A I — xorijiy aktivlar;
A — umumiy aktivlar;
R I — xorijiy filiallarda mahsulot va xizmatlar sotish hajmi;
R — mahsulot va xizmatlar sotishning umumiy hajmi;
S I — xorijdagi shtatlar (ish o’rinlari);
S — kompaniya ishchilarining umumiy shtati.
Zamonaviy TMKlar faoliyatida quyidagi asosiy tendentsiyalar kuzatilmoqda:
aktivlarning umumiy hajmida xorijiy aktivlar ulushiga ko’ra tasniflashda AQShning TMKlari etakchilik qilishmoqda;
Yaponiya TMKlarining faoliyati 1970-1980 yillarda boshqa TMKlarga nisbatan birmuncha barqaror bo’lgan, lekin umumiy holda hozirgi vaqtdaham ular TMKlar raqobatlashuvida o’zining mustahkam o’rnini egallab kelishmoqda;
hozirgi davrda Xitoy TMKlari jadal sur’atlarda o’z faoliyatlarini kengaytirmoqda, shuningdek, TMKlar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan faol tadbirlarni amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga Braziliya, Janubiy Koreya, Hindiston va Malayziyani kiritish mumkin;
Evropa TMKlari mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, farmatsevtika sanoati kabi yirik xarajatlar talab etuvchi sohalardagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berishmoqda;
Tarmoq tarkibi nuqtai nazaridan eng yuqori transmilliylashuv indeksini kimyo va farmatsevtika sanoatidagi TMKlar, undan keyingi o’rinlarni oziq-ovqat va elektronika sanoati egallashgan, eng past indeks esa savdo kompaniyalariga tegishlidir.
7-mavzu. Xalqaro moliya tizimida moliya-sanoat guruhlari
Reja
Moliya-sanoat guruhlari tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati
Moliya-sanoat guruhlari tasniflanishi
7.1. Moliya-sanoat guruhlari tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati
Jahon amaliyotida moliya va sanoat kapitalining birlashish jarayonlarining boshlanishi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sodir bo‘lgan. Ammo moliya-sanoat guruhlari atamasi nisbatan ilgari paydo bo‘lib, ilmiy muomalaga birinchi marta xorijiy mutaxassislar tomonidan kiritilgan. Tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha, moliya-sanoat guruhlari tushunchasiga nisbatan ilmiy adabiyotlarda yagona yondashuv kuzatilmaydi. Moliya-sanoat guruhlari mohiyati masalasini o‘rganishda uning iqtisodiy va huquqiy jihatlariga e’tibor qaratish lozim. YA’ni, moliya-sanoat guruhlarining o‘ziga xos me’yoriy-huquqiy asoslarini shakllantirish uchun mazkur xo‘jalik yuritish sub’ektlarining faoliyati bilan bevosita bog‘liq jarayonlari, tamoyillari va mohiyatini, tashkil topish sabablarini chuqur tahlil qilish zarur. Moliya-sanoat guruhlari tushunchasi mohiyati yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xorijiy iqtisodchilar ko‘pincha bunday birlashmalarning iqtisodiy mohiyatini to‘liq ifodalamaydigan ta’rifni qo‘llaydilar. Masalan, I.Starodubrovskayaning fikricha, moliyasanoat guruhlari deganda, odatda, iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishning muhim masalalarini hal etish va muvofiqlashtirilgan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy institutlar hamda sanoat korxonalarini birlashtirish doirasida sodir bo‘lgan davlat rahbarligida tashkil etilgan tashkilot tushuniladi5. Biroq, mazkur ta’rifda moddiy, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning birlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratilmagan. I.YU.Belyaev moliya-sanoat guruhlarini birlashgan kapitalning harakati natijasi sifatida ta’riflaydi, yuridik tuzilmalarning birlashishiga va ularning asosiy maqsadlariga e’tibor bermasdan faqatgina kapital nuqtai nazaridan yondashgan6. A.E.Dvoretskaya moliya-sanoat guruhlarini barcha guruh ishtirokchilarining umumiy foydasini oshirish va sanoatga investitsiyalarni yo‘naltirish maqsadida moliyaviy resurslarni to‘plashga imkon beruvchi tuzilma sifatida ta’riflab, ishlab chiqarishni hisobga olmagan holda faqatgina moliyaviy jihatiga e’tibor qaratadi.
A.G.Movsesyan esa, moliya-sanoat guruhlarini – bank, savdo, sanoat faoliyatining avvalgi alohida shakllarini yagona cheklangan yaxlitlikda birlashishi doirasida bank va sanoat kapitali integratsiyasi jarayonining nihoyatda davomiyligi hamda qo‘shilishi natijasi, deb hisoblaydi8. Bizning fikrimizcha, bu ta’rif ancha ahamiyatli. Biroq, ushbu ta’rif birlashmaning huquqiy asosi va yakuniy maqsadlarini to‘liq ochib bermagan. G.G.CHibrikovning ta’riflashicha, bozor iqtisodiyotida moliyasanoat guruhlari deganda, turli xildagi nomga ega bo‘lgan, o‘z ichiga ma’lum bir tashkiliy-huquqiy shakldagi sanoat-moliya va moliya guruhlarini, shuningdek, yirik transmilliy va milliy kompaniyalarni (masalan, IBM, Samsung va bosh.) hamda ko‘pincha aniq shaklga ega bo‘lmagan, lekin o‘zida bir qancha tizimli negiz hosil qilgan va albatta iqtisodiy, hattoki siyosiy kuchni ifodalovchi (masalan, Щvetsiyadagi Vallenberglar «imperiyasi», AQSHdagi Kaliforniya guruhi va boshqalar) etarlicha keng doirada birlashgan tuzilmalar tushuniladi9. Lekin bu, fikrimizcha, birmuncha bir tomonlama qarash bo‘lib faqatgina birlashmaning tashkiliy-huquqiy shaklini anglatadi. V.A.Svetkovning ta’riflashicha, moliya-sanoat guruhlari deganda, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun mehnatni taqsimlash va uni muvofiqlashtirish, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikdagi iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish asosida moliyaviy tashkilotlar bilan sanoat korxonalarini birlashtirish doirasida sodir bo‘lgan moliya-sanoat majmualari tushuniladi.10 Fikrimizcha, ushbu ta’rif yuqorida berilganlarga nisbatan to‘liqroq mazmun kasb etadi. Nazarimizda, keltirilgan ta’rif etarli darajada aniq emas, fikrimizcha, moliya-sanoat guruhlari faoliyatining maqsadi ta’riflanib, moddiy, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning birlashtirilishi, o‘zaro bog‘liqlikdagi iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarga urg‘u berilgan. Amalda esa, ular mutlaqo turli xildagi tushunchalar hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan M.B.Xamidulinning ta’riflashicha, moliya-sanoat guruhi o‘zida samarali ishlab chiqarish, moliya-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash maqsadida o‘zining nomoddiy, moliyaviy, ishlab chiqarish resurslarini to‘liq va qisman birlashtirgan ishlab chiqarish, savdo-tijorat korxonalari, moliya-kredit institutlarini o‘z ichiga olgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning majmuini namoyon etadi. 11 Mazkur ta’rifda moliya-sanoat guruhlari faoliyatini ifodalovchi tushunchalar qamrab olingan bo‘lib, faqatgina boshqaruv tizimiga e’tibor qaratilmagan.
Dostları ilə paylaş: |