1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə68/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Svoplar –shartnomada belgilangan shartlar bo’yicha kelajakdagi to’lovlarni yoki turli aktivlarni almashtirish to’g’risidagi ikki tomon o’rtasidagi kelishuv.Odatda,bu kabi operatsiyalar bank va mijoz o’rtasida o’zlarining qarz va kredit majburiyatlarini almashtirish bo’yicha tuziladi.
Svoplar ko’p sonli ishtirokchilar orqali amalga oshiriladi. Bunda banklar odatda oddiy visitachi yoki moliyaviy institut rolini bajarishadi. Svoplarning shartlarini standartlashuvi ularning ikkilamchi bozorini shaklanishiga olib kelgan, xususan valyutalar bo’yia svoplar bozori. Biroq, svoplarning ikkilamchi bozori jami bozorning atigi 5%ni tashkil etadi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha svoplar investitsiya institutlariga nafaqat o’zlarining fond aktivlarini optimallashtirish (divertsifikatsiyalash), balki ma’lum bir emitentning aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanada qimmatli qog’ozlar paketini vaqtinchalik egallab turish maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin.
Svoplarning yuzaga kelishi kompensatsion (qoplangan) yoki parallel qarzlar taraqqiyoti bilan bog’liq. XX asrning 60-70 yillarida mazkur operatsiyalarni standartlashtirish boshlandi. Bu esa, 1981 yilda svop qoidalari bo’yicha standartlashgan IBM va Jahon banki o’rtasida dastlabki valyuta bitimini tuzilishiga olib keldi. Shundan bu kabi operatsiyalar rivojlana boshladi.
Moliya injiniringi mahsulotlari (moliyaviy innovatsiyalar). Moliya injiniringi – bu yangi (innovatsion) moliyaviy vositalar va jarayonlarning loyihasini tuzish, ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, shuningdek moliya sohasidagi muammolarni echishning yangicha yo’llarini izlab topishdir.
O’rta qiymatli yoki osiyo svoptsion (average rate swaptions or asian swaptions). Bunday optsion asosidagi tovar(aktivlar)ning bahosi ma’lum muddat davomida o’rta qiymatda hisoblab boriladi. Natijada, ushbu mahsulot o’z mijozini shartnomadagi bazis aktivlar narxlarining keskin kunlik o’zgarishlaridan himoyalaydi.
Aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozlar (asset backed securities). Hozirgi kunda aktivlar sekyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog’ozlarning ko’plab turlari mavjud bo’lib, ularning ayrimlarini quyida keltiramiz:

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin