1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə54/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi. To’lov balansining ikkinchi bo’limi kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobini o’zida aks ettirib, u turli shakldagi investitsiyalarning xalqaro harakatini, xususan aktivlarni sotishdan, masalan mahalliy aktsiyalarni, obligatsiyalarni, ko’chmas mulk va kompaniyalarni chet elga sotishdan olingan daromadlar, shuningdek, chet eldan rezidentlarning aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarini hisobga oladi. Mazkur bo’limda jalb etilgan va berilgan savdo kreditlari va bo’nak(avans) to’lovlari, ssuda va qarzlar, naqd xorijiy valyuta, joriy operatsiyalar hisobidagi qoldiqlar va depozitlar, muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlik, hukumatlararo kelishuvlar asosida etkazib beriladigan tovarlar bo’yicha qarzdorlik, eksport mahsulotlari bo’yicha olinishi kutirayotgan kontagentning moliyaviy qarzdorligi, import operatsiyalariga berilgan bo’naklar bo’yicha qarzdorlik aks ettiriladi.

Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi

=

Aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar

-

Xorijda aktivlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar

Mamlakatning aktivlari bilan bog’liq barcha xalqaro bitimlar (ularni sotish va sotib olish) kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida o’z aksini topadi. Masalan, O’zbekiston chet elga qarz mablag’larini bersa, u o’z aktivlarini sotgan bo’ladi, ya’ni uni kelajakda sotib oluvchi asosiy qarzga qo’shimcha foiz to’lovi bilan qaytarib to’laydi. Mazkur operatsiya kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobining “kredit” qismida aks etadi.


Shuningdek, kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobida kapital transfert(o’tkazma)lar (mulkni asosiy kapitalga qaytarmaslik sharti bilan o’tkazish) ham yoziladi. Unga aeroport, kasalxona, yo’l qurilishi va h.k. kabi investitsion grantlar, hukumat tomonidan qarzdorlikni “so’ndirish” operatsiyalari kiradi.
Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldig’i (saldosi) uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olish va taqdim etishda namoyon bo’lib, ular aktivlar bilan barcha bitimlardan xorijiy valyutalarni sof tushimini ko’rsatadi. Kreditlarni taqdim etish chet el aktivlarini (aktsiya, obligatsiya, ko’chmas mulk va h.k.) sotib olishga qilingan xarajat hisoblansa, kreditlarni olish aktivlarni sotishdan kelgan tushim sifatida baholash mumkin.
Joriy operatsiyalar balansi moddalarini kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobidagi uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olish va taqdim etish hamda kapital transfertlar orqali to’ldirish mustaqil rasmiy hisob-kitoblar balansini olish imkonini beradi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi “Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” moddani o’zi ichiga olgan. Nazariy jihatdan olganda har bir bitim to’lov balansida debet va kredit ko’rinishida ikki marta aks etsa ham, amaliyotda mazkur talab ba’zan bajarilmay qoladi. Amalga oshirilgan bitimlar turli holatlar va ma’lumotlarni hisobga olgan holda har doim ham vaqt va sonli ko’rinishda ifodalab bo’lmaydi.
To’lov balansi ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida nolga tenglashtiriladi. Bu esa, mamlakatning barcha qarzlari to’lanishi kerakligigini anglatadi. Shuning uchun, joriy operatsiyalar hisobidagi defitsit kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobidagi ijobiy qoldiqqa teng bo’lishi lozim. Agar rezidentlar chet elga mahsulotlar, xizmatlar va aktivlarni sotishdan olingan daromadlarga nisbatan xorijiy mahsulotlar, xizmatlar va aktivlarni sotib olishga ko’proq xarajat qilsalar, ya’ni rasmiy hisob-kitoblar balansi defitsit bilan chiqsa, ushbu taqchillikni (qarzdorlikni) so’ndirish Markaziy bank tomonidan rasmiy xorijiy valyuta zaxiralarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi (agar Markaziy bank valyuta kursini tartibga solib turish majburiyati bo’lmasa).
To’lov balansida jami xorijdan tushgan valyutalar xorijga jami to’langan (o’tkazilgan) valyutalarga teng bo’lishi zarur. Agar to’lov balansida defitsit yoki profitsit yuzaga kelsa, mamlakat Markaziy banki tomonidan muvofiqlashtirilgan holda to’lab beriladi yoki sotib olinib rasmiy valyuta zaxiraga joylashtiriladi.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin