1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə47/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Tezkor tahlil

Korxona faoliyati doimo tezkor boshqarishni talab etadi. Bu bilan uzluksiz davom etayotgan jarayon davrning har bir soatida, kunida yoki dekadasida kuzatiladi, o‘rganiladi, nazorat qilinadi hamda obyektlarga zarur ta’sirlar ko‘rsatiladi. Demak, tezkor tahlil xo‘jalik faoliyati va uning qismlarini qisqa muddatda o‘rganib, ishlab chiqarishni operativ boshqarishga tayinlanganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Tezkor tahlilning boshqa tahlil turlaridan (ayniqsa, joriy tahlildan) farqli tomoni shundaki, korxona faoliyati hamda undagi o‘rganilayotgan jarayonlar bilan tezkor tahlil ketma-ket, ya’ni o‘ta yaqin oraliqda amalga oshiriladi. Natijada sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari o‘z vaqtida o‘rganiladi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish qisqa va tez muddatlarda amalga oshiriladi. Ushbu jihat esa mazkur tahlil turining ijobiy tomonini ko‘rsatib beradi.
Hisob tizimining boshlang‘ich hujjatlari, tezkor hisob ma’lumotlari, kunlik ish faoliyati haqidagi statistik ma’lumotlar, sodir bo‘layotgan jarayonlarni bevosita borib ko‘rish, o‘lchash va ayrim hollarda suhbatlashish natijalaridan o‘rganilgan ma’lumotlar tahlil uchun manbalar hisoblanadi.
Mazkur tahlil turini nafaqat maxsus bilimga ega bo‘lgan iqtisodchilar, buxgalterlar yoki boshqa mutaxassislar, balki o‘rganilayotgan xo‘jalik jarayonlariga daxldor va qiziquvchilarning barchasi amalga oshirishi yoki tahlil jarayonlarida qatnashishi mumkin. Masalan, ishchilar, texnik xodimlar, radio va
televideniye xodimlari va hokazolar.
Tezkor tahlilni boshqa tahlil turlaridan afzalliklari quyidagilar:

  • tahlil sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni bilan ketma-ketlikda va bir-biriga yaqin oraliqda amalga oshiriladi;


  • yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish imkoniyati mavjudligi;


  • tahlil natijalari korxonalarni tezkor boshqarish uchun asosiy manbaligi va shu kabilar.


Boshqa tahlil turlari kabi tezkor tahlilda ham ba’zi kamchiliklar majud.


Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
  • ayrim hollarda tezkor tahlil ma’lumotlari juda ham aniq ma’lumotlar bo‘lmasligi mumkin;


  • tezkor tahlil natijasi oxirgi iqtisodiy natijalar ma’lumotlariga mos kelmasligi va shu kabilar.


Tezkor tahlil vositasida korxonaning kunlik mahsulot ishlab chiqarishi, sexlar o‘rtasidagi kunlik yoki soatlik ish unumi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida kunlik paxta topshirish holati, yerlarni shudgorlash va shu kabilar o‘rganilishi mumkin.




        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin