’noda, S.L.Frank, har qanday inson u yoki bu darajada yaratuvchidir,
deydi. Zero, borliqning har qayerida ijod mavjud, agar u inson ichki muhitidan kelib
chiqsa, har qanday hunarmand muhabbat va did bilan ishlaydigan, ishga o‘z shaxsini
qo‘shayotgan ma’noda ilhomlanib yangi ijod namunalarini yaratadi. Darhaqiqat,
ijodiy ilhom tajribasida, odamni oliy ijodiy ibtido bevosita insoniy ijodiy harakatga
undaydi, ya’ni ilohiy ilhom orqali inson o‘zini yaratuvchi bilan uyg‘unlikda his
etadi. Bu degani inson aynan ijod asosida o‘zining kelib chiqishini hayotning ilk
ijodkori bilan bog‘laydi. Shu boisdan ham yaratuvchilik bobida inson ko‘proq o‘zini
Xudoning o‘xshash timsoli sifatida his qiladi.
Insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go ’zallikka, kamolotga
intilishi, qobiliyatlarini namoyon etishga, asosan ijod etishga urinishi - lining
ma’naviy ehtiyojidir. Ijod sirli, tushuntirib bo‘lmas hodisa hisoblanadi. Biz agar
konkret empirik sabab va holatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, unda shaxsning
ilohiylik tabiati ko‘proq namoyon bo‘lishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Ayni shu ma’noda, Xudo odam ijodining oxirgi sabab va imkoniyatidir. Yaratuvchi
uchun ijod ichki ovoz yoki daholik shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, mangulikni his
qilish hamda dunyoga nisbatan to‘lib-toshib ketayotgan muhabbatini o‘zi yaratgan
kashfiyotiga joylashdir. Darhaqiqat, ijod inson faoliyati- ning shunday o‘ziga xos
turiki, unda tafakkur, bilim va ilohiy ilhom mu- jassamligi moddiy yoki ma’naviy
boylik yaratadi. Inson, jumladan, olim fanga noma’lum bo‘lgan qonunlarni kashf
etishi, yangi uskuna ixtiro qilishi, yangi ilmiy, badiiy asar yaratishi mumkinligi ilmiy
ijodning badiiy tafakkur bilan bog‘liqligini ifodalaydi. O‘z navbatida badiiy ijod
ham ilmiy tafakkurga oiddir. Ilmiy ijod esa texnik faoliyat bilan uzviy- likka egadir.
Odam mudom muayyan maqsadga intiladi va tabiiyki, o‘zini konkret faoliyat
turi bilan bog‘laydi. O‘z kasbining barcha jihatlarini anglab olganidan so‘ng,
31
Qodirov B. Iste'dod //J. Tafakkur. -T., -2007 -№3 -B.65.
faoliyatda ijodkorlikning rolini tushunadi. Masalan, o‘qituvchi dasturda belgilangan
masalalami yoritishi mumkin, ayni paytda shu masalaga ijodiy yondashib, turli
interfaol usullardan foydalanishi, muammoga oid yangi ma’lumotlami talabalarga
etkazish bilan ulaming faollashishiga ta’sir qilishi mumkin.
Umuman olganda, insonga ijodkorlik xos, ammo u faqat o‘z mohi- yatini
anglab etsa, ijodkorga aylanadi, qachonki o‘zining oliy maqsadiga erishsagina,
buyuklikni his qiladi. Binobarin, u nima ish bilan shug‘ul- lanishidan qat’i nazar,
o‘zining insoniy tabiatini yo‘qotmasligi lozim.
A.Kamyu asarlarida ijod shaxsning ekzistensial muammosi sifatida talqin
etiladi. A.Kamyu ta’limotida ijod haqiqiy olamda mavjud bo‘lishning absurdligiga
qarshi tug‘yon sifatida tushuniladi
32
. Ijod unda absurdlikni engib o‘tish usuli sifatida
tasawur qilinadi.
Inson doimo o‘zini katta qobiliyat egasi, deb hisoblasa-da, unga bolalarcha
soddalik xos. Soddalik ichki va ayni paytda qobiliyatdan yiroq bo‘lgan hodisadir.
Biroq u inson qaysi sohada ishlashidan qat’i nazar, ma’lum ma’noda ijodning
muhim jihatlarini shakllantirish imkoniyatini beradi, ya’ni soddalik orqali inson o‘z
ijodi orqali dunyoni yangitdan ochadi, oldin kuzatilmagan va ko‘rilmagan
yangiliklami kashf etadi. Demak, ijodkorlik soddalik bilan hamohang bo‘lib, unda
inson- ning samarali mehnati ijodiy faoliyatni namoyon qiladi. Buning uchun
insonni ilhomlantirish va hayotga bo‘lgan muhabbatini oshirishda ijodga alohida
urg‘u berish lozim. Zero, bir tomondan ijod bu yaratuvchilik bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, tabiatdagi takrorlanmas asllik (orginallik)dir.
Shu bois, ijod bu o‘tmish bilan kelajakni bog‘lab turuvchi va avlodlararo
munosabatlami ta’minlovchi obektiv hodisadir. Binobarin, dastlabki ijod o‘tmish
natijasi emas, u tarixiy yoki kosmik davrda amalga oshirilmaydi, bog‘liqlikni
bilmaydi, ekzistensial vaqtda amalga oshiriladi»
1
. Bizningcha, tarixiy davrda ijod
paradoksal ravishda kela- jakdan keluvchi voqelik sifatida tasawur qilinadi. Shu
ma’noda ijod profetik xususiyatga ega. Haqiqatdan ham, agar yangi eskisidan kelib
chiqadigan bo‘lsa, ikki elementlaming yangi jamlamasi hisoblanadi va bu ijod
so‘zining aniq manosiga to‘g‘ri kelmaydi. Ijod - bu dunyoga prinsipial yangilik
kiritish demakdir. Ijod - bu konstruktiv yaratuvchanlikdir.
Ko‘p hollarda «Ijod - bu kashfiyot va ixtiro qilish jarayoni bilan bog‘liq
murakkab jarayondir»,
33 34
deb e’tirof etiladi. Bunda ijodning faqat ilmiy faoliyat
natijasi ekanligi qayd qilingan. Fikrimizcha, ijod bu faqat ilmiy faoliyat mahsuli
emas. Balki, g‘ayritabiiy ahamiyat kasb etgan fikr-mulohaza va faoliyat natijasidir.
«Ijod, - deb yozadi Z.Davronov, - bu - izlanuvchining ma’lum yangilik
yaratish uchun obektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy bilim
va tuyg‘ulami amalga oshiruvchi jarayondir»
35
. Bu fikrda ham ma’lum bir haqiqat
unsurlari mavjud. Chunki ijod faqatgina qobiliyatga tayanuvchi shaxsiy faoliyat
32
Камю А. Бунтующий человек: философия, политика, искусство. - М., 1990.
33
Нестерова О.Ю. Интерпретация природы творчества: концептуальный аспект // Материалы VI
Международной научно-практической конференции студентов, аспирантов, молодых ученых «Актуальные
проблемы гуманитарных наук». - Томск, 2007. - С. 344-34.
34
Шумилин А.Т. Проблемы теории творчества. - М.: Высшая школа, 1989. -92 с.
5
Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. - Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2007. -16-b.
mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki o‘zining obektiv taraqqiyot manbalariga ega boigan
murakkab va serqirra hodisadir. Bunday murakkablik, ayniqsa, ijodiy faoliyatga xos
yaratuvchanlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ijodiy faoliyat
mahsuli samarasi, ya’ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri mahsuli bo‘lgan
asarlari, ilmiy rasionalizatorlik ishlari majmui ham ijod mahsuli deyiladi.
A.Azizqulov «Ijod insonni yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlami yaratishga
qaratilgan murakkab ruhiy-ma’naviy faoliyatdir. Inson tomonidan tabiiy borliqni
o‘zlashtirish va o‘zgartirish faoliyati faqat ijodiy yondashuv natijasida sodir bo‘Iadi.
Aynan, ijodkorlik faoliyati orqali inson tabiatdan ajralib chiqdi va uni o‘ziga
bo‘ysundirdi»,
36
deb yozadi. Mazkur fikrda ijodning umumfalsafiy mazmun-
mohiyati ochib berilgan bo‘lsa-da, uning aniq ilmiy asosi e’tibordan chetda
qolganligini kuzatamiz.
Ushbu rang-barang ta’riflar ijodning murakkab hodisa ekanini, uning ilmiy-
nazariy masalalari hali to‘la va mukammal ishlab chiqilmaganini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, ijodning namoyon bo‘lishini sun’iy yo‘l bilan tushuntirib berishimiz
qiyin. Ijod bu original tushunish va tushuntirishdan iborat bo‘lgan murakkab
fenomen. Shunday bo‘lsa- da, yuqorida keltirilgan mulohazalami hisobga olgan
holda, uning quyidagi ta’rifini berishimiz maqsadga muvofiqdir: ijod bu shaxsiy
nuqtai nazar yoki ongimizda har soniya o‘tadigan mulohazalardan iborat emas. U
kamdan-kam hollarda inson miyasiga keladigan, ehtimol hayotda bir necha marta
bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarayondir.
Dostları ilə paylaş: |