1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə9/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
маъруза матни ХММ

Qatiy belgilangan valyuta kursida milliy valyutalar o’rtasidagi rasman o’rnatilgan nisbataing vaqtinchalik 2,25 foizdan oshmagan miqdorda tebraniishga ruxsat beriladi.
Chegaralangan egiluvchan valyuta kursida milliy valyutalar o’rtasidagi rasman o’rnatilgan nisbataing belgilangan qoidaga muvofiq katta bo’lmagan mikdorda tebranishiga ruxsat beriladi.
Suzuvchi valyuta kursitalab va taklif ta’sirida erkin o’zgaradigan almashuv kursi bo’lib, ma’lum sharoitlarda davlat valyuta interventsiyasi orqali unga ta’sir o’tkazishi mumkin.
Nominal valyuta kursi (nominal exchange rate) – bir milliy valyuta birligining xorijiy valyuta birligiga ifodalangan bozordagi bahosi, yoki ikki valyuta o’rtasidagi joriy kursdir.
Real valyuta kursi (real exchange rate) – nominal valyuta kursi asosida ikki mamlakatdagi bir xil turdagi tovar va mahsulotlar narxlari darajasini o’zaro nisbati orqali hisoblangan valyuta kursidir. Real ayirboshlash kursi xalqaro iqtisodiy nazariyada “savdo shartlari” (terms of trade)dan birinio’zida namoyon etadi. Jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiyotlarni, xususan, YaIM, YaMD (Yalpi milliy daromad)ni o’zaro solishtirish odatda, real valyuta yoki valyutalarning xarid quvvati pariteti (RRR) bo’yicha hisoblangan kurslari orqali amalga oshiriladi.
Nominal samarali valyuta kursi(nominal effective exchange rate, NEER)–bu mamlakatdagi valyuta operatsiyalarida tashqi savdoda asosiy hamkor bo’lgan mamlakatlar valyutalarining salmog’ini inobatga olgan holda hisoblangan, indeks ko’rinishidagi valyuta kursidir.
Real samarali valyuta kursi (real effective exchange rate, REER). Nominal samarali valyuta kursidan real tendentsiyalarni aniqlash, ya’ni inflyatsiya ko’rsatkichlarini chiqarib tashlagan holda mamlakatlardagi ishlab chiqarish, iste’mol xarajatlarini solishtirish uchun real samarali valyuta kursi hisob-kitob qilinadi.
Valyutalarning xarid qobiliyati pariteti (purchasing-power parity (PPP))asosida hisoblangan valyuta kursi – turli mamlakatlardagi sifati, miqdori va boshqa xususiyatlari bir xil bo’lgan mahsulotlar va xizmatlarning milliy valyutada ifodalangan qiymatni o’zaro tenglashtirish orqali aniqlanadigan valyuta kursidir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin