1-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#202856
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

5.Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Investitsiya orqali iqtisodiyotni modernizatsiyalash, taraqqiy ettirish, barqaror rivojlanishiga erishish, korxonalarning kapital jamg’arishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga va iqtisodiy o’sishiga zamin yaratiladi. Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funksiya va vazifalarni bajaradi, amalda ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada bir necha jarayonlarni ma‘romli rivojlanishini ta‘minlaydi.
Investitsiyalar iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun zarurdir. Real investitsiyalarni (bino va inshootlar qurish va modernizatsiya qilish, zamonaviy mashina va asbob-uskunalar sotib olish) jalb qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini va jozibadorligini oshiradi. Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o’ynadi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish; asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma‘naviy eskirishiga yo’l qo’ymaslik; qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o’z mablag’ini sarflash zarurligi bilan bog’liqdir. Investitsiyalar mikrodarajada, korxonalarning kelgusida me‘yorda faoliyat ko’rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olishini ta‘minlash bilan bog’liqdir. Shu bois ham investitsiyalar makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o’ynashini mamlakatda investitsiya faoliyatining holatini belgilovchi ko’rsatkichlarni tavsiflaydi (1.4 – rasm).
Shuning bilan birga ob‘ektiv holatda, investitsiya faoliyatining holatini quyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sish sur‘atlarini ham harakterlaydi, ya‘ni: milliy daromad; yalpi milliy mahsulot (YAMM) va YAIM; sanoat ishlab chiqarish hajmi; sanoat mahsulotlarining alohida turini ishlab chiqarish; qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish hajmi va boshq. Investitsiya faoliyatining holatiga baho berishda investitsiya qo’yilmalarisiz ushbu ko’rsatkichlarning o’sish sur‘atlarini tasavvur etib bo’lmaydi. Shuningdek, ushbu ko’rsatkichlar u yoki bu darajada investitsiyalarning samarali ishlatilishini harakterlaydi. Agar ushbu ko’rsatkichlarning o’sish sur‘atlari investitsiyalarning o’sish sur‘atlaridan yuqori bo’lsa, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko’rsatadi va aksincha.


Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin