Realinvestitsiyalar– bevosita investitsiyalar bo’lib, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya‘ni investor investitsiyalash ob‘ektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o’zi aniqlaydi.
Portfelinvestitsiyalar– bilvosita investitsiyalarni anglatib, bu investitsiya moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashni anglatadi.
Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda korxona o’z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to’g’risida real holat aks ettirilgan. Umuman real va portfel investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda benihoyat katta ahamiyatga ega bo’lib, birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishda, eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotni ustivor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me‘yordagi turmush darajasini ta‘minlash imkonini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
4. Moliyaviy varealinvestitsiyalarningo’zarobog’liqligi.Jamg’armalar–