ilmiy izlanish jarayonida qoyilgan muammoni yechmasdan, belgilangan yo
’nalishda ijodiy metodni, ijod metodologiyasi, texnologiyasi va texnikasini
takomillashtirish mumkinligi ishonch;
rejalashtirilgan tadqiqot fan taraqqiyotiga qanday yangi kashfiyot yoki
ixtiro natijasini berishini aniqlash;
rejalashtirilgan tadqiqot natijalari amaliy ahamiyatliligi bilan ilgarigi
ishlanmalardan qanday farq qilishini aniqlash kabilar shular jumlasidandir.
Demak, muammoni to‘g‘ri va aniq qo‘yish, tadqiqot maqsadi va vazifalarini
to‘g‘ri aniqlash, tadqiqot ko‘lamini belgilash va ular
asosida tadqiqot manbaini
aniqlash ilmiy tadqiqot jarayonining eng muhim bosqichlaridir. Bunda, ayniqsa,
bosh muammoni to‘liq ifodalashga imkon beruvchi xususiy muammolar va ular
ketma-ketligi, umumiy aloqadorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy tadqiqot faoliyatida quyidagi bosqichlami, ya’ni xususiy muammolar va
ular yechimlarining bosh muammo yechimini topishdagi
bosqichlarini qayd etish
maqsadga muvofiq:
tadqiqot manbai faoliyat ko‘rsatishiga tegishli ko‘rsatkichlar, omillami
o‘rganib chiqish va ular orasidagi mavjud aloqadorlik qonunlarini o‘rganish hamda
ko‘rsatkichlar iyerarxiyasiga e’tibor berish va nihoyat ma’lumni noma’lumdan
ajratish kerak;
ilmiy-tadqiqot faoliyatda muammoni qo‘yish uchun o‘sha sohadagi ilm-fan,
ta’lim-tarbiya, texnika-texnologiyalaming yutuqlarini
tadqiqotchi mukammal
o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim, aks holda yechil- gan muammoning va hattoki undan
ham saviyasi pastroq muammoning yechimini topishga ortiqcha vaqt sarf qilinishi
mumkin;
ilmiy-tadqiqot faoliyatda noma’lumlami cheklash ham kuzatiladi:
ilmiy-
ijodiy faoliyatda tadqiqot manbaini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tabiatini o‘rganish va
asosiylarini olib qolish, ikkinchi darajalilarini tashlab yuborish lozim;
ilmiy-tadqiqot faoliyatdagi noma’lumlami aniqlash va o‘zgarish sohalarini
bilish muhim;
ilmiy faoliyatda muammo echimining aniq shartlarini
belgilab olish va
shuning bilan birga muammo turi ham asoslanadi;
ilmiy faoliyatda butun tadqiqotning umumiy metodologiyasini asoslash,
o‘lcham va baholash mezonlarini aniqlash mumkin;
ilmiy-tadqiqot faoliyatda tadqiqot yechimining
variantlarining mavjud
yechimlardan yangiligi hamda istiqbolli ekanligini asoslash kerak bo‘ladi.
Ijodiy jarayonning so‘nggi bosqichi insonning hal etilayotgan muammoni
yechishga qaratilgan barcha tashqi va ichki intilishlarini mujassamlashtiradi.
Bu borada uch turdagi tasavvurlar ajratib ko‘rsatiladi:
Dostları ilə paylaş: