1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa
Forvard foiz kelishuvlari (forward rate agreement, FRA, shuningdek ular Futures rate agreement shaklida ham uchraydi) – hosila moliyaviy vosita hisoblanib, kelishilgan muddatga aniq foiz stavka mablag’ini bir tomon ikkinchi tomondan egallashi to’g’risidagi shartnomadir. Shuningdek, u qat’iy belgilangan (fiksirlangan) va suzib yuruvchi foiz stavkali aktivlar bo’yicha to’lovlarni almashtirish to’g’risidagi shartnoma ham hisoblanadi. Hisob-kitob shartnomaning nominal summasidan kelib chiqiladi va to’lovlarni almashuv haqiqatda amalga oshirilmaydi. FRAni tuzayotganda savdolar tashkilotchisiga marjinal badallar va kafolat uchun to’lovlar amalga oshirilmaydiShartnoma ishtirokchilari uni amalga oshirish sanasiga (settlements day) bitimda ko’rsatilgan va oldindan kelishilgan foiz stavkasining joriy qiymatidan farqli summasini to’lab berish majburiyatini oladi. Masalan, ikki tomon uch oylik FRA tuzdilar, bitim ijrosini amalga oshirish besh oydan so’ng boshlanadi. Besh oy o’tgandan so’ng tomonlardan biri boshqa tomonga fiksirlangan va suzib yuruvchi (odatda LIBOR bo’yicha) foiz stavkalar o’rtasidagi farqni uch oylik hisob-kitob bo’yicha to’lab beradi. Ushbu operatsiyani mohiyatini yanada kengroq tushintirish uchun boshqa bir misol keltiramiz. Mijoz A bankdan 1 mln. AQSh dollari miqdorida 6 oy muddatga kredit olgan bo’lib, unga ustama foiz dastlabki uch oyda yillik 9 foiz, qolgan 3 oyda esa LIBOR stavka bo’yicha to’lanadi. LIBOR stavka bo’yicha riskdan himoyalanish uchun mijoz B bank bilan yillik 9,5 foiz fiksirlangan stavkada forvard foiz kelishuvini tuzdi. Uch oydan so’ng kredit qayta baholanadi va forvard foiz kelishuvi amalga oshiriladi. Uch oydan keyin LIBOR stavka yillik 10 foizni tashkil etsin, mijoz A bankka 1 mln. AQSh dollaridan 10 foiz to’laydi. Lekin uning zarari forvard foiz kelishuvi orqali B bank tomonidan 9,5 foiz bo’yicha qoplab beriladi. Shunday qilib, B bank mijozga foiz farqida quyidagi summani to’lab beradi:
FRA davr boshida amalga oshiriladi, ya’ni 1250 AQSh dollari mijoz krediti to’lovining keyingi uch oyi boshlanganda B bank tomonidan to’lab beriladi va ushbu summani mijoz 3 oyga A bankka qayta investitsiya qilishi mumkin.
FRA turli banklar orasida foiz riskni xedjirlash uchun keng qo’llaniladi. FRA ishtirokchilar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri tuziladi, faqat birjadan tashqarida foydalaniladi va ko’plab birjadan tashqari foiz derivativlari asosi bo’lib xizmat qiladi.