Jamiyatdagi informatika – bu “axborot jamiyati”ga o’tish muammosi bilan bog’liq umumiy masalalar bilan shug’ullanadigan informatika fanining yangi yo’nalishi. Axborot jamiyati-bu yuqori sifatli ma’lumotlar ko’p bo’lgan, shuningdek uni saqlash, tarqatish va ishlatish uchun barcha zarur vositalarga ega bo’lgan jamiyat.
Zamonaviy informatika tuzilmasi
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar hamda telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bogiiq boigan fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o’zida namoyon etadi.
Informatikani tor ma’noda o’zaro aloqador uch qism — texnik vositalar (hadware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasawur etish mumkin. (15-rasm)
15-rasm. Informatika infratuzilmasi.
Dasturiy ta’minot kompyuteming ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar, g majmuasini va kompyutemi ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Kompyuteming turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish esa — dasturiy inter/eys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish — apparat-dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuteming ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dastuming inson bilan o'zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin;
— sistemaviy dasturiy ta’minot;
— amaliy dasturiy ta’minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. (16-rasm)
16-rasm. Dasturiy ta’minotning turlari.
Dostları ilə paylaş: |