Foiz derivativlari(interest rate derivatives). Derivativlar bozorining asosiy qismini qismini egallagan holda turli-tuman shakllarga ega. Birjadan tashqari foiz derivativlarining uch asosiy turi faqlanadi, ya’ni forvard foiz kelishuvlari, foizli svop va foiz optsionlari. Foiz derivativlarini keng tarqalgan shakllaring tasnifini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (3-jadvalga qarang).
Foiz derivativlarining tasnifi
Fyucherslar (futures). Standartlashgan mahsulotlar sifatida birjada muomalada bo’luvchi qisqa muddatli foiz stavkalar va obligatsiyalar bo’yicha forvard kelishuvlari foiz fyucherslari (interest rate futures) deb yuritiladi. Uning bir ko’rinishi sifatida funt sterlingdagi uch oylik LIBOR foiz stavkasi bo’yicha fyuchers shartnomasini olish mumkin. Ular LIFFEda muomalada bo’ladi va qisqa muddatli funt sterling fyuchersi (short sterling futures) deb tan olingan. Fyuchers shartnomasini tuzish orqali kompaniya kelajakdagi qarz hajmini yoki depozitga qo’yilgan pul mablag’larini joylashtirishdan oladigan daromadini fiksirlaydi ya’ni qat’iy belgilaydi.