1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


To’lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə56/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

12.4. To’lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari

To’lov balansi mamlakatning jahon xo’jaligidagi ishtiroki, ko’lami, tarkibi va tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirib, unda, bular bilan birga quyidagilar ham aks etadi:



  • tovarlar, kapital va xizmatlar importiga bo’lgan talab va eksport taklifi bilan aniqlanadigan milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy muvozanatsizlik;

  • iqtisodiyotni bozor va davlat orqali tartibga solish holatidagi o’zgarishlar;

  • bozor kon’yunkturasidagi omillar (xalqaro raqobat darajasi, inflyatsiya, valyuta kursining o’zgarishi va h.k.).

Mamlakatning to’lov balansi holatiga ko’p omillar ta’sir etadi. Biroq, ulardan eng asosiylari sifatida qo’yidagilarni ko’rsatish mumkin:
Mamlakat iqtisodiyotining va xalqaro raqobatning bir tekis rivojlanmasligi. Ma’lum bir mamlakat to’lov balansining asosiy moddalari jahon iqtisodiyotidagi boshqa mamlakatlar bilan ushbu mamlakatning raqobat qilish kuchlari nisbatani o’zida aks ettiradi;
Iqtisodiyotdagi tsiklik tebranishlar. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari natijasi milliy iqtisodiyot holatiga ta’sir ko’rsatganidek, to’lov balansiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xo’jalik faoliyatida o’sish, pasayish va tebranishlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, mamlakatda ishlab chiqarish hajmining ortishi elektr-energiya manbalariga, xom-ashyo va asbob uskunaga bo’lgan import talabini ko’payishiga sabab bo’ladi. Milliy iqtisodiyot jahon iqtisodiyotiga nisbatan sekin rivojlansa, ushbu mamlakatdan kapitalni chiqib ketishi sodir bo’ladi. Mamlakatda rivojlanish sur’atlari ortsa, yoki tezlashsa, foyda olish miqdori ham, foiz stavkalar ham oshadi, kapitalni chiqishi esa qisqaradi.
Davlatning chet eldagi xarajatlarining ortishi. Turli siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan hukumatning tashqi xarajatlari milliy iqtisodiyot uchun og’ir yuk hisoblanadi. Uning to’lov balansiga bilvosita ta’siri mamlakatning iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarish sur’atlarining o’zgarishi, milliy iqtisodiyotning eksport tarmoqlaridan resurslarni olib qo’yish, epsportni kamayishi va h.k. orqali sodir bo’ladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin