1-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#202856
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

1.2-rasm. Investitsiyalarning alohida belgilari bo’yicha tasniflanishi19
Shu o’rinda aytish joizki, rus iqtisodiy adabiyotlarida20 portfel (aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarga, shuningdek, boshqa korxonalarning aktivlariga yo’naltirilgan investitsiyalar) va real (faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni ta‘mirlash va texnik qayta qurollantirish, kengaytirish, yangi korxonalar barpo etishga yo’naltirilgan investitsiyalar) investitsiyalar farqlanadi. Bunday sharoitda investor-korxona mablag’ kirita turib, o’zining ishlab chiqarish kapitalini, ya‘ni asosiy ishlab chiqarish fondlari va uning faoliyati uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni ko’paytiradi (oshiradi). Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o’zining moliyaviy kapitalini, ya‘ni qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromad-dividendini ko’paytiradi.
Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga ko’ra bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni o’z moliyaviy mablag’lag’larni joylashtirish ob‘ektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy vositachilar to’plangan mablag’larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog’ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo’ladi.
Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yilldan oshiq muddatga beriladi) bo’ladi. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi. Shu o’rinda izohlab o’tish joizki, oddiy aksiyalar muddat bilan cheklanmasada ham, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli qo’yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo’yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o’tgandan so’ng, investor uzoq muddatli jihozlarni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko’pincha investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va o’z pullarini qisqa muddatlarga qo’yishga intiladilar.
To‘rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati ob‘ektlariga qo’yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat budjeti va davlat korxonalarining mablag’larini joylashtirish orqali namoyon bo’ladi.
Beshinchidan, investitsiyalarni hududiy joylashtirilishi bo’yicha ichki va tashqi investitsiyalarga bo’linadi.
Oltinchidan, investitsiyalar risk darajasi bo’yicha yuqori riskli va past riskli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida risk deganda investitsiyalarga mutloq yohud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo’ladi, boshqacha aytganda ―risk‖ atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi. Investitsiyalarni korxona miqyosida 1.3 – rasmdagidek tasniflash mumkin.






Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin