Muammoli vaziyatni tahlil qilishda shaxsiy-psixologik tusdagi masalalami
ham o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o‘z boshidan kechiradi va
unda olimning intuisiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo‘ladi.
Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning obekt
haqidagi bilimlarimiz yetarli emasligi ayon bo‘lib, «salbiy» natijalar olinadi,
amaliyot yangi muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda fan nisbatan
mustaqillikka, o‘z rivojlanishining ichki mantiqiga, o‘z ichki qarama-qarshiliklariga
ega ekanligi, bu omillar ham muammoli vaziyatlami yuzaga keltirishini unutmaslik
lozim. Bunday holatga fanning ko‘pgina sohalari:
matematika, nazariy fizika va
hokazolarda duch kelish mumkin.
Dostları ilə paylaş: