№
|
Prinsiplar
|
Mazmuni
|
1.
|
Aniqlik
|
Tahlil aniq ma’lumotlar asosida amalga oshirilgani uchun uning
natijasi ham aniq miqdorlarda ifodalanilishi kerak.
|
2.
|
Komplekslilik
|
Obyektiv baho berish maqsadida iqtisodiy voqeliklar har tomonlama
o‘rganilishi zarur.
|
3.
|
Tizimlilik
|
Tahlil etilayotgan obyekt alohida, bir butun tizim yoki tizimning elementi deb qaraladi. Lekin ular boshqa iqtisodiy voqeliklar bilan
ma’lum bir tartib asosida bog‘langanligi doimo e’tiborda bo‘ladi.
|
4.
|
Davriylik
|
Belgilangan muddatlarda (rasmiy yoki ichki ehtiyojga ko‘ra) xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shakllantirilish zaruriyati mavjudligi. Bu bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlar muayyan vaqt oralig‘ida (yil, chorak, oy, dekada, kun va hokazo) foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Demak, tahlil belgilangan davr
oralig‘larida uzliksiz o‘tkazilishi shart.
|
5.
|
Ishonchlilik
|
Olingan ma’lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy ekanligi, realligi
asoslanadi.
|
6.
|
Obyektivligi
|
Asoslangan xulosalar ishlab chiqish uchun voqeliklar tanqidiy
hamda xolislik bilan o‘rganiladi.
|
7.
|
Natijaviylik
|
Faoliyat samaradorligini oshirish maqsadlarida foydalanishda tahlil
natijalarining yaroqliligini ta’minlash.
|
8.
|
Tejamlilik
|
Tahlil uchun sarflangan xarajatlar uni amalga oshirish natijasida
erishiladigan iqtisodiy samaradan keskin kam bo‘lishi zarur.
|
9.
|
Taqqoslanuvchanlik
|
Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda, ya’ni ularni bir asosli tarzda shakllantirilganligi uchun turli davrlar va boshqa korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi aynan shunday ma’lumotlar bilan qiyosiy
o‘rganish imkoniyati mavjudliligi.
|
10.
|
Betaraflilik
|
Axborotdan foydalanuvchilar bir guruhining zarari hisobiga boshqa
guruhlar manfaatlarini qondirishning o‘rinsizligi.
|
11.
|
Hisobga olish
|
Daromad va xarajatlarning yuzaga chiqish vaqti, o‘rni va markazlari
bo‘yicha hisobga olinishi.
|
12.
|
Uzluksizlik
|
Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlarni o‘z
yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishi
|
13.
|
Ilmiylik
|
Tahlil o‘tkazish davrida ilmiy asoslangan usul va uslublardan
foydalanish shartligi
|
14.
|
Tezkorlik va o‘z
vaqtidalilik
|
Tahlil o‘z vaqtida hamda tezkor o‘tkazilishi lozim. Kechikib o‘t-
kazilgan tahlil natijalari o‘z samarasini yo‘qotishi mumkin.
|
15.
|
Boshqa prinsiplar
|
………………………………………………
|
Iqtisodiy tahlilni o‘z prinsiplari asosida amalga oshirish fan vazifalarining obyektiv bajarilishini ta’minlaydi.