1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


5- mavzu: Pedagogik tadqiqotlarda ijodning namoyon bo‘lishi 
Reja

1.Ilmiy ijodning evristik xarakteri olimlar talqinida. 
2. Ilmiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlari. 
3. Ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlari 
Tayanch so‘zlar: 
Ij odning asosiy xossalari. Ilmiy ij odning ama l 
qilish mexanizmlari. Aqlning ijodiy faolligi imkoniyatlari. Iloxi y 
ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari. Daxolikning tabiati.
1.Ilmiy ijodning evristik xarakteri olimlar talqinida. 
Ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy tadqiqot masalasi o‘ziga xos 
metodologik xarakterga ega. Uning asosiy vazifasi subektning borliqni, hodisalami 
bilishida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod fanda evristik xarakterga 
ega. Darhaqiqat, ilmiy-tadqiqot faoliyati deganda subektning obektga faol, izchil 
ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir jarayonida inson o‘zini qurshab turgan muhitni 
o‘zgartiradi, shu paytgacha yo ko‘rilmagan, anglanilmagan, o‘rganilmagan, g‘aroyib 
va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Ayni shu ma’noda faoliyat deganda 
kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, dunyoni o‘zining maqsadiga 
ko‘ra o‘zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakati tushuniladi. Ilmiy-ijodiy faoliyat 
- bu insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlami anglab yetishga doimiy ravishda 
tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig‘idan chiqa olishidir. Yangi 
narsalami ixtiro etishga bo‘lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon 
etadi. 
V.A.Engelgardt fikricha, «Ijod... - san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada 
fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini 
namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkoming 
muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun 
insoniyat boyligiga aylanadi»
1
. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, ilmiy kashfiyot 
ham inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik asosli, 
qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi. Biroq ilmiy ijod bilan badiiy 
ijod bir- biridan farq qiluvchi xususiyatga ega. Masalan, badiiy ijod insonning 
hayotiy tajribasini tasvirlasa, ilmiy ijodda tabiatni bilish va uni o‘zgartirish tajribasi 
obektivlik tamoyili asosida umumlashadi. Buni biz F.Bekon ijodida kuzatishimiz 
mumkin. Darhaqiqat, ilmiy ijoddagi bunday o‘zgarish ketma-ketlik xususiyatiga 
ega. Shuning uchun ham N.A.Shermuhamedova «...fandagi uzluklilik ijodiy jarayon 
va oldingidan mutlaqo farq qiluvchi yangi bilimning paydo bo‘lishida namoyon 
bo‘ladi»"’, deb yozadi. 
L.A.Grevsova «Ijodiy jarayon barcha botiniy kuchlar oliy darajada jamlangan 
lahzada vujudga keladigan nogahoniy «bashorat» tarzida tushuniladi. Shuning 
uchun ham Platon ijodning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb hisoblaydi. 
Xudo insonni yaratib, uning o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi 
mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi»
12 
Darhaqiqat, fan tarixida ijod 
12
Энгельгардт В.А. Познание явлений жизни. (Сер. Наука, мировоззрение, жизнь) - М.: Наука, 1985.-276 с. 


muammosi o‘zining antik xususiyati bilan alohida ajralib turgan. Bu davrda ijod ikki 
shaklda namoyon bo‘ladi. Bunda birinchidan, ijodga ilohiylik, ya’ni kosmosning 
tug‘ilishi(yaratilishi) sifatida baho berilgan bo‘Isa, ikkinchidan unga inson mehnat 
faoliyati natijasi, deb qarash shakllangan. 
Platon ilohiy ijod asosida «Demiurg» dunyoni aql va tafakkurga monand 
ravishda yaratganligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, «demiurg» moddiy 
narsalaming ijodkori. Biz uni hissiyot orqali emas, balki aql orqali bilishimiz 
mumkin, deb ta’kidlasa-da, ijodiy jarayonni Platon idealistik ma’noda tushunadi, 
chunki u badiiy ilhomni bilish jarayoniga qarama-qarshi qo‘yadi. Shuning uchun 
ham Platon «Musawiming ilhomi aqldan yiroq, aqlga qarshidir»
13
, deb yozadi. 
Ijodiy jarayonni Platon «ruhlanish» va «ilohiy kuch» atamalari orqali asoslashga 
intiladi. Platon fikricha, «Shoir san’ati va bilimi bilan ijod qilmay, balki ilohiy 
quvvatdan ijod qiladi»
1
. Shunday qilib, faylasuf shoirona ijodni mistik nazariya 
orqali rivojlantiradi. Bu nzariyaga binoan musawir bexosdan (beixtiyor) telbaga 
o‘xshab ijod qiladi. Bu ijodiy akt o‘z-o‘zicha aqldan yiroq xarakterga ega. Musawir 
va shoir o‘zlari nima qilayotganlarini bilmay ijod qiladilar. Shuning uchun ham 
mutafakkir «Haqiqiy ijod ilohiyliksiz bo‘lmaydi»
14
, degan xulosaga keladi. 
Aristotel esa «Inson dunyoning eng yaxshi ijodidir» degan g‘oyani ilgari 
suradi. Shuningdek, u o‘zining «Poyetika» asarida badiiy ijodning me’yoriy 
qonunlarini falsafiy jihatdan tahlil qiladi. Aristotel san’atning borliqdagi 
imkoniyatini faol, ijodiy yuksak badiiy mahorat bilan ifodalashda ko‘radi. Uning 
fikricha, «San’atning vazifasi voqelikni mexanistik tarzda qayta tiklamay, balki uni 
ijodiy aks ettirishdan iborat»
15

Aristotelning fikricha, ijodiy jarayon insonning subektiv faoiiyati bilan 
bevosita bog‘liqdir. Shu ma’noda, ijodiy jarayonni aql yordamida ham bilish, 
anglash mumkindir. Bunday munosabat Abu Nasr Forobiy qarashlarida ham 
uchraydi. Alloma fikricha, «Inson mohiyati aqlda namoyon bo‘ladi»
16
. Bizning 
nazarimizda, falsafada aql g‘oyasining paydo bo‘lishi - insoniyat tafakkur tarixidagi 
eng muhim hodisadir. Darhaqiqat, borliq va yo‘qlikni, haqiqat va fikr dunyosini bir-
biridan ajratish aqliy tajribani nazorat qilish imkoniyatini beradi. U shuningdek, 
voqelikdan ijodiy xayolni ajratishga, yashirin narsalami muhokamaga olib chiqishga 
imkon beradi. 
Antik davrda ijodga haqiqiy bilim, mangu va o‘zgarmas borliq mahsuli deb 
qaralgan. 0’rta asrlarda ijod o‘zgacha talqin qilingan. Binobarin, biz unda ikki 
tendensiya kesishib o‘tganligiga guvoh bo‘lamiz. Bulardan birinchisi, teistik, 
qadimgi yahudiy dinidan kelib chiquvchi yondashuv bo ’Isa, ikkinchisi, panteistik-
antik falsafa g‘oyalaridan kelib chiquvchi yondashuvdir. Bu davrda birinchidan, 
Xudoni subekt sifatida tushunish bilan bog‘liq, ya’ni dunyoni mangu namuna 
bo‘yicha emas, mutlaqo erkin tarzda yaratish uni ijodiy faoliyatga daxldor deb 
qaralgan. Jumladan, Avgustin «Agar Xudo, «o‘z narsasi»dan o‘zining ijodkorlik 
13
Платон. Диалоги: сборник / Платон; Пер. с древнегреч. Сосг., ред. и авт. вступ. ст. А.Ф.Лосев; Авт. 
примеч. А.А.Тахо-Годи. - Москва : Мысль, 1998. - 607 с. 
14
Платон. Избранные диалоги. M.: Художественная литература, 1965. С. 161. 
15
Аристотель. Сочинения: В 4 т. Т. 4. - М.: Мысль, 1983. С. 376-644. 
16
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.- 105-b. 


kuchini olib qo‘ysa, u narsa ilgari mavjud bo‘lmagandek, yaratilmay qoladi»
1
, deb 
yozadi. 
Uyg‘onish davrida ilmiy ijod badiiy ijoddek ta’rif va tasnif etilgan. Aynan 
Uyg‘onish davrida ijodning individual xarakteriga alohida e’tibor qaratilgan, ijodiy 
jarayonda qobiliyatning o‘mi va uning namoyon bo‘lishi ustuvor ahamiyat kasb 
qilgan. Natijada ijodning talqinida islohotchilik (reformasion) yondashuvi 
shakllangan. Yangi davrda ijodning olamni estetik idrok qilish darajasi emas, 
faoliyat bilan bog‘liq jihatlari namoyon bo‘lgan. 
Markaziy Osiyo mutafakkiri Abu Nasr Forobiy kuchga ega bo‘lmagan 
o‘ninchi aql o‘z navbatida yagona aql va yagona ruhni ijod qilishini ta’kidlab o‘tadi. 
Mutafakkir har ilm va aytilgan gap, sodir bo‘lgan narsa va yog‘du farishtadandir, 
deb biladi. Shuning uchun insoniy aql kuch-quwat jihatdan o‘zida farishta tabiatiga 
egadir. Ikki tomonlama vaziyat, ya’ni amaliy va nazariy aql vositasida ikki xil 
«surat»ga ega bo‘lgan insoniy aql «yerdagi farishtalar», deb ataladi. Ruhlar 
taqdirining siri bundan boshqa narsa emas. Nazariy aql to‘rt taraflama holat 
vositasida farishta aqli bilan yoki faol aql bilan qo‘shiladiki, uni muqaddas aql, deb 
ataydilar. Muqaddas aql o‘zining eng oliy bosqichida o‘sha mumtoz payg‘ambarlik 
aqlidir
17
. Darhaqiqat, Forobiyning bu fikrida ijod manbai aql ekanligiga ishoradir. 
Chunki Alloh faqat insonga ato etgan aqldan ijodiy foydalanish bir tomondan 
shaxsni ma’naviy-ruhiy kamolotga undasa, ikkinchi tomondan uning ijodi natijalari 
jamiyat rivojiga ham ta’sir qiladi. 
Ibn Arabiyning ta ’kidlashicha, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi 
bo‘lib, i ongli mavjudotning dunyo haqidagi muqarrar bilimini shakllantirishda 
muhim unsur hisoblanad?. O‘z davrida alloma insonning ijodiy faoliyatidagi 
mukammallik «boshlang
18
ich nuqta»dan tortib «pirovard nuqta»gacha bo‘lgan 
bilimlami anglash ekanligini asoslashga harakat qilgan. 
Al-Xorazmiy ijodiy faoliyatning obektiv asoslari haqida to‘xtalib, uning 
muhim rasional manbai sifatida matematik tushunchalami keltirib o‘tadi. Shuning 
uchun ham alloma matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki obektiv 
damning ma’lum tomonlarini, ashyolar o‘rtasidagi munosabatlaming in’ikosi, deb 
talqin etadi
4

Al-Xorazmiy ijodning metafizik tomonlarini ham tahlil qiladi. Uning fikricha, 
aynan ijod insonni borliqning boshqa rejimiga’tushiradi. Bu ayniqsa, inson sevsa, 
maqsadini aniq bilsa, e’tiqodga kuchli muhtoj- lik sezsa va e’tiqod qilishni 
boshlasagina amalga oshadi. Bizning nazari- mizda, aynan mana shu jarayon inson 
borlig‘ining ijodkorlik ruhini bel- gilaydi. Ijod qilish orqali biz o‘zligimizni 
anglaymiz, haqiqiy erkinlikni his qilamiz. Lekin bunday holat kamdan-kam 
uchraydi. Chunki ijod ayni shu murakkabligi va takrorlanmasligi bilan alohida 
ajralib turadi. 
Ibn Sino «Risolaye Hay ibn Yaqzon» («Yaqzon o‘g‘li Hay, ya’ni Tirik o‘g‘li 
Hayot haqida risola»)da insonning ijodiy imkoniyatlari quyidagicha izohlanadi: 
Inson o‘zining bilish va ijodiy qobiliyatini to‘la ishga solib, atrofidagi his-tuyg‘u 
17
Ибн Араби. Мекканские откровения. -M.: Бейрут, 1989. - 105 . 
18
Qarang: Ал-Хоразми Мухаммад ибн Муса. Математические трактати. - Т.: «Фан», 1983. - 225 . 


uyg‘otuvchi dunyoni mustaqil ravishda tajriba vositasida bila oladi
1
. O‘zining bu 
fikri bilan Ibn Sino ijodni insonning borliqni anglash, o‘zgartirish, takomillashtirish, 
o‘zidagi intellektual kuch ekanligini isbotlashga harakat qilgan. 
Ibn Rushd esa, Arastuning ijodning mantiqiy asoslari haqidagi fikrini 
sharhlash bilan bir qatorda ijod jarayoni xudo emanatsiyasi tufayli yuzaga kelishi va 
uning asosida material va shaklning birligi alohida o‘rin egallashini asoslashga 
harakat qiladi 
Yangi davrda ijodga nisbatan ikki nuqtai nazar shakllanadi: panteistik va 
intuitiv. Panteistik an’anaga asosan ijod bu ilohiyot yoki borliq tajallisi bo‘lib, uning 
nurlari inson qalbi va ruhiyatiga singib ketgandir. Ijod-individual va obektiv 
asoslarga ega bo‘lgan intuitiv faoliyat mahsuli, degan fikr intuitiv yondashuvning 
ifodasidir. 
Nemis mumtoz ilmida ijod masalasi o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etgan. 
Jumladan, Fixte inson ijod jarayonida ikki xil voqelikning, bir tomondan, o‘z-o‘zini 
ma’naviy yaratadigan va ikkinchi tomondan, ongning ijodiy faoliyati jarayonida 
vujudga keladigan voqelikning mohiyatini bilish mumkinligini qayd etadi. Ayni shu 
ma’noda, Fixte «Fan insonni ozodlik va ijodiy erkinlikka undaydi»
19
, deb yozadi. 
Shuningdek, bu jarayonda «dunyoviy ruh»ning ijodiy aktivligi belgilovchi rol 
o‘ynashini alohida ta’kidlab o‘tadi. 
Gegel ongni mutloqlashtirganligi sababli, muqarrar ravishda tushunchani ham 
ilohiylashtiradi. Gegel ta’limotiga ko‘ra, «Nag qanday hayotning ibtidosi», «o‘z 
ichiga barcha mazmunni to‘laligicha joylagan, cheksiz, ijodiy shakldir»
1
. Ongoing 
faollik jihati va kishilaming barcha o‘ylagan, maqsadga muvofiq amaliy faoliyati 
dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘lsa ham, Gegel tomonidan ijod qilish, «mutloq 
g‘oya»ning o‘z- o‘zini bilishi sifatida idealistik talqin qilinadi. Biroq mutafakkir 
insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi, 
qobiliyatlarini namoyon etishga, ijod etishga urinishi uning ma’naviy ehtiyojidan 
kelib chiqishini inkor etmaydi. Gegel ijodiy faoliyat subekti sifatida shaxsni tan 
oladi. Uning fikricha, «Ijod mushohada qilish qobiliyati, tasawuming samarali va 
reflektiv faoliyati bo‘lsa amalga oshadi» 
20 
. Shuningdek, Gegel ijodni o‘z-o‘zini 
rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida ijodiy faoliyat negizida 
qarama-qarshiiik yotishini isbotlashga harakat qiladi. Gegeldan farqli ravishda 
A.Bergson ijodiy faoliyatni intuitiv, hissiy jihatdan kelib chiqqan holda izohlab, 
«Tabiat evolyusiyasi doimo yangilikning tug‘ilishidan iborat, ya’ni ijod birdan 
paydo bo‘ladigan va oldindan aytib bo‘lmaydigan jarayondir»
21
degan xulosaga 
keladi. 
Inson ongida faqatgina tafakkuming natijasi - intuitiv darajada adekvatlik 
sifatida anglangan, topilgan yechim namoyon bo‘ladi, jarayonning borishi esa kadr 
ortida qoladi. Shuning uchun, ilmiy kashfiyotlar dafatan va kutilmagan vaziyatlarda 
(insayt holatida) sodir bo‘ladi: vannada (Arximed), olma daraxti tagida (Nyuton), 
19
Фихте И.Г. Наставления к блаженной жизни. О сущности ученого и ее явлениях в области свободы. 
Философия масонства, письма к Констану. - М.: Канон, 1997. - 400 с. 
20
Гегель Г.В.Ф. Лекции по истории философии. Книги 1- 3 (Изд-е второе, стереотипное) серия: Слово о 
сущем. - СПб.: Наука СПб, 2006. - 347 с. 
21
Бергсон А. Творческая эволюция. - М., 1998. 


kirakash izvoshning zinapoyachasida (Puankare), tushda (Mendeleyev va Kukul) va 
h.k 
Shelling fikricha, ijodga sirlilik xos: «Yozuvchilar, shoirlar, musawirlar ijod 
jarayoni qanday ro‘y berishini tushuntirib bera olishmaydi va bu bilan faxrlanishadi 
ham. Xuddi o‘sha mutloq aql - Xudoning xohishi va ruhi yordamida ijod jarayoni 
ong nazoratidan qutuladi. Natijada «ilhom parisi» deb ataladigan sirli, ongsiz ijodiy 
kuch ruh uchun badiiy yaratuvchilik vazifasini bajarishga kirishadi»
22
. Demak, «Aql 
ijodkor kuch emas, u asosan uyg‘unlashtiruvchi, nazorat qiluvchi kuchdir. Hattoki 
eng sof mantiqiy sohada ham aynan insayt birinchi bo‘lib yangi bilimni kashf etadi» 
1
. Ayni shu ma’noda, B.Paskal, A.Puankare, J.Adamar, D.Mendeleyev, 
V.Vemadskiy, A.Bexterev, A.Eynshteyn, V. Geyzenberg, B.Rassel va boshqa 
olimlar ilmiy ijod, kashfiyot mantiqiy tafakkur jarayonida emas, balki aynan 
mantiqiy tafakkur ishtirok etmagan, ya’ni «insayt» holatida sodir bo‘lishi o‘z 
boshlaridan kechirgan dalil ekanini tan olganlar
23

Nisshe «Ijod bu kasbiy ma’noda emas, balki hayotiy ma’noda odam - o‘zining 
hayotini o‘ylab olib boradigan, o‘z ishiga go‘zallik va mahorat berishga intilgan, 
hayvoniy ehtiyoj va hayvoniy egoizmdan yuqori bo‘lishga intilish jarayonidir»
24
deb 
yozadi. Shuning uchun ham mutafakkir, boshqa odamlarda hayvon va odamiy holat 
o‘rtasidagi chegara juda nisbiy ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlaydi. Demak, 
ijod bu «yaratish», «uyg‘onish», «hushiga kelish» va shu holatda, qancha uzoq 
bo‘lsa shuncha yaqin qolish demakdir. Afsuski, hozirda ko‘pgina insonlar o‘z 
vaqtining ko‘p qismini deyarli reflektor ravishda avtomatik rejimda o‘tkazadi, ya’ni 
ishga boradi, hayotini yaxshilaydi, o‘z hayotini fikrlashning shakllangan 
stereotiplariga bo‘ysundirib o‘tkazadi. Ayni damda u ba’zan o‘zining ijodiy 
qobiliyatini anglamaydi ham. Aynan shuning uchun ham bunday insonlarda ertami 
kechmi hayotining absurd chizgilari paydo bo‘lishiga olib keladigan darajadagi 
zerikish, hayotning ma’nosizligi haqida tasawurlar shakllanadi, balki hayotga 
muhabbati ortadi. 
M.Abdullayeva, G.Pokachalovlarning e’tirof etishicha, fandagi ijod 0’zining 
mazmuni va mundarijasiga ko‘ra, san’at va h.k. sohalardagi ijoddan farqlanadi. 
Biroq ular o‘zaro umumiy jihatlarga ham ega. Bu esa ulardagi «psixologik 
jarayonning bir xil» ekanida ko‘rinadi. Har ikkala ijod shaklini mehnatdan zavq 
olish (Platon nuqtai nazaridagi «ekstaz») va ilhomlanish farqlab turadi
25


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin