1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


To’lov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o’tkazib yuborishlar



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə55/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

12.3. To’lov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o’tkazib yuborishlar

To’lov balansini yaxlit holda quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:



Mamlakatning to’lov balansi

=

Joriy operatsiyalar hisobi balansi

+

Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi balansi

Davlat to’lov balansiga tartibga solishga (valyuta interventsiyalari ko’rinishida) aralashmasa quyidagi tenglik bajarilishi lozim.



Joriy operatsiyalar hisobi balansi qoldig’i

=

-

Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi balansi qoldig’i

To’lov balansida balanslashtiruvchi modda sifatida, XVF taklifiga ko’ra mamlakat valyuta zaxiralari (oltin, xorijiy valyuta, XVFdagi mamlakatning zaxira pozitsiyasi, SDR aktivlari) bilan amalga oshirishgan operatsiyalar, valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlat organlarining xalqaro tashkilotlar oldidagi majburiyatlari, SDRlar taqsimoti olingan.


Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” moddasi. To’lov balansini tuzishda ma’lumotlar turli manbalardan olinganligi, ikki yoqlama yozuv tamoyilini (debet teng kredit qiymatiga) hisobga olgan holda yakuniy hisobga “Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” (“Errors and omissions”) moddasi kiritiladi. Ya’ni mazkur modda orqali to’lov balansining debeti uning kredit qismiga tenglashtiriladi. Ushbu modda texnik xususiyatga ega bo’lib, uni to’liq va aniq iqtisodiy tavsifi mavjud emas.
Qaysi mamlakatda tashqi savdo operatsiyalarining hisobi aniq yuritilsa, mustahkam va barqaror tendentsiya bilan o’zgarsa, mazkur modda qiymati katta bo’lmaydi (ya’ni eksport yoki import hajmiga nisbatan u 5-7% darajasida bo’lsa, o’rta (normal) holat hisoblanadi). Qaysi bir mamlakatda qashshoqlik yoki noqonuniy kapital chiqishi yuqori bo’lsa, mazkur moddaning qiymati ham katta shuncha katta bo’ladi.
Umuman olganda, mazkur ko’rsatkichni to’lov balansining joriy operatsiyalari hisobi hamda kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalari hisobidagi qoldiqlar farqi sifatida qaralsa, boshqa tomondan esa, mamlakatning rasmiy oltin valyuta zaxiralaridagi o’zgarish sifatida baholanadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin