1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Dissertatsiyaning titul varag‘ida quyidagilar ko‘rsatilishi shart



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

 
Dissertatsiyaning titul varag‘ida quyidagilar ko‘rsatilishi shart: 
1. -------------------- vazirligi. Tadqiqot bajarilgan oliy o‘quv yurtining nomi.
 
2. Muallifning ismi, familyasi, otasining ismi(bosh kelishikda). 
3. Dissertatsiyaning aniq va to‘liq nomi(sarlavhasi). 


4. Dissertatsiya qaysi fan bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun taqdim etilyapti? 
5. Ilmiy raxbar(lar)ning familiyasi, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi. 
6. Dissertatsiya bajarilgan ilmiy muassasaning adresi(joyi). 
7. Ish rasmiylashtirilgan yil. 
Dissertatsiyaning “Kirish” qismida qisqa va batafsil holda quyidagilar 
ta’kidlanishi zarur: 
- Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati. 
- Ish asosiga qo‘yilgan faktik materiallarning hajmi muhim ilmiy xulosalar 
chiqarish uchun ularning qay darajada yetarli ekanligi. 
- Tanlangan ilmiy metodning afzalliklari; ilmiy natijaning yangiligi, ya’ni 
to‘plangan materiallarning miqdoriy va sifat qimmati. 
- Kirish qismida ana shu materiallar bilan bir qatorda tadqiqotning ilmiy 
natijalari, qaysi ilmiy muassasalarda muhokama qilinganligi, aprobatsiyadan 
o‘tganligi, ishlab chiqirishga tatbiq etilganligi bayon etilishi kerak. 
Olimlar o‘rtasida “masalaning tarixini bilish – ma’lum ma’noda yechimini 
topishning boshlanishidir”, degan hikmat keng yoyilgan. 
Odatda dissertatsiyaning birinchi bobi konkret soha bo‘yicha ilmiy 
bilimlarning rivojlanish tarixini yorituvchi ilmiy asarlar sharhiga bag‘ishlanadi. 
Zero, tadqiqotchi o‘rganishga kirishayotgan muammo, shubhasiz, jahondagi ko‘plab 
olimlar tomonidan u yoki bu darajada albatta, o‘rganilgandir. Muammoning 
o‘rganish tarixini bilmay turib, ilg‘or ilmiy g‘oyani yaratib bo‘lmaydi. 
Ana shu materiallarni iantiqiy izchillik bilan bayon etishda manbaalar 
ro‘yxatini xronologik izchillikda berish shart emas(bunday holda ko‘p tadqiqotchilar 
“bibliografiyaga qarang” deyish bilan kifoyaladilar). 
Yosh tadqiqotchilar ko‘pincha mavzuga oid barcha ko‘rib chiqqan adabiyotlar 
va hatto har qanday adabiyotlar mazmunini dissertatsiyada bayon etishga, hatto bu 
asarlarga yozilgan taqrizlarni keltirishga xarakat qiladilar, lekin eng achinarlisi 
shundaki, bu asarlardagi bosh g‘oyani, mavzuga tegishli bo‘lgan ilmiy yechimni 
topa olmaydilar, qonunyatlar qanday shakllanganini bila olmaydilar. 
Binobarin, tadqiqotchi mavzuning adabiyotlarda yoritilish xronologiyasini 
unutmagani holda butun e’tiborini o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatini uning 
rivojlanish tarixida ochib berishi zarur. Tadqiqotdagi ilmiy yangilik, uning nazariy 
va amaliy ahamiyati xuddi shu yerdan boshlanadi. Dissertatsiyaning faktlar uyumi 
ichidan ikkinchi darajali, nomuhimlarini chiqarib tashlashi, ilmiy asarni keraksiz 
sitatalar yukidan ozod qila olishi ayniqsa muhimdir. 
Akademik P.I.Lebedo – Polyanskiy o‘zining Dobrolyubov haqidagi 
monografiyasini yaratishda muhim va nomuhim faktlarni bir-biridan fanday 
ajratgani haqida shunday deb yozgan edi: “Men Dobrolyubov haqidagi 
monografiyam ustida ishlar ekanman, unig inson sifatidagi xarakterining eng muhim 
xususiyatlarini aniqlashni o‘z oldimga asosiy maqsad qilib qo‘ydim. Men buning 
uchun Dobrolyubov to‘g‘risidagi barcha asarlarni o‘qidim, uning xarakteri 
tasvirlangan olti mingdan ortiq sitatani ko‘chirib oldim. So‘ng aytilgan ana shu 
faktlarni 
tasnif 
qildim. 
Tasodifiy 
tavsiflarni 
olib 
tashladim, 
natijada 


Dobrolyubovning eng umumiy va muhim xarakteristikasi shakllandi va bu nashr 
etilgan monografiyada atigi bir sahifani tashkil etdi” 
11

Ba’zan dissertant qo‘lidagi mavjud adabiyotlardan qaysidir qonuniyatning ilk 
manbaalari to‘g‘risida tasdiqlovchi manbani topa olmasa, o‘rganilayotgan hodisa 
bo‘yicha birinchi so‘zni men aytdim, deyishga jur’at etadi. Yoki yetarli asosga ega 
bo‘lmagani holda birinchiliki qaysidir olimga tirkaydi, keyinchalik bu 
tasdiqlanmaydi. 
Albatta, bunday xulosani qilishdan oldin uni mutaxassislar bilan jiddiy va har 
tomonlama muhokama qilish zarur. 
Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni sharhlash, tahlil qilish, yetarli darajada to‘liq 
bo‘lishi va qisqacha bayon etilishi va bu tadqiqotchining dissertatsiya bo‘yicha 
asosiy materialiga soya solmasligi kerak. Dissertant o‘tmishdagi olimlarning 
mavzuga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan asarlardagi qimmatli g‘oyalarni 
albatta inobatga olishi, sistemalashtirishi va tanqidiy baholashi zarur. 
Ayrim mavzular bo‘yicha juda ko‘p adabiyotlar mavjud, biroq bundan 
adabiyotlarni sharhlash dissertatsiyaning butun hajmida katta qismni egallashi 
kerak, degan noto‘g‘ri xulosa kelib chiqmasligi lozim. 
Albatta, biron bir hodisaning rivojlanish jarayonini yoritishda hech qanday 
standart usullar yo‘q, lekin juda ko‘plab dissertatsiyalarni tahlil qilish natijasida har 
qanday mavzu bo‘yicha ilmiy manba (adabiyot) larni batafsil sharhlash uchun 
dissertatsiyaning 25-30 sahifasini ajratish nifoya qiladi. 
Tadqiqotchi dissertatsiyaning qo‘lyozmasi ustida ishlar ekan, vaqti-vaqti 
bilan o‘z ishiga “begonaning ko‘zi” bilan tanqidiy nazar tashlashi, o‘ziga nisbatan 
qattiqqo‘l va talabchan bo‘lishi foydalidir. 
Adabiyotlarni sharhlashga qanday yuksak talablar qo‘yilsa, bibliografik 
ko‘rsatkich ham shunga javob berishi kerak. 
Taqrizchilarning dissertatsiya bilan tanishishni mualllif foydalangan 
adabiyotlar bilan tanishishdan boshlashi aslo bejiz emas. 
Tajribali mutaxassisning dissertatsiyani baholashi uchun muallifning 
mavzuga oid eng yangi adabiyotlar bilan qay darajada tanish ekanligini aniqlashi 
yetarlidir. 
Bibliografik ro‘yxatning mavjud bo‘lishi bu shunchaki formal talab
rasmiyatchilik emas, balki dissertatsiyaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, yosh 
tadqiqotchining mustaqil ijodiy ishini aks ettiradi.Bibliografik ko‘rsatkich odatda 
ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi: 
1. Vatanimiz olimlarining asarlari; 
2. Chet tilidagi horijiy olimlarning asarlari. 
Har bir bo‘lim ostidagiadabiyotlar (kitoblar, maqolalar, qo‘lyozmalar) alifbo 
tartibida yoziladi va nomerlanadi. 
Bibliografik ko‘rsatkichda ayni bir xil jurnal va to‘plamning nomi 
takrorlanishi mumkin. Ularning nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim. 
Bibliografik ko‘rsatkichda dissertatsiya tekstida sitata berilmagan, avtor 
tomonidan foydalanilmagan adabiyotlarni berish tavsiya etilmaydi. 
11
Лебедев-Поляннский. «Смена» , 1946, № 23-24. С.9. 


Bibliografiyaga darslik, ensiklopediya, ma’lumotnoma (spravochnik), ilmiy 
ommabop nashrlar, gazetalar kiritilmaydi. Agar bunday nashrdan foydalanishga 
zaruriyat tug‘ilgan bo‘lsa, ularni qo‘lyozmaning sahifasi ostida berishi lozim. 
Dissertatsiyada bibliografiyaning birinchi bo‘limida manbalar ajratiladi: 
konstitusiya, hukumat qarorlari, qonunlari, mamlakat prezidentining foydalanilgan 
asarlari. 
Texnika 
fanlari 
bo‘yicha 
tayyorlangan 
dissertatsiyalar 
bibliografiyasiqo‘shimcha avtorlik guvohnomalari va patentlar ro‘yhati 
beriladi(ulardan muallif ishda foydalangan bo‘lsa). 
Tadqiqotning har bir bobini qisqacha xulosa bilan yakunlash maqsadga 
muvofiqdir. Ana shu bobda juda qisqa qilib, ishdagi eng muhim yangilikni ajratib 
ko‘rsatish lozim, bu esa tadqiqotning ilmiy mahsuli(natijasi) hisoblanadi. 
O‘z fikringni qisqa va aniq ifodalay olish katta san’atdir.Dissertatsiyaning 
maxsus “Yakunlash” qismida muallif ilmiy ishning eng muhim qoidalarini keng 
planda umumlashtirishi, mavzu bo‘yicha qilingan tadqiqotga yakun yasashi, hal 
etilmagan muhim masalalarni ko‘rsatishi lozim. 
Dissertatsiyaning xulosa qismida asosiy qoidalar, erishilgan natijalar 5-6 
sahifada bayon etiladi. Bunda qat’iy va belgilangan shaklda muallif erishgan ilmiy 
natijalar bayon etiladi. 
Bunda tadqiqot materiallaridan yangilikning mohiyati, nazariy va amaliy 
ahamiyati, uning natijalarining tatbiq etilishi alohida ajratib ko‘rsatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin